• Miya xujumi” usulini qo’llash
  • O. R, Teshaev 200 yil Kafedra : teri va tanosil kasalliklari fan: teri va tanosil kasalliklari mavzu




    Download 0.83 Mb.
    bet5/10
    Sana04.04.2017
    Hajmi0.83 Mb.
    #2870
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Mashgulot mazmuni :

    1. Nazariy kismi

    ZAXM – SIFILIS (SYPHILIS)

    Zaxm, asosan, jinsiy yo’l orqali yuquvchi, surunkali, sistemali kasallik bo’lib, teri yoki shilliq pardalar orqali rangsiz, oqish treponemalarning (Treponema pallidum) organizmga kirishi natijasida vujudga keladi. Kasallikning birinchi va ikkinchi davrida funk-stional yallig’lanish kechsa, uchinchi davrida struktur jaroҳatlanish vujudga keladi.

    Etiologiyasi. Zaxm qo’zg’atuvchisi Treponema pallidum 1905 yil Shaudin F. va Goffman E. tomonidan ochilgan fakultativ anaerob bo’lib, mikroskop ostida spiral ko’rinishli, 8–12 bir tekis burma-lari borligi va xilma xil ilgarilama, mayatniksimon, to’lqinsimon, bukiluvchi va rotator (aylanma) ҳarakatlarga ega. Rangsiz trepo-ne-malar ko’ndalang bo’linish yo’li bilan ҳar 30–33 soatda ko’payadilar va bo’lingan treponemalarning o’sishi 20–30 daqiqadan 2 soatgacha davom etadi. Rangsiz treponemalar tashqi muҳit sharoitiga ta’sirchandir (antibiotik va kimyoviy moddalar ta’sirida quritilsa, yuqori ҳaroratda tez o’ladi, quyi ҳaroratda esa uzoq saqlanadi) va omon qolish uchun stist shakli yoki L-shakliga aylanishi mumkin.

    Oqish treponema fakultativ anaerob bo’lgani sababli lim-fa-ning tipik parazitlari qatori limfa tomirlari, to’qimalar orasi-dagi tirqishlar va ҳujayralar orasida yashaydi. Zaxmning yuqqan vaq-ti-dan boshlab, birlamchi va ikkilamchi davrlarida bemor orga-niz-mida antitanachalar vujudga keladi (gumoral immunitet), uchlamchi davrida esa infekstion granulema (ҳujayra immuniteti) kuzatiladi, antitanachalar kam bo’ladi.

    Epidemiologiyasi. Zaxm kasalligi bilan faqat insonlar kasal-lanadilar. Kasallik teri yoki shilliq pardalar orqali, sog’lom kishining bemor bilan jinsiy aloqa qilishi tufayli yuqadi. Kamdan-kam ҳollarda bemor bilan yaqin maishiy aloqada bo’lish (o’pishish, bemor shaxsiy gigiena anjomlaridan foydalanish: tish tozalagich, sochiq, mochalka, ichki kiyim, to’shak jildlariga tushgan ajratmalar qurib ulgurmay ulardan sog’ kishilarning foydalanishi) oqibatida yuqishi mumkin. Bemor qonini (serologik tekshiruvdan o’tkazmay) yuzaki ko’rsatmaga, asosan, (ko’p qon yo’qotgan, qon quyilishi zarur bo’lgan, ҳayotni saqlash uchun) boshqa kishilarga to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) qu-yish orqali yuqishi mumkin. Kasb-kordagi eҳtiyotlik chorasini ko’r-may bemorlar bilan tibbiy muolajalar qilish (jarroҳlar, akusher-ginekologlar, stomatologlar, dermatovenerologlar, ҳamshi-ra--lar) natijasida yuqishi mumkin. Bemor ҳomilador ayoldan ҳam pla-stenta orqali ҳomilaga zaxm o’tishi mumkin, bunday ҳollarda tug’ma zaxm vujudga kelishi kuzatiladi. Zaxmning yuqishi uchun quyidagi sharoitlar bo’lishi zarur: yangi, etarli miqdordagi, virulentli rangsiz treponemalar ҳamda teri va shilliq pardalarning epidermis yoki epiteliy qoplamasining butunligi buzilgan bo’lishi zarur. Ular ҳatto ko’zga ko’rinmas darajadagi mikrojaroҳatlar bo’lishlari mumkin.

    Jinsiy yo’l orqali yuqadigan kasalliklarning ko’payishi shu davlatdagi ijtimoyi omillar bilan uzluksiz bog’liq.

    Uchlamchi zaxm davrida organizmda treponemalar kam bo’lib, gumoral immun tizim kuchsizlangan, organizm ҳimoya reakstiyalarida ҳujayra immuniteti ustunlik qiladi.

