|
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
90
7. Ishlab chiqarish korxonalari bilan aloqa o’rnatish, ularga ekskursiyalar
uyushtirish, mehnat faxriylari va ilg’orlari bilan uchrashuvlar tashkil qiladi.
8. Ko’rgazmalar tashkil qiladi.
9. O’quv yilining oxirida o’quv ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qiladi,
uning mazmuni va xarakterini belgilab beradi.
10. Amaliy mashg’ulotlar uchun asbob-uskunalarni bevosita ta’mirlaydi va bu
ishga yuqori sinf o’quvchilarini jalb qiladi.
11. Pedagogik kengashda ta’lim tarbiya ishlari to’g’risida hisobot beradi.
Ustaxona ishlarini yaxshilash chora va tadbirlarini ishlab chiqadi.
Maktablarda hozirgi kunda o’quv ustaxonalarini tashkil etish, o’quv ustasi
hamda texnologiya va kasb ta’limi o’qituvchisi shu yuqoridagi talablardan kelib
chiqqan holda ish ko’rishi kerak. O’quv ustasi va texnologiya hamda kasb ta’limi
o’qituvchisi vazifalari asosan shulardan iborat. Umum o’rta ta’lim maktablarida
texnologiya ta’limi oldiga qo’yilgan maqsadni amalga oshirish uchun
o’quvchilarga texnologik ta’limini “Texnologiya va dizayn”, yunalishi bo’yicha
yog’och va metallarga ishlov berish asoslarini imkon qadar amaliy holda o’qitish
zarur bo’ladi. Xususan, ushbu materiallar haqida, ularga ishlov berish jarayonlarida
ishlatiladigan asboblar, moslamalar, stanoklar, mashinalar haqida, materiallarga
ishlov berib tayyor mahsulot yaratish texnologiyalarini amaliy holda amaliy
mashg’ulotlar asosida o’rgatilishi kerak.
Ushbu tezisning ma’ruzasida hozirgacha mavjud DTSlar, o’quv dasturlari,
darsliklar, qo’llanmalar, o’quv moddiy bazalar, tayyorlov o’quv rejalarini ilmiy
uslubiy tahlili, fanni dars materiallarini mazmun mohiyati bo’yicha qanday ketma-
ketlikda o’rgatishni mezonini asosi, o’quvchilar o’zlashtirish qobiliyatlari bo'yicha
sinflararo muvofiq didaktik tizim va o’rgatish muloqatini ilmiy tashkil qilish
uslubi, 8-9 sinflarda yog’och va metalga ishlov berishga asoslangan sanoat ishlab
chiqarish jarayonlariga oid dars materiallarini o’qitishni aniq bir uslubiy didaktik
tizimi keltirilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Н.А.Муслимов
“Бўлажак
ўқитувчиларнинг
педагогик
компетентлигини шакллантириш назарияси технологияси”. Ўқув қўлланма.
Тошкент-2014 йил.
2.Тагаев, Х., & Толипов, У. К. (1993). Педагогические основы
совершенствования творческой личности. М.: Ротапринт ИСО РАО
|
| |