|
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
94
kerak! Qanday dastur tuzamiz? Qaysi dasturlash tili orqali? Arduino uchun
dasturlar odatiy C ++ da yoziladi, kontaktlarda I / O (Input-kirish,Output-chiqish)
ni boshqarish uchun oddiy va tushunarli algoritmlar va dasturlar tuziladi. Agar siz
allaqachon C ++ ni bilsangiz - Arduino va dunyo eshiklari siz uchun ochiq. Agar
siz dasturlash uchun yangi bo'lsangiz bu muammo emas osonlikcha o'rganishingiz
mumkin, bu oson. Bundan tashqari Arduinoni o'rganish va dasturlar yozish uchun
Windows, Mac OS va Linux operatsion tizimlarida ishlovchi Arduino IDE
(Arduino dasturi, kompilyatori) mavjud va siz undan mutlaqo bepul
foydalanishingiz mumkin. Arduino IDE dasturida algoritmlar va dasturlar yaratish
juda oson va ishlash qulay. Arduino IDE da tayyor amaliyotlar (loyihalar) ham
mavjud siz o'rganishingiz uchun. Arduinoning Uno turi texnik ko'rsatkichlari:
Mikrokontroller: ATmega328;
Ishlash kuchlanishi: 5 V;
Kirish kuchlanishi(tavsiya etilgani): 7-12 V;
Kirish kuchlanishi(eng yuqori): 6-20 V;
Raqamli kirish/chiqish: 14 ta (ulardan 6 tasi KIM (Широтно-Импульсная
модуляция) sifatida foydalanish mumkin);
Analog kirish: 6 ta;
Kirish/chiqish orqali o'zgarmas tok: 40 mA;
3.3 V kiritish uchun o'zgarmas tok: 50 mA;
Flesh xotira: 32 KB(ATmega328) undan 0.5 KB yuklovchi sifatida
foydalaniladi;
Tezkor xotira: 2 KB(ATmega328);
EEPROM: 1 KB(ATmega328);
Chastota: 16 MGs;
Arduinodan
foydalanishimizda avvalo
uning
dastur
programmasini
kompyuterimizga o’rnatib kutubxonasi bilan bog’lab olamiz. So’ngra arduinoda
sodda amaliy topshiriqlarni bajarishni boshlashimiz mumkin.
Buning uchun bizga quyidagilar kerak bo’ladi.
- Arduino
- Maketniy plata
- Svetodiod
- Papa-papa sim
Arduino haqida tushunchalarimiz shakllandi, endi qolgan qismlar to’g’risida
tushunchalar shakllantiramiz:
Maketniy plata – qurulmalarni ulash doskasi ya’ni kiruvchi va chiquvchi
signallarni simlar yordamida qurilmalarga bo’g’lash vazifasini bajaradi (2-rasm).
|
| |