|
O‘. O. Tohirov, D. S. Mirahmedova, Z. S. Shamsiyeva texnologiya metodik qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablariningBog'liq 5-sinf Texnologiya METODIKA metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
86
Oshxona elektr jihozlari.
Buterbrodlar haqida ma’lumot berib bо‘lgach, issiq va yaxna
ichim liklar haqida ma’lumot bering. Darslikning 117–119sahifa
laridan foydalaning.
Bizga ma’lumki, barcha turdagi ichimliklar chanqovbosdi hisob
lanadi. Issiq ichimliklarga nimalar kiradi?
Sanab о‘tilgan ichimliklarni ingliz tilida ayting.
Choy — tea, kofe — coffee, kakao-cocoa.
Endi yaxna ichimlik turlarini ayting.
Sharbatlar — juice, gazli suvlar — soda:
Choy, kofe, kakao о‘ziga о‘tkir hidlarni tez qabul qiladi. Shuning
uchun ushbu damlamalarni usti yopiq (metall, shisha, keramika)
idishlarda saqlash tavsiya etiladi.
Issiq ichimliklarni, asosan, ertalabki nonushta va tushlikdan sо‘ng
tortiladigan choylarda iste’mol qilinadi.
Suv ichimliklarni tayyorlash uchun asosiy manba hisoblanadi. Suv
filtrlangan, tindirilgan toza va tiniq bо‘lishi lozim.
Choy nafaqat chanqovbosdi, balki inson organizmiga quvvat ham
beradi. Ovqat hazm bо‘lishini yaxshilaydi. О‘zining xushbо‘y hidi va
ta’miga ega. Choyning 2000 ga yaqin turi mavjud.
Navi
yaprog‘ining
sifatiga qarab
Tipi
yaprog‘ining
qayta
ishlanishiga
qarab
Turi
yetishtirilish
joyiga qarab
Kо‘rinishi
ishlab chiqarish
texnologiyasi
bо‘yicha
Oliy, birinchi,
ikkinchi,
uchinchi
Kо‘k, oq, sariq,
qizil, qora,
shifobaxsh
Hindiston,
Seylon, Xitoy,
Gruziya,
Rossiya va
boshqalar
Presslangan,
maydalangan,
yaproqli, eks
traktli, bir marta
damlamali, hidli
87
metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
|
| |