|
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
86
Robot – bu ikki yoki undan ortiq o’qlar bo’ylab dasturlash mumkin bo’lgan,
ma’lum darajadagi avtonomiyaga ega, ish muhitida harakatlanadigan va vazifalarni
bajaradigan harakatlanuvchi mexanizm. Bu yerda “avtonomiya – bu mahsulotning
hozirgi holati va inson aralashuvisiz ma’lumotlarni o’qish xususiyatlariga
asoslangan holda vazifalarni maqsadga muvofiq ravishda bajarish qobiliyati”dir.
Robotlashtirishning tarixiga nazar soladigan bòlsak, robotlar sònggi 100 yil
ichida nafaqat rivojlanib, balki hayotimizning har bir jabhasiga kirgan holda
òzining ijobiy ta’sirini kòrsatib kelmoqda. Sònggi yillarda kibernetika ,
mexatronika , informatika, elektronika kabi turli fanlar bòyicha kòplab inson ishini
yengillashtiruvchi va kòmaklashuvchi kashfiyotlar amalga oshirilmoqda va
robototexnika ularga asoslanadi.
Mexatronika – ishlab chiqarish va loyihalash jarayonlarini intellektual
kompyuter va elektron-muxandislik qurilmalar orqali boshqarishning sinergetik
(synergistic – tizimning ma’lum bir qismini olish) - integrallashtirishdir.
Kibernetika — axborotni qabul qilish, saqlash, uni qayta ishlash hamda
undan turli jarayonlarni boshqarishda foydalanish bilan shugʻullanadigan fan.
Elektronika — fan va texnikaning elektronlar va boshqalar zaryadlangan
zarralarning elektromagnit maydon hamda turli jismlar bilan oʻzaro taʼsiri
qonuniyatlarini oʻrganish, bu oʻzaro taʼsirdan foydalanib energiyani
oʻzgartiradigan elektron asbob va qurilmalarni yaratish usullarini ishlab chiqish
bilan shugʻullanadigan sohasi.
Informatika — ilmiy informatsiya (axborot, xabar, maʼlumot) ning mohiyati,
umumiy xossalari shuningdek, ilmiy kommunikatsiya tizimi (oʻsha ilmiy
informatsiyani tarqatish usullari va vositalari majmui) ni oʻrganish bilan
shugʻullanadigan ilmiy fan.
Robototexnika sohasi yaqin kelajakda barcha tarmoqlarga kirib insonlar
hayot tarzini nafaqat yengillashtiribgina qolmay, mamlakatlar iqtisodiyoti va
sanoatining rivoji uchun ham kòplab yutuqlar olib kelishi mumkin. Jahonning
qudratli rivojlangan davlatlariga nazar tashlaydigan bolsak, aynan shu sohaning
juda keng talqinda rivojlanganligini ko’rishimiz mumkin.
Masalan:
Yaponiya 2015-yil holatiga kòra eng texnologiyalar rivojlangan davlat deya
e'tirof etilgan bòlib avtomobilsozlik, robot texnikasi, metallurgiya kabi
sohalarning barchasiga yuqori texnologiyalar kirib borgan.
AQSH ham òz navbatida texnologik jihatdan juda yaxshi rivojlangan davlat
hisoblanib, birinchi bòlib oyga odam chiqargan, texnologik jihatdan yaxshi
|
| |