“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “
Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
8
10
1
10
–8
10
16
Ultrabinafsha nurlanish
10
–1
10
–6
10
14
Ko’zga ko’rinadigan yorug’lik
10
–3
10
–4
10
12
Infraqizil nurlanish
10
–5
10
–2
10
10
Mikroto’lqin nurlanishi
10
–7
10
–0
10
8
Radioto’lqinlar O’YuCh
10
–9
10
2
10
6
Radioto’lqinlar YuCh
10
–11
10
4
10
4
Radioto’lqinlar PCh
Tananing nurlanish ta’siriga javob berishini to’rt fazaga ajratish mumkin.
Ionlashish va atomlarning qo’zg’alishining
birinchi, fizik fazasi 10
–13
s davom
etadi. 10
-10
sekund davom etadigan ikkinchi kimyoviy-fizik fazada yuqori
kimyoviy faol radiatsiya nurlanishlari hosil bo’ladi,
ular turli birikmalar bilan
o’zaro ta’sirlashib ikkilamchi radiatsiya nurlanishlarini keltirib chiqaradi, ularning
yashash vaqtlari birlamchi nurlanish vaqtidan uzoqroq davom yetadi. Uchunchi,
kimyoviy fazada 10
-6
s davom etadigan, hosil bo’lgan radiatsiyalar hujayralarning
organik molekulalari bilan reaksiyaga kirishadi, bu esa
molekulalarning biologik
xususiyatlarining o’zgarishiga olib keladi. To’rtinchi sekin bosqichda bu
o’zgarishlar hujayralar, organlar hamda umuman tananing
funksional va tizimli
buzilishiga aylanadi.
Har xil turdagi radiatsiya nurlanishlari moddalar bilan ta’sirlashganda
zarralarning turiga, ularning zaryadiga, massasiga va energiyasiga qarab turlicha
ta’sirlashadi. Zaryadlangan zarralar atom elektronlari bilan ta’sirlashib, moddaning
atomlarini ionlashtiradi.
Neytronlar va gamma kvantlar, moddadagi zaryadlangan
zarralar bilan to’qnashganda o’z energiyasini ularga o’tkazadilar, ayrim gamma
kvantlardan elektron va pozitron juftlari hosil bo’lishi mumkin.
Bu ikkilamchi
zaryadlangan zarralar moddalarda sekinlashganda ularning ionlashishiga olib
keladi. Radiatsiyaning oraliq bosqichida moddaga ta’siri tez zaryadlangan
zarrachalarning va ionlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Radiaysiyadan
shikaslanishlar asosan shu ikkilamchi zarralardan kelib chiqadi, chunki ikkilamchi
zarralar asosiy nurlanish zarralariga qaraganda ko’proq atomlar bilan o’zaro
ta’sirlashadi.
Oxir oqibat, asosiy zarrachaning energiyasi muhitdagi ko’p sonli
atomlarning kinetik energiyasiga aylanadi hamda ularning uyg’ongan holatga
o’tishi va u ionlashishiga olib keladi. Biologik ob’ektlarning
organlari va
to’qimalarida har qanday muhitda bo’lgani kabi, nurlanish paytida energiya yutish
natijasida atomlarning ionlanish va qo’zg’alish jarayonlari sodir bo’ladi. Bu
jarayonlar nurlanishning biologik ta’siri ostida yotadi. Radiatsiya ta’sirining
o’lchami- tanada so’rilgan energiya miqdoriga bog’liq bo’ladi.