83
metodik qo‘llanma
5-sinf darsligi bo‘yicha
lantiradi. Albatta, ushbu muolajalarni qilishdan avval teri kasalliklari
shifokoriga, kosmetologga murojaat qilish kerak bо‘ladi.
Faol ishtirokchilarni rag‘batlantiring.
Keyingi darsda kerak bо‘ladigan masalliqlarni guruhlarga taq sim
lab bering.
7–8-dars. BUTERBROD. BUTERBROD TAYYORLASH
TEXNOLOGIYASI. ISSIQ VA YAXNA ICHIMLIKLAR.
3-amaliy mashg‘ulot.
BUTERBROD TAYYORLASH.
1-nazorat ishi. (2 soat)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Buterbrod. Buterbrod tayyorlash texnologiyasi. Issiq va
yaxna ichimliklar haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: Buterbrod tayyorlash texnologiyasini о‘rgatish orqali
estetik did, nafosat sirlari haqida tushuncha beriladi. Issiq va yaxna
ichimliklarni tayyorlash jarayonida finjonlarni moslab tanlash va
tortish madaniyatini о‘rgatish.
Rivojlantiruvchi: Mustaqil uy sharoitida issiq va yaxna ichim
liklarni, buterbrodlarni tayyorlash va iste’mol qilish malakalarini rivoj
lantirish.