|
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
88
AMALIY MASHG'ULOTLARNI ZAMON TALABI ASOSIDA
TASHKIL QILISH
Ortiqova Ozoda Sharofovna
A.Qodiriy nomidagi JDPI o’qituvchisi, Jizzax, O’zbekiston
e-mail: ozoda_o@jspi.uz
Annotatsiya. Ushbu maqolada texnologiya darslarida texnologiya va dizayn
yo'nalishi bo'yicha amaliy mashg'ulotlarni zamon talabi asosida tashkil qilish
asoslari haqida fikrlar bayon qilingan.
Kalit so'zlar: fan texnika, milliylik, texnologiya, dizayn, didaktik
***
Аннотации. Данная статья является основой для организации
практических занятий по технологии и дизайну в технологических классах с
учетом современных требований.
Ключевые слова: наука, техника, национальность, техника, дизайн,
дидактика.
***
Annotation. This article is the basis for the organization of practical training
in technology and design in technology classes on the basis of modern
requirements opinions about.
Key words: science technique, nationality, technology, design, didactic
Fan texnika tarraqiyoti asosida keskin rivojlanayotgan moddiy ishlab
chiqarish jarayonlari zaruriyati umum o’rta ta’lim maktablarini 5-9 sinflarida
texnologik ta’limini zamon talabi bo'yicha tashkil qilishni toqozo qiladi. Chunki
texnologik ta’lim fan texnika tarraqiyoti bilan ishlab chiqarish o'rtasidagi ko'prik
hisoblanadi. Zamon tarraqiyoti bilan har qanday ishlab chiqarish va xizmat
ko'rsatish sohalari doimo yildan yilga ilg’or texnologiyalar asosida rivojlanib
boradi. Shu sababdan ushbu fan o’quv dasturlari doimo rivojlanish toqozosi bilan
ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi ilg’or texnologiyalar asosidagi
rivojlanishga oid qo'shimchalar bilan o'zgarishda va to'ldirishda bo'lmog’i lozim.
Buning uchun avvalo umum o’rta ta’lim maktablarida texnologik ta’limga qabul
qilingan Davlat ta’lim stantartlari va shu asosda darslarni noananaviy usulda
tashkil qilishga qaratilgan tuzilayotgan fan o’quv dasturlarini zamon talabi va
milliylik ruhi talabiga javob berishi kerak.
|
| |