|
“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического“Fizika va texnologik ta’lim” jurnali | Журнал “Физико-технологического
образование” | “Journal of Physics and Technology Education” 2021, № 4 (Online)
Journal of Physics and Technology Education | https//phys-tech.jspi.uz/
85
ROBOTOTEXNIKA - JAMIYAT TARAQQIYOTI ASOSI SIFATIDA
To’lqinova Lobar Zufar qizi
A.Qodiriy nomidagi JDPI, Fizika va texnologik ta’lim fakulteti,
3-bosqich talabasi, Jizzax, O’zbekiston
e-mail: lobartolqinova@gmail.com
Ilmiy rahbar: Orishev J.B.
Annotasiya. Maqolada robototexnika sohasi va uning rivojlanishiga tasir kòrsatuvchi
omillar, yoshlarning bu sohadagi erishayotgan yutuqlari hamda jamiyat taraqqiyotida
robototexnikaning imkoniyatlari haqida bayon etilgan.
Tayanch sо‘zlar: robototexnika , bilim, ko‘nikma, model, soha, detal.
***
Аннотация. В статье описывается область робототехники и факторы,
влияющие на ее развитие, достижения молодежи в этой области и потенциал
робототехники в развитии общества.
Ключевые слова: робототехника, знания, навыки, модель, промышленность,
деталь.
***
Annotation. The article describes the field of robotics and the factors influencing its
development, the achievements of young people in this field and the opportunities of robotics in
the development of society.
Keywords: robotics, knowledge, skills, model, industry, detai
Jahonning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida insonlar hayoti, turmush asoslari
o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan sun’iy aql va kognitiv intellektual tizimlar jadal
taraqqiy topmoqda. Shu sababli, jamiyatimiz taraqqiyotida sun’iy aql, kibernetik
tizim, jumladan, robototexnika texnologiyalari bilan ishlash ko’nikmalarini
ommaviy shakllantirishni ta’minlash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri
bo’lib kelmoqda.
Robototexnika XXI asrning jadal rivojlanib borayotgan texnologiyalari
sohalaridan biridir. Dastlab robototexnika sohasi haqida to'liqroq ma'lumotga ega
bo'lish uchun bu atamaning qanday paydo bo'lganligi va hayotimizga kirib kelishi
haqida biroz tushunchalarni keltirib o’tsak.
Oddiy qilib aytganda, "robot" (chex tilidan “robota” – majburiy mehnat) —
bu insonning jismoniy va aqliy faoliyati bilan bog’liq operatsiyalarni bajarishi
mumkin bo’lgan kibernetik tizimdir.
Robot va unga tegishli tushunchalarning batafsilroq ta’riflari:
|
| |