|
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
100
musiqasi, xoreografiya va h.k. bir butunlikda namoyon boʻladi. Rejissyorlik sanʼati
badiiy teatr yoki kinematografiya asarlarini yangi butunlikka birlashtiradi.
Sanʼat tarixida sintezning xilma xil turlari maʼlum. Tasviriy sanʼat, amaliy
sanʼat asarlari va meʼmorlik hamisha oʻzaro bogʻlanishga, birlashishga moyildir.
Bunda rangtasvir, haykaltaroshlik asarlari oʻz vazifasini bajarish bilan birga
meʼmoriy obrazni boyitadi. Bu nafis uygʻunlikda, odatda, amaliy bezak sanʼati,
dastgoh sanʼati asarlari (kartina, haykalcha va sh.k.) ishtirok etadi. Sintez sanʼat
turlari (masalan, kinoda xronika, reportaj va h.k. usullarni badiiy filmda qoʻllash)
va sanʼatlararo (masalan, teatr voqealariga kinematografiya tasvirini kiritish) turli
darajada amalga oshiriladi. San’at sintezida ishtirok etayotgan sanʼatlar orasidagi
muvozanat turlicha boʻladi, sanʼatning biriga aloqador boʻlgan sifat ham (masalan,
klassitsizmda nafis sanʼatlarning mutanosibligi, yunon sanʼatidagi "nafislik",
barokko sanʼatidagi "tasviriylik" va boshqalar) umumiy ahamiyat kasb etadi.
Sanʼatning bir turi qolganlarini oʻziga boʻysundirib (masalan, Qadimgi Misr
meʼmorligi haykaltaroshlik va rangtasvirni) toʻliq hukmronlik qilishi nazarda
tutiladi. Rassom (haykaltarosh)ning gʻoyasi tufayli sanʼat turlari oʻzaro chatishib
ketishi bir-birini toʻldirishi va bir-biriga keskin qarama-qarshi qoʻyilishi mumkin.
Ibtidoiy jamoa tuzumida sanʼatlar turlarga boʻlinmagan, qorishiq holda
boʻlib, inson faoliyati va uning marosimlari bilan bevosita qoʻshilib ketgan.
Sanʼatlar oʻz xususiyatlari va oʻziga xosligini namoyon etib boʻlina boshlaganda
teskari jarayon - ularning sinteziga intilish yuzaga keldi. Qadimgi Sharq
madaniyatidan boshlab ibodatxona diniy marosimlari bilan yagona gʻoyaga
boʻysundirilgan meʼmoriy elementlar, tasviriy va amaliy bezak sanʼati, ogʻzaki va
yozma ijodiyot, shuningdek, marosim harakatlari Sanʼatlar sintezining dastlabki
koʻrinishlari sifatida maydonga chiqdi. Mahobatli Misr ehromlari meʼmoriy
unsurlarning ramziy koʻrinishlariga yunon madaniyati insonning yuksakligini
ifodalovchi meʼmorlik va haykaltaroshlikning uygʻun holdagi birikuvini qarama-
qarshi qoʻydi. Uygʻonish davrida sanʼatning boʻlinishi yuzaga keldi; sintezning har
bir sanʼatning oʻz mustaqilligiga asoslangan yangi shakllari paydo boʻldi.
Uygʻonish davri ustalari (Bramante, Rafael, Mikelanjelo va boshqalar) ijodida
sanʼatning yaxlit, uygʻunlashgan ansamblga birikishining umumiy qoidalari
alohida toʻlaqonli ishlab chiqildi. XX-asr San’atiga oid muhim ishlar ilgʻor
ijtimoiy va inqilobiy harakatlar taʼsirida (D. Rivera, D. Sikeyros, X. Orosko va
boshqalar) jamoat qurilishlari, meʼmoriy inshootlar va koʻrgazmalar majmualari
yaratilishi, shuningdek, maʼlum gʻoyalarga yoʻnaltirilgan bayramlar, xalq
yurishlari, festivallar va h.k.ni bezash bilan bogʻliq.
|
| |