• Didaktikaning metodik a bilan o’zaro bog’liqligi
  • Didaktik tamoyillar
  • 2. Nazariya va amaliyotni bir biri bilan bog’lash tamoyili
  • 3. Ko’r gaz ma li lik tamoyili
  • 4. Tushunarlilik tamoyili
  • 5. Namunalardan foydalanish tamoyili
  • 6. Didaktik reduksiya tamoyili
  • 8. Bilimlarni qo’llash tamoyili
  • 9. Natijalarni mustaxkamlash tamoyili
  • Didaktik xatti-harakatlar
  • Kimlar
  • Didaktik xususiyatlar va funktsiyalr haqida tushuncha




    Download 199 Kb.
    bet4/8
    Sana02.05.2023
    Hajmi199 Kb.
    #55684
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Akt kurs ishi
    saytlar, BIOLOGIYANI OʻRGANMOQCHI BOʻLGAN BARCHANI OʻQUVCHI YOSHLARNI OʻZ KURSIMIZGA TAKLIF ETAMIZ, 2-синф жисмоний тарбия 50 та, Hujjatlarni ro‘yxatga qo‘yish va bajarilishini nazorat qilish.., 1 е паспорт, 1-3lab.Cisco, 2-lab, Wagsucop, психотроп модда 818 27.09.2019-узб, amaliy, 8-A OCHIQ DARS, Презентация по педагогике Виды и методы воспитания, Dinshunos test, wepik-operatsion-tizimlar-va-ularga-ornatilgan-dasturlar-yana-bir-qadamdan-otkazish-20231028071957ATL7
    Didaktik xususiyatlar va funktsiyalr haqida tushuncha
    Didaktika – pedagogikaning mustaqil tarmog‘i. Ta’lim – tarbiya nazariyasi, ya’ni maqsadlari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Didaktika pedagogikada ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi qismdir. Didaktika grekcha so‘z bo‘lib, “didasko” – o‘qitish, “didaskol” – o‘rgatuvchi degan so‘zlardan kelib chiqqan. “Didaktika”ning so‘zma – so‘z tarjimasi ta’lim nazariyasini anglatadi. Bu atamani nemis pedagogi V. Ratke (1571-1635) fanga kiritgan. Didaktika nomi ostida nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Y. A. Komenskiy (1592 - 1670) tomonidan ishlab chiqilgan. U 1657 yilda 34 u chex tilida «Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktika nomi ostida Komenskiy “Hammani hamma narsaga o‘rgatish san’ati”, deb tushundi. Didaktikaning mohiyatini ishlab chiqishda G. Pestalotssi, I. Gerbart, K.D. Ushinskiy, V. Ostrogorskiy, P. Kapterev kabi mashhur olimlar katta hissa qo‘shishdi. Bu yo‘nalishda didaktlar YU.K. Babanskiy, N. Gruzdev, M. Danilov, B. Esipov, L. Zankov, M. Skatkin kabilar ham ancha ishlarni amalga oshirishdi. Didaktika pedagogikaning “Nima uchun o‘qitish kerak”, “Nimani o‘qitish kerak”, “Qanday o‘qitish kerak”, “Qanday hajmda o‘qitish kerak”, “Kimlarni o‘qitish kerak”, “Qaerda o‘qitish kerak”, “Nimadan foydalanib o‘qitish kerak” kabi savollariga javob izlaydi. Umumiy didaktika o‘z navbatida ayrim fanlarga oid usullar bilan juda mustahkam bog‘langan bo‘lib, ularga oid ma’lumotlariga tayanib o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini ochib beradi va ayni vaqtda har bir o‘quv fanini o‘qitish usullari uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Didaktika o‘z oldiga o‘qitishning o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarni bilib olish vazifasini qo‘yadi. Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o‘qitish jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o‘qitish qonuniyatlari, o‘qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi. O‘qitish jarayoni pedagogning o‘rgatuvchilik faoliyatini va ta’lim oluvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi. SHu o‘rinda bu jarayonlarning tahliliga e’tibor qarataylik. Ta’limda o‘qituvchining boshqaruvchilik roli o‘z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini, insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo‘lga kiritgan yutuqlarni egallashni shart qilib ko‘yadi. Didaktika va metodika mustahkam aloqa hamda o‘zaro bog‘liqliklikda