|
Kashtachilik san’ati tarixi va rivojlanish bosqichlari
|
bet | 7/11 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 3,5 Mb. | | #156240 |
Bog'liq ANDIJON QISHLOQ XO’JALIGI3. Kashtachilik san’ati tarixi va rivojlanish bosqichlari
Kashtachilikning paydo boʻlishi teridan qilingan kiyimlarda bogʻlam va choklarning yuzaga kelishi bilan bogʻliq. Davrlar davomida toshdan suyak bigizlarga, undan metall bigizlarga oʻtish bilan, shuningdek, mato toʻqish, boʻyash va boshqa ishlar bilan rivojlanib borgan.
Arxeologik topilmalar kashtachilikning deyarli barcha xalqlarda qadimiyligini, iqlim, tabiiy sharoit, muhit bilan bogʻliq holda har bir xalqning madaniyati, sanʼati, kasb-hunar turlari bilan birga, ularning taʼsirida rivoj topganini koʻrsatadi.
Mashhur olim Pliniyning aytishicha, Vavilon kashtachiligi qadimdan mashhur bo’lib, matoga turli rangdagi iplar bilan kashta tikish o’sha yerda kashf etilgan. Keyinchalik, Vavilon Rim imperiyasi tarkibiga kirgach, ipak, zar yoki jun ip qo’shib tikilgan rang-barang kashtachiligi bilan shuhrat qozongan. Kashtachilik san‘atining an‘analari Vizantiya hamda XIII-XV asrlarda Kichik Osiyo orqali O’rta Osiyoga kirib kelgan10.
XIV-XV asrlarga mansub miniatyuralar orqali o’zbek kashtachiligining qadimdan rivojlanganligini ko’rish mumkin. Ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo o’z kundaligida Amir Temur saroyida o’zbek milliy kashta bezaklarini ko’rganini yozib qoldirgan.
Kamoliddin Behzod ―Zafarnoma ga ishlagan ―Temur taxtda miniatyurasida chodirga ishlangan kashtani aks ettirgan11.
Kashtachilik o’zbek amaliy bezak san‘ati turlari orasida o’zining qadimiy an‘analariga ega bo’lgan san‘at turi sifatida savdo- hunarmandchilik shaharlarida va yirik qishloqlarda keng tarqalib kelgan. San‘atning ushbu turi o’zining poetik rang-barangligining saqlab qolishi bilan birga xalq orasida qadrlanib, o’z mohiyatini boyitib bordi. O’zbek kashtachiligi qo’shni xalqlar kashtachiligi ta‘sirida boyidi va rivojlandi. O’zbek kashtalariga e‘tibor berilsa, unda hind, xitoy, rus, qozoq, qirg’iz va tojik kashtachiligi usullarini uchratish mumkin.
Kashtachilik san‘atida har bir millatning o’ziga xos eng ko’p qo’llaydigan naqshlari bo’ladi. O’zbek kashtalarida o’simliksimon va geometrik naqshlar ko’p qo’llaniladi. Oʻzbek kashtadoʻzlari buyum bezaklarida amaliy bezak sanʼatining boshqa turlaridagi naqshlardan andoza olganlar, kashtalarda oʻsimliksimon tasvirlar, shox, gulband, guldastalar koʻp uchraydi. Naqsh mujassamotida asosiy bezak matoning oʻrtasida boʻlib, hoshiyalar qoʻshimcha bezak hisoblanadi.
Lekin hoshiya bezagi mahorat bilan ishlangan kashtalar ham koʻp.
Ganchkorlik, yogʻoch oʻymakorligi, kandakorlik, naqqoshlikda uchraydigan islimiy gul (naqsh)lar kashtachilikda ham koʻp uchrashi chizmakash (naqqosh)lar amaliy bezak sanʼatining turli sohalariga chizma (naqsh)lar tayyorlaganini koʻrsatadi. Kashtachilikda chizmakashlar yaratgan naqsh(gul)lar asosida kashtadoʻzlar badiiy buyum yaratadilar. 1990-yillarga kelib O’zbekistonning iqtisodiy ahvoli va an’anaviy hunarmandchiligi estetikasi nihoyatda ayanchli holatda qolgani bois, XX asr boshi kashtachiligi an‘anasi barham topdi12.
Hamma sohada fabrikada ishlab chiqarilgan matolar va sun‘iy yoki paxta iplardan foydalana boshladilar. Natijada, xalq hunarmandchiligi mahsulotlariga talab keskin pasayib, kashta past sifatli ommabop buyumga aylanib qoldi.
Oʻzbek kashtachilik mahsulotlarining qadimiy xillari deyarli saqlanmagan. Muzeylardagi palak, soʻzana, choyshab, kirpech, zardevor singari badiiy buyumlar va kashtali kiyimlar faqat XIX asrga mansub.