    BIRLAMChI SIFILIS (SYPHILIS PRIMARIA)

    Birlamchi sifilomaning klinik ko’rinishi. Klassik ko’rinish-dagi qattiq shankr (ulcus durum) eroziya yoki yara bo’lib, u treponemalarning teri yoki shilliq pardalar soҳasiga kirgan joyida paydo bo’ladi. Rivojlanib bo’lgan tipik qattiq shankr dumaloq yoki oval shakldagi eroziya yoki yuza yara ko’rinishida bo’lib, chetlari tekis va aniq chegaralangan, tovoqsimon shaklda, usti yaltiroq "laklangan", to’q qizil rangli, tubi zich-elastik konsistentli, plastinkasimon infiltratga ega. Yara yuzasidan oz miqdorda seroz suyuqlik ajralib turadi va mikroskopning qorong’ilashtirilgan maydonida ko’rilga-ni-da ko’p miqdorda oqish treponema topish mumkin. Shankr atrofidagi terida o’tkir yallig’lanish alomatlari bo’lmaydi (agarda ikkilamchi infekstiya bilan asoratlanmasa). Qattiq shankr ko’p ҳollarda jinsiy a’zolar terisida va unga yaqin atrofda joylashib, kasallikning jin-siy yo’l bilan yuqqanligini ko’rsatadi. Qattiq yara jinsiy a’zolardan tashqari lab, og’iz shilliq pardasi, tilda, milkda va boshqa joylarda uchrashi mumkin va ekstragenital joylashgan shankr bo’lib ҳar xil shaklda bo’lishi mumkin.

    Tipik shankrlar bilan bir qatorda atipik shankrlar ҳam uchrab turadi, ularga: 1. Jinsiy a’zolar indurativ shishi (oedema indura-tivum). 2. Shankr-amigdalit. 3. Xasmol – shankr (shankr-panaristiy) kiradi.

    1. Indurativ shish (qattiqlashgan shish), asosan, katta va kichik jinsiy lablar, jinsiy olat xaltachasi soҳasida limfa tomirlarga boy joylarda uchraydi va tarqoq infiltrat ҳisobiga bu a’zolar bir necha marta kattalashadi. Shikastlangan soҳaga barmoq bilan bosib ko’rilsa chuqurcha qolmaydi. Shish soҳasidagi teri o’zgarmaydi, ba’zan esa ko’kimtir-binafsha rangli bo’lib, bezovta qilmaydi.

    2.Shankr – amigdalit bodomcha bezining kattalashishi va qizarishi bilan ta’riflanadi. Agar bodomcha bezi ustida eroziya yoki yara bo’lsa, u ҳolda shankr amigdalit emas, balki bodomcha bezida joylashgan qattiq shankr deb ҳisoblanadi. Bodomcha bezidagi yallig’lanish aniq chegaralangan bo’lib, atrofidagi shilliq pardalar o’zgarmaydi, jag’ osti limfa tugunchalari kattalashadi, skleradenit bir tomonlama kuzatiladi va yutinganda og’riq sezilmaydi, tana ҳarorati o’zgar-maydi. Bular ҳammasi shankr – amigdalitni kataral anginadan farq qilishga xizmat qiladi.

    3.Xasmol – shankr ko’proq shifokorlarda (akusherginekolog, stomatolog, jarroҳ va laboratoriya xodimlarda) uchraydi. Xasmol – shankr qo’l jimjilog’i shishishi, ko’kish rangli bo’lishi va og’riq bilan kechishi oddiy xasmolni eslatadi. Ammo qattiq infiltratning borligi, o’tkir yallig’lanishning bo’lmasligi, tirsak limfa tugunchalarining kattalashishi va oqish treponemani aniqlash va vaqti bilan seroreakstiyalar musbatligi, xasmolning aniq tabiatini anglab olishga yordam beradi.

    Birlamchi sifiloma paydo bo’lganidan so’ng bir ҳafta o’tgach – regionar limfadenit (ssleradenitis regionaris), ya’ni yaqin joylashgan lim-fa tuguni kattalashadi. Limfa tugunchalari kattalashib to yong’oq-gacha, zich-elastik konsistenstiyali, bir-biriga va atrofiga qo’shilma-gan bo’lib, yuzasidagi teri o’zgarmaydi. Limfadenit og’riqsiz bo’lib uzoq vaqt saqlanadi.

    Qattiq yara yuzasiga ikkilamchi infekstiyaning tushishi natijasida uning asoratlari (balanit, balanopostit, fimoz, parafimoz, jinsiy olat gangrenasi va fagedenizastiya) rivojlanishi mumkin. Bunday ҳolatda shankr atrofi qizarib shishadi, yara yuzasidan ajralayotgan seroz suyuqlik yiringlashadi, bu esa o’z navbatida oqish treponemalarning topilishini qiyinlashtiradi (ilova XXI).

    Differenstial – Travmatik eroziyalar.

    tashxisi – Herpes progenitalis.

    – Ulcus molle.

    – Piodermia chancriformis.

    – Scabies.

    – Carcinoma.

    – Pityriasis versicolor.

    zaxmga xos bo’lib, kasallikning yagona belgisi bo’lishi mumkin.

    Miya xujumi” usulini qo’llash

    Ushbu usul mashgulot davomida xamkorlikda ishlash va xar bir talabaning faol katnashishini ko’zda tutadi, o’qituvchi butun gurux bilan ishlaydi.

    O’qituvchi g’oyani aniqlashda xalaqit beradigan xech qanday tanbex va nojo’ya gaplarni ishlatmasligi kerak . Fikrlash qobiliyatiga ta’sir qilmaslik kerak. Xar xil g’oyalarni kombinastiyasini qo’llash kerak.

    Ushbu usul talaba nutqi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va talabada mustaqil fikrlash, muloҳaza yuritishni shakllantiradi.

    Savollar :

    Zaxmni tasnifi

    Bmrlamchi zaxmning klinikasi

    Gerpesning tasnifi

    Gerpesning klinikasi

    Kiesiy tashxis

    6.2.Taxliliy kismi



    Download 0.83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0.83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O. R, Teshaev 200 yil Kafedra : teri va tanosil kasalliklari fan: teri va tanosil kasalliklari mavzu

    Download 0.83 Mb.