|
Odilov Obidjonning Dendrologiya fanidan mustaqil ishi mavzu: Ozbek xalqining an anaviy hunarmandchiligi tarixidan mundarija: kirish
|
bet | 8/11 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 3,5 Mb. | | #156240 |
Bog'liq ANDIJON QISHLOQ XO’JALIGISamarqand kashtachiligi yorqin va o’ziga xosligi bilan alohida ahamiyatga ega. Buxoro, Nurota, Shahrisabz kashtachiligi an‘analariga yaqin bo’lishiga qaramay, Samarqand kashtachilik maktabi o’zining badiiy mahobatliligi, ranglarning qat‘iyligi va tozaligi, shakllari harakatchanligi bilan alohida ajralib turadi.
Samarqand kashtalarining guli yirik va uyg’undir hamda, ko’pincha, bosma chok qo’llaniladi.
Samarqand kashtalarining asosiy motivi barglar bilan o’ralgan doira – turunjdan iborat. Eski kashtalar kishiga nozikligi va gullarining xilma-xilligi, batartibligi hamda ranglarning bir-biriga monandligi bilan ta‘sir etsa, yangi kashtalar shakllarining kuchi, o’ynoqiligi, dadilligi, ifodaliligi va gullarining rang-barangligi bilan kishini maftun etadi.
Samarqand kashtalarida ochiq ijod qilish sezilib turadi. Buni doira – turunjlarining aniq ritmi, qora rang jimjimalarining aniq, erkin soyalari ta‘minlaydi.
Shahrisabz kashtachiligi ham diqqatga sazovordir.
O’rtada gul ko’rinishidagi asosiy nishon, uning atrofida turli naqshlar va naqshinkor gul shaklidagi bezaklarni tushirib, ishlov berish Shahrisabz kashtalarining asosiy xususiyati hisoblanadi.
Shahrisabz chevarlari kandaxayol chokidan ko’proq foydalanishadi, shuningdek, ularda bosma, yo’rma, iroqi choklari ham ishlatiladi. Gul novdalari va to’pbarggullar Shahrisabz kashtachiligi bezagining asosini tashkil etadi. Odatda, bu yirik murakkab ishlov asosida yaratilgan gullar yuqoridan ko’zga tashlanadigan va ko’ndalang kesishgan shakllardan iborat bo’ladi. Hech bir gul bir- biriga o’xshamaydi, ular keng barglar orasida tasvirlanadi. Bu kashtaning mahobatliligini, boy ko’rinishini ta‘minlaydi. Bunday usul, xususan, rassomlarning ijodiy izlanishlari tufayli yaratilgan. Gul ko’rinishlari asosida kashtaning boshqa ko’rinishlari ham yaratiladi.
Shahrisabz kashtachiligida keng tarqalgan yo’nalishlardan biri mayda gullar bilan bezatilgan gullayotgan novdaning ko’rinishidir. Bu bezak ko’proq saroy san‘atida keng tarqalgan edi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Odilov Obidjonning Dendrologiya fanidan mustaqil ishi mavzu: Ozbek xalqining an anaviy hunarmandchiligi tarixidan mundarija: kirish
|