|
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
89
Hozirda texnologik ta’limini barcha turdagi darslarini amaliy saviyasini
oshirishga qaratilgan, zamon talabi va milliylikka asoslangan uslubiy qo’llanmalar
yetarli. Har qanday o’quv dasturlari va darslik hamda qo’llanmalar Davlat ta’lim
stantartlari asosida tayyorlanadi. Bundan ko’rinadiki, o’quv dastur va darslik
hamda qo’llanmalar tayyorlashda garchi kamchiligi bor bo’lgan bo’lsada, Davlat
ta’lim stantartlaridan chetga chiqishga yo’l qo’yilmaydi.
Shu boisdan hozirda umum o’rta ta’lim maktablarini texnologiya ta’limi
bo’yicha qabul qilingan DTSlari va unga muvofiq tuziladigan o’quv dasturlari
darslarni noananaviy usulda zamon talabi va milliylik ruhida tashkil qilishga o’quv
moddiy baza yaratishga, o’qituvchilarni o’z ustilarida ishlashlariga uslubiy
qo’llanmalar va tavsiyalar bera oladigan darslik va qo’llanmalarni yaratishga to’liq
javob bera oladimi yoki yo’qmi? kabi muammolarni mavjud. DTS va o’quv
dasturlarini muvofiqligini umum o’rta ta’lim maktablarida, keyinchalik kasb
ta’limi deb atalmish uni davomi sifatida o’qitiladigan o’rta maxsus ta’lim
muassalarida, texnologik ta’limi o’qituvchisini tayyorlaydigan oliy o’quv
yurtlarida, hatto malaka oshirish va qayta tayyorlash muassalarida o’qitiladigan
texnologik ta’limini o’qitishning uslubiy samaradorlik hisoblanmish muloqot
mezonini to’g’ri asoslash va tanlab olishni e’tiboga olgan holda uslubiy tahlil
orqali yechimini topish kerak bo’ladi.
Qabul qilingan DTS, tuzilgan o’quv dasturlarida, tayyorlov o’quv rejalarida
ushbu uslubiy samaradorlikni muloqot mezoniga yetarli darajada e’tibor
qilinmagan va natijada ularda ayrim etiborga olishga molik bo’lgan muammolar
hanuzgacha mavjud bo’lib qolmoqda.
Tashkilotchilik qobiloyatiga ega bo’lgan, ishga ijodiy munosabatda
bo’ladigan eng tajribali, ilg’or va faol o’qituvchilarning ish mazmuni quyidagicha
bo’ladi.
1. O’quv jarayonida to’laqonli ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish uchun
shart-sharoit yaratadi.
2. O’quv jarayonini zaruriy asbob-uskunalar bilan ta’minlaydi.
3. Ustaxonalarning o’quv ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtiradi
4. O’qituvchilari bilan birgalikda faoliyat olib borib, to’garaklarga rahbarlik
qiladi.
5. O’zaro darslarga kirishga qatnashadi, pedagogik o’qishlarga ma’ruzalar
tayyorlashda metodik yordam beradi.
6. Texnologiya va dizayn bo’yicha seminar tashkil qilishda o’qituvchilarga
kerakli yordam ko’rsatadi.
|
| |