• ODDIY VA MURAKKAB MODDALAR MAVZUSINI O‘QITISH METODIKASI
  • Oddiy va murakkab moddalar mavzusini o‘qitish metodikasi”mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi toshkent-2023 reja




    Download 0,76 Mb.
    bet5/9
    Sana22.01.2024
    Hajmi0,76 Mb.
    #143355
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Oddiy va murakkab 2023

    Kompleks birikmalar. Tarkibida kompleks hosil qiluvchi va ligandlar tutgan moddalar kompleks birikmalar deyiladi.
    Eritmada eriganda kompleks kation, anion yoki neytral zarrachalar hosil qiladigan murakkab moddalar kompleks birikmalarga kiradi.
    Kompleks birikmalar tuzilishining o‘ziga xos quyidagi tomonlari mavjud:
    1.Kompleks birikmalar molekulasining markazida metall kationi yoki atomi joylashgan bo‘lib u kompleks hosil qiluvchi ion deyiladi.
    2.Kompleks hosil qiluvchi bilan bevosita bog‘langan qutbli neytral molekulalar(NH3, H2O, CO, NO) yoki anionlarni (SO42-; NO3-;CO32-; CN-; Cl-; OH-) ligandlar deyiladi.
    3.Kompleks hosil qiluvchi ionlar ushlab turgan neytral molekulalar va ionlar soni koordinatsion son deyiladi.
    4. Kompleks hosil qiluvchi ion va ligandlar ichki sferani hosil qiladi va o‘rta qavsga olib yoziladi.
    5.Ichki sferaga kirmagan ionlar tashqi sferani hosil qiladi. Ichki sferani zaryadi ligandni turiga qarab musbat, manfiy va hatto neytral bo‘lishi mumkin.
    6- jadval.Kompeks birikmalarning hosil bo‘lishi

    Kompleks birikma

    Kompleks hosil
    qiluvchi ion

    Ligand

    Koord.
    son

    Jchki
    sfera

    Tashqi
    sfera

    [Cu(NH3)4]SO4

    Cu2+

    NH3

    4

    [Cu(NH3)4]2+

    SO42-

    [Cr(H2O)6]Cl3

    Cr3+

    H2O

    6

    [Cr(H2O)63+

    Cl-

    K4[Fe(CN)6]

    Fe2+

    CN-

    6

    [Fe(CN)6]4-

    K+

    Na3[Al(OH)6]

    Al3+

    OH-

    6

    [Al(OH)6]3-

    Na+

    [Pt(NH3)2Cl2]

    Pt2+

    NH3,Cl-

    4

    [Pt(NH3)2Cl2]

    -

    [Fe(CO)5]

    Feo

    CO

    5

    [Fe(CO)5]

    -

    Kompleks birikmalarda ichki sfera zaryadi kation :
    [Сu(NH3)2]Cl ;  [Cu(NH3)4]SO4; [Cr(H2O)6]Cl;   [Fe(NH3)6]Cl3
    Yoki ichki sfera zaryadi anion:
    Na|Сu(СN)2|; K2|Cu(CN)4|; Na3|Cr(OH)6|; K3|Fe(CN)6|
    K3|Cr(OH)6|; Na3|Al(OH)6|; K|Au(CN)2|; Na|Ag(CN)2
    Ichki sfera zaryadi neytral bo‘lgan komplekslar birikmalar ham bor:
    [Pt(NH3)2Cl2] , [Cr(H2O)3Cl3], [Fe(CO)5], [Fe((NH3)3Cl3] .
    Kompleks birikmalar bosqichli dissotsilanadi. Birinchi galda ionlanish ichki va tashqi sferaga ajralish bilan boradi.
    |Сu(NH3)2|Cl  |Сu(NH3)2|+ + Cl-
    |Сu(NH3)2|+   Сu2++ 2NH3
    |Cr(H2O)6|Cl3 |Cr(H2O)6|3++ 3Cl-
    |Cr(H2O)6|3+  Cr3+ +6H2O
    Kompleks birikmalarning hosil bo‘lishida cho‘kmaning erib ketishi, rang ozgarishi, yoki yangidan cho‘kma hosil bo‘lishi kuzatiladi:
    AgCl+2NH3= [ Ag(NH3)2]Cl
    Ag(CN)2+NaOH=Na|Ag(CN)|2
    Cu(CN)2+2KOH= K2[Cu(CN)4]
    I2+KI= K[I3]
    CuSO4+ 4NH4OH=[Cu(NH3)4]SO4
    Zn(OH)2+2KOH= K2[Zn(OH)4]
    AgNO2+KNO2= K[Ag(NO2)2] Аl(OH)3+3KOH=K3[Al(OH)6]
    Kompleks birikmalarning nomlanishi va geometrik tuzilishi keyinchalik alohida to‘xtalinadi.


      1. ODDIY VA MURAKKAB MODDALAR MAVZUSINI O‘QITISH METODIKASI


    Mavzu: Oddiy va murakkab moddalar.
    Darsning maqsadi:. Ta’limiy – o‘quvchilarga oddiy va murakkab moddalar.haqida tushuncha berish.
    F.K.1- Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasini shakllantirish
    F.K.2- Element va hodisalarni kimyoviy tilda ifodalay olish kompetensiyasini shakllantirish
    Tarbiyaviy – ushbu mavzu orqali o‘quvchilar ongini ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
    T.K.5-Milliy va umummadaniy kompetensiyasini shakllantirish
    Rivojlantiruvchi – o‘quvchilarning Oddiy va murakkab moddalar.tushuntira olish malakalarini mustahkamlash.
    T.K.3-O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish
    T.K.6-Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish
    Dars jihozi: kimyoviy elementlar davriy sistemasi,
    Dars turi: yangi bilim beruvchi
    Dars usuli: an’anaviy
    I Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa

    Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti:

    1

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2

    O‘tilgan mavzuni esga solish;uyga vazifani so‘rash

    10 daqiqa

    3

    Yangi mavzuni yoritish:

    15 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    10 daqiqa

    5

    Darsga yakun yasash va baholash

    5 daqiqa

    6

    Uyga vazifa

    2 daqiqa

    II O‘tgan mavzuni mustahkamlash
    Tajriba davomida qanday jihozlardan foydalandingiz? 2.Filtr qog‘oz qanday tayyorlanadi?
    3.Filtrat nima? 4.Filtrat qanday qilib bug‘latiladi?
    III Yangi mavzu bayoni

    IV Mustahkamlash “Tushunchalar taxlili” usuli yordamida;
    V Baholash. Dars davomida faol ishtirokm etgan o‘quvchilar individual tarzda baholanadi.
    VI Uyga vazifa: darslikning 26-28 – betlaridagi savollarga javob yozish.


    Download 0,76 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oddiy va murakkab moddalar mavzusini o‘qitish metodikasi”mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi toshkent-2023 reja

    Download 0,76 Mb.