joylashadi. Didaktika o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Aniq bir predmetni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari xususiy metodikalarda ishlab chiqiladi. Xususiy didaktika – muayyan o‘quv fanlarini o‘qitish qonuniyatlari, usullari, vositalari, shakllari va yo‘llarini o‘rgatuvchi metodika (tadris) fanlari ham pedagogika fanlari turkumining asosiy sohalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. U umumiy didaktika yutuqlari asosida rivojlanadi va uning nazariy umumlashmalariga asoslangan 35 holdagina takomillashib boradi. Muayyan bir fanga tadbiq etilgan didaktik qonuniyatlar, o‘sha predmetning umumiy jihatlarini qonunlashtiradi va ularda o‘qitishning universal jihatlari namoyon bo‘ladi. Harbiy didaktika va uning qo‘shinlarni tayyorlashdagi o‘rni. Harbiy didaktika askarlarga ta’lim berish jarayonining pedagogik moxiyatini xarbiy pedagogikaning muxim tarkibiy kismi bo‘lgan xarbiy didaktika o‘rganadi. Askarlar ta’limi jarayonining konuniyatlarini tadkik etar ekan, didaktika uning prinsiplari, shakl va metodlari, moddiy-texnikaviy vositalari va shu kabilarni belgilaydi. Sanab o‘tilgan vazifalarni xal etish davomida xarbiy didaktika askarlar ta’limi jarayonining metodik tizimida o‘z aksini topuvchi nazariy modelini tuzadi. SHaxsiy tarkib ta’limining anik (xususiy) metodikasi sifatida xarbiy didaktika unga ko‘yiladigan talablarni belgilab beradi. Xarbiy faoliyat o‘zining maksadi va tabiatiga ko‘ra xarbiy xizmatchilardan uzluksiz, anik tizim asosidagi tayyorgarlikni talab kiladi. SHuning uchun xam o‘z xarbiy mutaxassisligini chukur egallash, o‘zining bilimlari, ko‘nikmalari va malakalarini, maxoratini tinmay takomillashtirib borish xar bir xarbiy xizmatchining mukaddas burchi sanaladi. Askarlar ta’limi jarayonining moxiyatini, mazmunini, metodikasini va uni tashkil etish yo‘llarini xarbiy pedagogikaning tarkibiy kismi bo‘lgan xarbiy didaktika (yunon tilida “didasko” - o‘kitaman) o‘rganadi. Askarlarga ta’lim berish jarayonini tadkik kilar ekan, xarbiy didaktika ta’lim konuniyatlari va prinsiplarini o‘rganadi, turli shakl va metodlarni, usul va vositalarni samarali ko‘llash shartlarini asoslab beradi. Shu bilan birga u askarlar ta’limi mazmunini, uni tashkil etishni va metodikasini bashorat kiladi va takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Askarlar ta’limining xarbiy didaktikada yoritiladigan umumiy konuniyatlari turli o‘kuv fanlarini o‘rganish jarayonida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Bu o‘ziga xoslikni xususiy metodikalar o‘rganadi. Masalan: ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik, taktika, jismoniy tayyorgarlik, texnik tayyorgarlik metodikasi va boshkalar. Askarlar ta’limining umumiy nazariyasi sifatida xarbiy didaktika metodikalar o‘rtasidagi alokadorlikni va turli pedagogik vazifalarni xal kilishda yagona yondashuvni ta’minlaydi. Xarbiy didaktika xususiy 36 metodikalarga tayanadi, ular to‘risidagi ma’lumotlar bilan boyib boradi va shu bilan birga ta’lim jarayonining moxiyatiga chukur kirib boradi. Xarbiy didaktika askarlar ta’limini murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida o‘rganadi va bu jarayonning kuyidagi asosiy funksiyalarini belgilaydi: ta’limiy (askarlarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan kurollantirish); tarbiyaviy (askarlarda o‘z Vatanining kurolli ximoyachisi uchun zarur shaxsiy xislatlarni tarbiyalash).
    Didaktikaning_metodik_a__bilan_o’zaro_bog’liqligi'>Didaktikaning metodika bilan o’zaro bog’liqligi
    Didaktika va metodika (uslubiyot) bir-biri bilan uzviy bog’liq.
