• Oddiy va murakkab moddalar mavzusini o‘qitish metodikasi”mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI Toshkent-2023 REJA
  • Oddiy va murakkab moddalar mavzusini o‘qitish metodikasi XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
  • Oddiy va murakkab moddalar mavzusini o‘qitish metodikasi”mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi toshkent-2023 reja




    Download 0,76 Mb.
    bet1/9
    Sana22.01.2024
    Hajmi0,76 Mb.
    #143355
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Oddiy va murakkab 2023


    O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'lim vazirligi A.Avloniy nomidagi xalq ta'limi muammolarini o‘rganish va istqibollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti "Kimyo" fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kursi 282/..-guruh tinglovchisi _____________________ning
    Oddiy va murakkab moddalar mavzusini o‘qitish metodikasi”mavzusidagi


    BITIRUV MALAKAVIY ISHI


    Toshkent-2023

    REJA:

    1. KIRISH

    2. ASOSIY QISM

      1. Kimyoviy moddalarning toifalanishi

      2. Murakkab moddalarning asosiy sinflari

      3. Oddiy va murakkab moddalar mavzusini o‘qitish metodikasi

    3. XULOSA

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


    KIRISH

    Bugungi kunda ta`lim va ilm – fan, davlatning yoshlarga oid siyosatini amalga oshirish, ta`limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar ahvoliga tanqidiy yondashish va jadal sur`atlarda davom ettirish zarur1.


    Hozirgi kunda fanda mukammal o‘rganilgan va kashf etilgan 109 kimyoviy elеmеntdan 80 tasi sof holda olinib, ular asosida 5000 dan ortiq turli qotishmalar ishlab chiqarilib, xalq xo‘jaligida qo‘llanilmoqda. Albatta, ulardan 9 ga yaqini juda kam miqdorda ajratib olinadi va atom enеrgеtikasi, koinot, elеktrotеxnika kabi tarmoqlardagina ishlatilib kеlinmoqda. Qolgan 71 tasi har tomonlama kеng tarqalganligi va qo‘llanilishi, ularning fizik-kimyoviy xususiyatlari olimlar tomonidan chuqurroq o‘rganilganligi uchun ham ushbu qo‘llanmada batafsil so‘z yuritiladi. Tеrminlarning tеgishli o‘zbеkcha ekvivalеntlari, lozim bo‘lgan joylarda esa qisqacha izohlar ham bеrildi. Elementlar shartli ravishda «metallar» va «metallmaslar»ga ajratiladi.
    O‘zbеkistonda konchilik, ma`danchilik ikki ming yil oldin ham mavjud bo‘lib, qadimiy turkiy xalq “tog‘ni talqon” qilib, maydalab, eritib, sof mеtall olib, unga ishlov bеrib, turli zеb-ziynatlar yaratgan. Olingan toza mеtallar dunyoning turli mamlakatlariga tarqalgan.
    Odamzod paydo bo‘lgan davrdan boshlab, o‘z tevarak-atrofidagi borliq va unda sodir bo‘ladigan barcha turdagi o‘zgarishlarni bilib olishga intilib yashagan. Yashin tushishi, chirish va bijgʼish, jinslarning yemirilishi, vulqon otilishi, ovqatning hazm bo‘lishi, tirik organizmlardagi o‘sish va rivojlanish jarayonlari kabi hodisa va o‘zgarishlarni kuzatish orqali dastlabki kimyoviy bilimlar egallana borgan.
    Kimyoga taalluqli dastlabki bilimlar paydo bo‘lgan davr tarixini o‘rganish natijasida qadimgi Sharq xalqlari va O‘rta dengiz sohillarida yashagan xalqlar: misrliklar, finikiyaliklar, arablar, yaxudiylar, eronliklar, vaviloniyaliklar, mavoraunnahrliklarda bu sohaga oid bilimlar taraqqiy topganligi hamda dunyo madaniy xalqlarining sivilizatsiyasiga katta taʼsir ko‘rsatganligi aniqlandi. Qadimgi dunyoning tadqiqotchilari tasodifan kuzatilgan kimyoviy hodisalarni birinchi bo‘lib bir qadar tizimga soldilar, shu o‘zgarishlarning sirini anglab yetish uchun qo‘shimcha tajribalar o‘tkazdilar va bu taxlit o‘zgarishlarning natijalaridan turmushda dastlab foydalandilar.
    Mustaqillik yillarining dastlabki kunlaridanoq yoshlarning bilim va hunar organishlariga eng muhim, birinchi galdagi dolzarb masala sifatida qaraldi. “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon ham jamiyatidagi obro-e’tibori avvalom bor farzandlari-mizning unib-osib, ulg‘ayib, qanday inson bolib hayotga kirib borishiga bog‘liq. Biz bunday otkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak”.
    Bugungi kunda ta`lim va ilm – fan, davlatning yoshlarga oid siyosatini amalga oshirish, ta`limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar ahvoliga tanqidiy yondashish va jadal sur`atlarda davom ettirish zarur. Ta`lim tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish rivojlanayotgan huququiy-demokratik davlat qurish jarayoniga moslash zarur. Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, taraqqiyot istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning yutuqlaridan kelib chiqqan holda qurish vazifalarini kondalang qilib qoyadi.


    Download 0,76 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oddiy va murakkab moddalar mavzusini o‘qitish metodikasi”mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi toshkent-2023 reja

    Download 0,76 Mb.