|
Oddiy va murakkab moddalar mavzusini o‘qitish metodikasi”mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi toshkent-2023 reja
|
bet | 8/9 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 0,76 Mb. | | #143355 |
Bog'liq Oddiy va murakkab 2023IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Xlorid kislota quyidagi oksidlardan qaysi biri bilan ta’sirlashishi mumkin:SiO2,SO2 mis ()oksid, uglerod (V)oksid, xrom (V)oksid, xrom ()oksid, azot () oksid?
2. Oltingugurt (V)oksid, azot (V)oksid, vodorod sulfid, vodorod xlorid, azot ()oksid, uglerod ()oksid, ammiak gazlarining qaysilari ta’siridan suvda ho‘llangan lakmus qog‘ozi ko‘k rangga bo‘yaladi? (Javob: ammiak).
3. Uglerod (IV), xrom (), bariy, xrom (V)oksidlardan qaysilari kalsiy gidroksid bilan ta’sirlashmaydi? (Javob: xrom (), bariy).
4. Mis ()oksid, bariy oksid, kalsiy oksid, rux oksid, fosfor (V)oksid, temir (, )oksidlardan qaysilarini laboratoriyada qurituvchi modda sifatida ishlatish mumkin?
5. Natriy, litiy, kremniy, kaliy, marganets (II), xrom (II), uglerod (II), kalsiy, alyuminiy oksidlaridan qaysilari asosli oksid hisoblanadi?.
V. Baholash. Dars davomida faol ishtirokm etgan o‘quvchilar individual tarzda baholanadi.
VI. Uyga vazifa. 42§ 109-110 bet.
XULOSA
Ta`limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot – ta`lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iboratdir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarining ta’lim jarayoniga qo‘llanilishi hamda “Kimyo tajribalarini namoyish qilishning innovatsion metodlari” mavzusiga bag‘ishlangan adabiyot ma’lumotlarini tahlil qilib o‘rganildi.
Noorganik kimyo fanidan “Oddiy va murakkab moddalar mavzusini o‘qitish metodikasi” mavzusini interfaol metodlardan foydalanib o‘tganda samaradorlik yuqori bo‘lishi amalda isbotlangan.
Ushbu mavzu bo‘yicha ishlab chiqilgan dars ishlanmasi bitiruv malakaviy ishini tayyorlash davrida o‘rta ta`lim maktabining 7-sinflarida sinab ko‘rilgan. Shuning uchun bitiruv malakaviy ishida tayyorlangan dars ishlanmasini o‘rta maktablarda kimyo fanida “Oddiy va murakkab moddalar mavzusini axborot texnologiyalari” mavzusini zamonaviy talablar asosida dars jarayoniga foydalanishga tavsiya etamiz.
|
| |