    Metodika deganda ilmiy usullar xakidagi fan tushuniladi. Bu fan didaktikaning bir bo’limidir.
    Didaktika «nima» va «nima uchun» o’qitish kerak degan savollar bilan shug’ullansa, u bilan uzviy bog’liq holda metodika esa «qaysi tarzda» va «nimalar yordamida» o’qitish masalalari bilan shug’ullanadi. Bunda amaliy usullar tizimi maxsus sohaning mazmuniga bog’liqligini xisobga olish zarur.
    Boshqacha qilib aytganda, o’qitish metodikasi – bu turli hil yo’llar va usullar tizimi bo’lib, o’quv-didaktik materiallaridan foydalanib, belgilangan maqsadlarga erishish uchun nazariy dars va instruktaj paytida qo’llaniladi.
    Didaktika va metodika bir medalning ikki tomonidir; «Nima uchun va nima». Ya’ni didaktika, «Qaysi tarzda va nimalar yordamida», ya’ni metodikani belgilaydi.
    Misol uchun, nazariy dars o’qituvchisi «matematika» darsida boshqacha usullarni qo’llaydi, ustaxonada «Eniga yo’nish» (prodolnaya obtochka) mavzusi bo’yicha instruktaj berayotgan amaliyot o’qituvchisi esa boshqacha usullarni qo’llaydi. Ikkala hol ham nazariy bilimlarni berish jarayonlaridir.
    Ya’ni yaqqol ko’rinib turibdiki, ularning maqsad, mazmun, qo’llangan usullari hamda o’quv-didaktik materiallari va qo’llanadigan baholash usullari bir biridan farqlanadi.
    Didaktik tamoyillar Didaktik tamoyillar nazariy dars va instruktaj mazmunlari, usuli va tashkil qilinishiga tegishlidir. Didaktik tamoyillar o’qitish va o’qish jarayonida qoidalar sifatida qo’llanish uchun ishlab chiqilgan. Ularni har doim ham bir biridan aniq ajratib bo’lmaydi.
    Quyidagi prinsiplar qandaydir tushunchalar emas, balki o’qitish va o’qish vaziyatlarini samarali tashkil qilish bo’yicha qoidalar bo’lib, kasb-hunar ta’limi amaliyotining tajribasiga asoslangan.
    1Faollik tamoyili O’quvchi o’zi harakat qilgan paytda eng yaxshi o’rganadi va o’zlashtiradi. Shuning uchun o’quv vaziyati shunday tashkil qilinishi kerakki, o’quvchi bir-necha ish-harakatlar qilishi kerak bo’lsin.
    O’quvchilar har bir darsda unumli ravishda faol bo’lishi lozim, chunki o’zi nimanidir qilayotgan paytda o’quvchi bu narsani ongliroq ravishda o’zlashtiradi va bu bilim xotirasida chuqurroq o’rnashib qoladi.
    Buning natijasida o’quvchilar bilimlarni yaxshiroq va chuqurroq o’zlashtiradi va eslab qoladi hamda ularning qiziqishi ortadi. Ba’zi bir kvalifikasiyalarga esa, masalan mustaqillik va individual ravishda o’rganish kabi qobiliyatlarga faqat shu tarzda erishish mumkin xolos. Buning uchun, albatta, instruktor yoki o’qituvchi juda yaxshi uslubiy qobiliyatlarga va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.
    2. Nazariya va amaliyotni bir biri bilan bog’lash tamoyili Nima o’qitilayotgan yoki o’qilayotgan bo’lsa ham, bu narsa albatta amaliyotga taalluqli bo’lishi shart. Bu o’quvchilarning o’qishga ishtiyog’ini kuchaytiradi, chunki ular kasb-hunar amaliyotida haqiqatdan ham qo’llaniladigan bilimlarni o’rganayotganliklarini biladi.
    Nazariy bilimlar doim kasb-hunar amaliyoti bilan bog’lanishi lozim. Amaliy ta’lim ham o’z navbatida nazariy bilimlarga asoslangan bo’lishi kerak.
