“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического




Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/167
Sana18.01.2024
Hajmi2,16 Mb.
#140538
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   167
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического 
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online) 
 
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
99 
va dunyoqarashlar zaminida o’ziga xos yo’nalish va mazmun kashf etdi va ravnaq 
topdi. Roman uslubi va gotika barpo etilgan memoriy obidalarda san’atlar 
sintezining ajoyib namunalari yaratildi. 
XIII-XVI-asrlar Tasviriy san’atida dunyoviy mavzu va qarashlarning 
kuchayib borishi tasvirlarda borliqda mavjud shakl va ko’rinishlarning ortishi bilan 
belgilanadi. Shu harakat va taraqqiyotda Tasviriy san’atning qonun-qoidalarini 
ilmiy asosda o’rganishga qiziqish ortdi. Optika, anatomiya, perspektiva, nur soya 
nazariyasiga oid muhim tadqiqotlar qilindi. XVII-XIX-asrlarda Tasviriy san’at 
uslub jihatidan rang barang, milliy mahalliy maktablar rivoji bilan san’at 
olamining kengayishi boshlandi. Bu davrda, ayniqsa, monumental san’at o’zining 
haqiqiy gullash davrini boshidan kechirdi; rassomlar, me’morlar, haykaltaroshlar, 
hunarmandlar san’atlar sintezining ajoyib namunalarini yaratdilar. Bu yutuqlarda 
rassom va haykaltaroshlarning oʻrni aloxida. Tasviriy san’at tur va janrlari 
ko’paydi, realistik yo’nalishdagi janrlar (portret, manzara, natyumort, maishiy janr) 
yetakchi o’ringa chiqa boshladi. Uyg’onish davri Tasviriy san’atiga xos bo’lgan 
vazminlik, chiziq, rang, faktura mutanosibligi o’rnini jo’shqin shakl va ranglar 
o’yini egallab bezakdorlik xususiyatlarining ortishi kabilar kuzatiladi. XVII-asrdan 
Tasviriy san’atda klassitsizm yo’nalishi hukm surgani holda borliqni o’ziga 
o’xshash shakllarda aks ettiruvchi asarlar yaratilishi ortib bordi. Akademik ta’lim 
tizimining yo’lga qo’yilishi professional san’at maktablarining taraqqiyotini 
ta’minladi. Mumtoz (klassik) realistik (akademik) san’at uslublaridan chekinish
noan’anaviy uslublar izlashga intilish boshlandi. Bu hol impressionizm, 
postimpressionizm va boshqa uslublarning shakllanishi va rivojlanishida o’z 
ifodasini topdi. 
Sanʼatlar sintezi - bir badiiy asar yoki yaxlit ansamblni yaratishda turli 
sanʼatlar va sanʼat asarlarining oʻzaro uzviy bogʻlanishi; insonning moddiy va 
maʼnaviy muhitini estetik jihatdan tuzishga xizmat qiladi. Sanʼatlar sintezi 
tushunchasi sifat jihatdan yangi badiiylik yaratishni nazarda tutadi. San’at sintezida 
har biri oʻzining cheklangan ifoda va tasviriy imkoniyatiga ega boʻlgan sanʼatlar 
birlashuvi natijasida ifodasi beqiyos yangi badiiy asar yuzaga keladi. Badiiy asar 
gʻoyasi, obraz va kompozitsion butunligi, makon va zamonni yaratishdagi umumiy 
ishtiroki, koʻlami, ritmidagi monandlik sanʼatda ularni idrok etishni kuchaytirib
sifat oʻzgarishlarini yuzaga keltiradi; badiiy gʻoyalar rivojiga koʻp planlilik, 
serqirralik baxsh etib, insonga har taraflama toʻla hissiy taʼsir koʻrsatadi. Teatr, 
kino va unga yaqin fazoviy sanʼatlar tabiatan mujassamlashtiruvchi boʻlib, bular 
dramaturg (senariychi), aktyor, rejissyor, rassom, kinoda, shuningdek, operator 
ijodini birlashtiradi; musiqali teatrda dramatik sanʼat, vokal va cholgʻu asboblari 



Download 2,16 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   167




Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического

Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish