“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “
Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
98
TASVIRIY SAN'AT SHAKLLANISHIDA QADIMGI
YEVROPA VA SHARQ
Rahmatova Shahlo Ikrom qizi
A.Qodiriy nomidagi JDPI, Fizika va texnologik ta’limi fakulteti, Libos va
gazlamalar yo’nalishi talabasi, Jizzax, O’zbekiston
e-mail: shaxloraxmatova6@gmail.com
Ilmiy rahbar: Ortiqova O.
Annontatsiya: Ushbu maqolada tasviriy san’atning shakllanish tarixi, bu
borada qadimgi Yevropa va Sharq mamlakatlarining o’ziga xos ijodiy jarayonlari
haqida fikr mulohazalar bayon etilgan.
Kalit so’z : san'atlar sintezi , tasviriy san'at , tarix , janr , klassik (mumtoz) ,
me’morchilik , amaliy bezak.
***
Аннонтация: В статье обсуждается история, становление и
история изящных исскусств в Европe и Востоке.
Ключевые слова: синтез искусств, изобразительное искусство,
история, жанр, классика, архитектура, декоративно-прикладное искусство.
***
Annotation: This article discusses the history formftion and history of fine
arts in Europe and Orient.
Key words: synthesis of arts, fine arts, history, genre, classical,
architecture, applied decoration.
Tasviriy san’at - rangtasvir,
haykaltaroshlik, grafikani birlashtirgan nafis
san’at turi; voqelikni uning osongina ilg’ab olinadigan fazoviy shakllarda
ko’rgazmali obrazlarda aks ettiradi. Insoniyat
sivilizatsiyasining muhim
o’choqlaridan hisoblangan O’rta Osiyo, uning ajralmas qismi O’zbekiston
hududida ham Tasviriy san’at ijtimoiy hayotda muhim o’rin egallab, davr hamda
inson tafakkuridagi nozik o’zgarishlarni o’zida aks ettiradi. Zarautsoy rasmlari,
Xorazm, So’g’d, Baqtriya mahobatli haykal va rangtasvirlari shuning dalilidir.
O’rta asrlar Tasviriy san’ati uslub jihatidan rang barang,
turlari keng va
xilma xil, bu davrda mahobatli haykaltaroshlikning nodir namunalari yuzaga keldi.
Hindiston, Indoneziya, Hindiхitoy o’lkalarida betakror haykaltaroshlik asarlari
yaratildi. O’rta Sharq mamlakatlarida miniatyuraning o’ziga
xos turi yaratilgan
bo’lsa, O’rta asr Yevropa madaniyatida haykaltaroshlik va rassomlik diniy e’tiqod