    3. Ko’rgazmalilik tamoyili Mashg’ulot jarayonida o’quvchilarning individual o’rganish-o’zlashtirishini kuchaytirish uchun o’quv materialini o’zlashtirish paytida iloji boricha ko’prok sezgi organlari ishga solinishi kerak. Bilimlarni iloji boricha ko’rgazmali va real hayotga yaqin qilib taqdim qilish - bir tomondan tilning tushunarliligini va ta’lim jarayonida audio-vizual vositalardan foydalanishni talab qilsa, ikkinchi tomondan, u bevosita ish xolatida va real obyektlarda o’qitishni talab qiladi. Dars jarayonida bilimlarni ko’rgazmali berilsa, o’quvchilar bu bilimlarni o’zlashtirishlari osonlashadi va o’quv jarayoni yanada qiziqarli bo’ladi. Real obyektlarda o’qitish doim eng birinchi o’rinda turishi kerak.
    4. Tushunarlilik tamoyili O’quv materialining mazmuni shunday tanlangan va tuzilgan bo’lishi kerakki, o’quvchilar uni o’zlarining avvalgi bilimlari bilan bog’lay olishlari va uni tushunishda qiynalmasligi lozim. Ya’ni o’quv materialining mazmuni, shuningdek o’qituvchi va instruktorning tili va fikrlarini ifodalash usuli o’quvchining bilim saviyasiga mos kelishi lozim, ammo bu o’qituvchi ilmiy tildagi terminlardan foydalanmasligi kerak degani emas. (karang: «Ta’limning asosiy koidalari")
    5. Namunalardan foydalanish tamoyili O’qituvchi yoki instruktor o’quv materialining mazmunini tushuntirish uchun har doim yaxshi namunalarni tanlashga harakat kilishi kerak. Yaxshi model, amaliyotdan tipik misollar, yaxshi hamda yomon maxsulotlar ham kutilgan darajadagi natijaning sifati qanday bo’lishi yoki bo’lmasligini aniq ko’rsatadi.
    6. Didaktik reduksiya tamoyili Berilayotgan bilimlarni o’rgatish uchun bu bilimlar kerakli miqdorgacha qisqartitilishi lozim. O’quv materialining xajmi juda kattaligi sababli, undan aynan kasb-hunar vazifalarini bajarish uchun kerakli qismlar tanlab olinishi kerak.
    Kompleks (umumiy) va murakkab topshiriklar doimo didaktik ravishda osonlashtirilishi lozim, lekin ma’nosi o’zgarmasligi shart.
    Shuning uchun, agar faqat boshlang’ich bilimlar kerak bo’lsa, o’quv materialini iloji boricha oddiyroq tushuntirishga va nihoyatda ko’p va keng o’quv materiali bilan o’quvchini qiynamaslikka harakat qilish kerak. Tajribali o’kituvchi murakkab narsalarni oson so’zlar bilan tushuntira oladi.
    7. Ilmiylik tamoyili O’quv materiali shunday tanlanishi kerakki, u haqiqiy va ilmiy jixatdan aniq tasdiqlangan yoki ilmiy tadqiqotlar asosida sinalgan bo’lishi kerak, shuningdek, fanning yangi yutuqlari va kashfiyotlarini o’zida aks ettirishi lozim. O’qituvchining taxminiga yoki subyektiv fikriga asoslangan material qo’llanmasligi kerak. O’qituvchi o’rgatgan bilimlar albatta nazariy tasdiqlangan va amalda sinalgan bo’lishi shart.
    8. Bilimlarni qo’llash tamoyili O’qituvchi o’rgatgan bilimlarni o’quvchilar amalda ko’llay bilishlari kerak. Shuning uchun ham bu bilimlar ko’llanarli va amaliy vaziyatda sinalgan bo’lishi zarur. Bunday amaliy vaziyatlar o’qituvchi tomonidan (eksperiment, tajriba… asosida) yaratilishi lozim.
    9. Natijalarni mustaxkamlash tamoyili
    Kishi ko’rgan, eshitgan yoki qilgan narsalar tez unutilishi mumkin. Shu sababli albatta mashqlar o’tkazish va muammo hamda savollar yechimini topish zarur. O’qishdagi muvaffaqiyat baholanishi va tan olinishi kerak. Bu o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida doimiy o’zaro aloqa bo’lishini talab qiladi, natijalar esa maxsus «Baholash varoqlari»da qayd qilinishi kerak.
    Ma’lumki, didaktik prinsiplari bilan bir qatorda o’qitishning asosiy qoidalari ham bor. Ular, umuman olganda, o’qituvchi faoliyatining yo’l-yo’rig’i sifatida xizmat qiladi, alohida olganda esa tushunarlilik prinsipini qo’llab-quvvatlaydi.
    O’qitishning asosiy qoidalari:
    · Tushunarlidan tushunarsizga
    · Yaqindan uzoqqa
    · Osondan qiyinga
    · Aniqdan mavhumga
    · Umumiydan xususiyga
    · Umumlashtirilgandan yakkaga
    Didaktik xatti-harakatlar
    Didaktik xatti-harakatlar deganda, biz o’qituvchining ta’lim jarayonini didaktika va metodika bilimlarini qo’llash orqali tashkillashtirish xatti-harakatlarini tushunamiz.
    Ular o’zaro bog’liq va aylanma harakatda amalga oshadigan o’qitish tadbirlari modeliga asoslangan.
    Ya’ni ular mashg’ulot jarayonida yoki ish o’rnida o’qituvchi tomonidan muntazam ravishda takrorlanadigan tadbirlarni bildiradi. Ular biror jarayonning barcha elementlarini qamrab oladi, misol uchun aniq bir nazariy darsni yoki instruktajni o’tkazish uchun «Tayyorgarlik ko’rish-O’tkazish-Baholash» kabi harakatlar kerak.
    Didaktik xatti-harakatlar quyidagi savollar bilan uzviy bog’langan: 1. Kimlar o’qitadi?
    2. Kimlarni o’qitish kerak?
    3. O’qitish orkali qanday maqsadlarga erishish kerak?
    4. Maqsadlarga erishish uchun qanday mazmunlarni o’qitish kerak?
    5. Nazariy yoki amaliy darsda qaysi usullar yordamida o’qitish kerak?
    6. Nazariy yoki amaliy dars qanday sharoitda o’tkazish kerak?
    7. O’qishni qanday tashkil kilish kerak?
    8. Ko’zlangan maqsadga erishishni tekshirish uchun natijalar qanday baholanadi?
    Nazariy bilimlarni o’qitish bo’yicha quyidagi didaktik xatti-harakatlarni ko’rsatish mumkin:
    1. Nazariy dars yoki instruktajga oid dastlabki shart-sharoitlar va tayyorgarlikni baholash
    2.  O’quv maqsad va o’quv mazmunlarni belgilash
    3.  Nazariy dars va instruktaj rejalarini ishlab chiqish
    4.  O’quv-didaktik materiallarni tayyorlash
    5.  Nazariy dars va instruktajlarni o’tkazish
    6.  Nazariy bilimlarni baholash
    Didaktik xatti-harakatlar amaliy qobiliyatlar va ko’nikmalarni o’qitish sohasida tegishli bosqichlarga bo’linishi mumkin.
    Bu yerda bizga «Mukammal kasbiy harakat modeli» ma’lum. Uning 6 bosqichi esa Germaniya ta’lim tizimida «Yo’naltiruvchi tekstusuli» nomi bilan aytiladi. Bu 6 bosqichni o’quvchilar har bir amaliy ish-harakatni bajarish uchun mustaqil amalga oshirishlari kerak, faqat (kerak bo’lganda) instruktorning rahbarligida:
    1. Ma’lumot yig’ish
    O’quvchi berilgan ish topshirig’ini taxlil qiladi va kerakli hamma ma’lumotlarni mustaqil ravishda yig’adi.
    2. Reja tuzish
    O’quvchi mustaqil ravishda barcha kerakli ish bosqichlaridan iborat ish rejasini tuzadi
    3. Qaror qabul qilish
    O’quvchi o’qituvchi bilan birgalikda ish rejasini amalga oshirish to’g’risida qaror qabul qiladi.
    4. Amalga oshirish
    O’quvchi ish rejasi asosida ishni mustaqil bajaradi
    5. Tekshirish
    O’quvchi ish natijasini mustaqil tekshiradi va «Baholash varog’i»ni to’ldiradi.
    6. Xulosa chiqarish
    O’quvchi va o’qituvchi birgalikda ish jarayonini, shuningdek, ish natijalarini taxlil kiladi va xulosa chiqaradi.

    Download 199 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 199 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Didaktik xususiyatlar va funktsiyalr haqida tushuncha

    Download 199 Kb.