|
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
93
Arduino - bu unchalik katta bo'lmagan plata bo'lib o'zining protsessori
(mikrokontrolleri) va xotirasiga ega bo'lgan qurilma hisoblanadi.
Arduinoning ko'plab turlari mavjud bo'lib bularga misol qilib: Arduino Yun,
Arduino Uno, Arduino Duemilanove, Arduino Diecimila, Arduino Nano, Arduino
Mega, Mega 2560, Mega ADK, Arduino Leonardo, Arduino Micro va h.k larni
olishimiz mumkin. Arduino robototexnika va elektronikаga qiziquvchi va
izlanuvchi yoshlarga juda qo'l keladi. Сhunki bu qurilmada kichik va katta bo'lgan
dastur, algoritmlar yaratgan holda har hil qurilmalar, robotlar va boshqa qiziq
amaliyotlarni bajarsa bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, Arduino dasturiy va
texnik qismlarni birlashtirib beruvchi qurilmadir. Yuqorida keltirib o'tganimizdek
Arduinoning juda ko'p turlari mavjud bo'lib, Arduinoni o'rganishni boshlovchilar
asosan Arduinoning Uno yoki Nano turidan foydalanishni boshlashadi.
Arduinoning Uno va Nano turini yaxshilab o'rganib bo'lgan yoshlar endi
Arduinoning bu turiga qoniqmay Arduinoning Mega yoki Mega 2560 turini sotib
olishga oshiqishadi. Chunki, endi Arduino Uno, Nano turining xarakteristikasi
(texnik ko'rsatkichlari) bizning robototexnik uchun pastlik qiladi! Ayrim
robototexniklar esa Arduino Uno bilan tanishib chiqib uni imkoniyatlaridan
foydalanib bo'lgandan so'ng, Arduinoning Mega turini sotib olib o'tirmay o'zlari
yasab tayyorlab ko'rishga harakat qilishadi. To'g'rida chunki endi ular dasturchi,
robototexnik bemalol mikrokontrollerga dastur yozib uni mikrokontrollerga yuklay
oladi. Arduino Unoning boshqa turlaridan farqi protsessori, mikrokontrolleri,
raqamli va analog chiqishlarning ko'p yoki kamligi bilan farqlanadi. Arduinodan
foydalanayotgan kishi unga har xil elektr komponentalar va modullarni ulash
imkoniyatiga ega bo'ladi, masalan: led chiroqlar, datchiklar, rele modullari tarmoq
(Wi-fi, Bluetooth, Ethernet) modullari, sensorlar, motorlar, magnit eshik qulflari va
elektr energiyasi bilan ishlaydigan barcha narsalar. Yuqorida aytilgandek Arduino
texnik va dasturiy qismni birlashtirib beruvchi qurilma. Demak dastur tuzish
|
| |