Xulosa……………………………………….…………………………………….26




Download 199 Kb.
bet3/8
Sana02.05.2023
Hajmi199 Kb.
#55684
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Akt kurs ishi
saytlar, BIOLOGIYANI OʻRGANMOQCHI BOʻLGAN BARCHANI OʻQUVCHI YOSHLARNI OʻZ KURSIMIZGA TAKLIF ETAMIZ, 2-синф жисмоний тарбия 50 та, Hujjatlarni ro‘yxatga qo‘yish va bajarilishini nazorat qilish.., 1 е паспорт, 1-3lab.Cisco, 2-lab, Wagsucop, психотроп модда 818 27.09.2019-узб, amaliy, 8-A OCHIQ DARS, Презентация по педагогике Виды и методы воспитания, Dinshunos test, wepik-operatsion-tizimlar-va-ularga-ornatilgan-dasturlar-yana-bir-qadamdan-otkazish-20231028071957ATL7
Xulosa……………………………………….…………………………………….26
KIRISH

Mustaqil O’zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g’oyasi Respublika Konstitusiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yu­qori bosqichlariga ko’tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o’rin egallashga yo’naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.


Ushbu masadlarning ijobiy natijaga ega bo’lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o’rgatish, ularda keng dunyo qarash hamda tafakkur ko’lamini hosil qilish, ma’naviy-ahloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog’liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug’ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil Respublikamizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sessiyasi (1997yil 29 avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g’oyalari amaliyotga keng ko’lamda muvaffaqiyatli tadbiq etilayotgan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadirlar tayyorlash Milliy dasturi» mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to’laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o’zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko’tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga ko’tarish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim. Chunonchi, mazkur jarayonning bosqich (2005 va undan keyingi yillar)da «…ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o’quv-tarbiya jarayonini yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlash» kabi dolzarb vazifalar ijobiy hal etilmog’i lozim.
Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishda yana bir omilning mavjudligi, ya’ni, uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-o’qituvchilarning zamonaviy ta’lim texnologiyalarining mohiyatidan habardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo’llay olishlari, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi, shuningdek, ta’lim jarayonida didaktik vositalardan samarali foydalanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O’qituvchi-pedagoglarning didaktik jarayonni noan’anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida loyixalashga erishish, didaktik jarayonni obyektiv nazorat qilish shakllarini ishlab chiqish hamda o’quv-didaktik vositalardan oqilona foydalana olish ko’nikmalarga ega bo’lish ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o’zlashtirilishi, ularda amaliy ko’nikma va malakalarning hosil bo’lishining kafolati bo’la oladi.

Download 199 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 199 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xulosa……………………………………….…………………………………….26

Download 199 Kb.