Hozirgi paytda an‘anaviy kashtachilik O’zbekistonning barcha hududida va hatto, bu tur mavjud bo’lmagan Xorazmda ham qayta tiklanmoqda (bugun Xivadagi Ichanqal’a majmuasida yosh tikuvchi qizlar O’rta va Yaqin Sharq me‘moriy bezaklari bo’yicha kitoblardan olingan eskizlar bo’yicha o’ziga xos kashtachilik mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda). Shu bilan birga, zamonaviy kashtachilik rivojida ko’proq badiiy maktablarning ilgarigi mahalliy xususiyatlari bilan emas, balki bozor omillari talablari bilan bog’liq o’ziga xos xususiyat vujudga keldi.
Bugungi kunda kashtalarni tayyorlash va sotish bo’yicha ikki yo’nalish, guruh mavjud. Birinchi yo’nalish eksportga, keng bozor ehtiyojiga yo’naltirilgan bo’lib, unda mualliflar tashabbusi kuchli ekani seziladi. Ikkinchi yo’nalish uncha katta bo’lmagan hududda (qishloq, tuman) mahalliy xususiyatga ega bo’lib, u XX asr ikkinchi yarmida vujudga keldi. Bu yo’nalish mahsulotlaridan mahalliy an‘analarda foydalaniladi. Tashkil etilayotgan amaliy san‘at yarmarkalari, asosan xorijiy xaridorlar uchun mo’ljallangan qo’lda tikilgan zamonaviy kashtalarning 1-yo’nalishiga mansub ―innovatsiya‖ modeli taqdim etilmoqda. Bu guruh ustalarining mahsulotlarida, ma‘lum texnologik va badiiy xususiyatlariga qaramasdan, bir-biriga o’xshash jihatlar ko’p.
Ikkinchi guruhga kashtachiligi qishloq yoki mahalliy tuman doirasidagi hududlar mansubdir. Bunga Surxondaryo viloyatining deyarli barcha tumanlari, Shahrisabz-Kitob hududlarini istisno qilgan holda, Qashqadaryo viloyatining ko’pgina tumanlari, Jizzax va Sirdaryo viloyatining ayrim hududlarini kiritish mumkin. Mahalliy hududga mo’ljallab uy sharoitida tikilgan kashtachilik saqlanayotgan Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Farg’ona vodiysining qator tumanlarini ham ikkinchi guruhga kiritish mumkin.
Kashtachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha bu ikki guruh mahsulotlari o’rtasidagi farq ularning sifatida ko’rinadi va shunga ko’ra, ularning xarid qilinish qobiliyati ham belgilanadi.
Tabiiyki, XIX asr eng yaxshi an‘anaviy kashtachiligini qayta tiklashga intilgan birinchi guruh ustalarining mahsulotlari yetakchi o’rin egallaydi13.
Zamonaviy kashtachilikning 1-yo’nalishi mahsulotlari tashqi bozor uchun mo’ljallangan. Shu sababli, bu yerda o’zbek kashtachiligining turli maktablari bezak an‘analariga intilish, qo’shni hududlar naqshlariga erkin murojaat qilish, XIX asr va XX asr boshi texnologiyasi, tabiiy bo’yoqlar, qo’lda to’qilgan matolar va boshqalarni qayta tiklashga intilish kuchli bo’lmoqda. Bular tashqi va ichki bozorda raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga qaratilgan kashtachilik mahsulotlaridir. Birinchi navbatda, bularga Toshkent, Buxoro-Samarqand hududining Buxoro, Shofirkon, G’ijduvon, Nurota, Urgut, Shahrisabz, Kitob, Farg’ona, Andijon, Namangan singari markazlarning kashtachilik mahsulotlarini kiritish mumkin.
XIX asrda Buxoro, Samarqand, Toshkent, Nurota, Shahrisabz, Farg’ona kabi katta-katta kashtachilik markazlari bо’lgan. Mazkur kashtachilik maktablarida tikilgan kashtalar alohida ahamiyatga ega.
Shuningdek, ushbu maktablarda о’ziga xos uslub va ranglar mutanosibligi mavjud bо’lib, mamlakatimiz hududida mavjud kashtachilik maktablari juda boy tarixiy-ijtimoiy, falsafiy-ramziy hamda amaliy san‘atning rang-barang kо’rinishi bilan alohida о’rin tutadi.
Kashtachilik asosan 6 ta hududiy guruhlarga, ya‘ni maktablarga bo’linadi. Jumladan, Nurota, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Toshkent hamda Farg’ona kashtachiligi maktablaridir.
Kashtachilikning yirik markazlaridan biri Nurota asrlar mobaynida kashtalarning mukammalligi, ifoda va tasvirning aniqligi, o’simlik naqshlarining serjilvaligi bilan boshqa maktablardan ajralib turadi. XIX asrda Nurota kashtalari gulli guldastalar bilan bezatilib, matoning foniga tig’iz to’ldirilmagan.
Nurota kashtachiligi o’z gullarining rang-barangligi bilan o’zbek kashtalari orasida birinchi o’rinda turadi. Nurota kashtachilgida ko’pincha, o’simlik naqshlari, qushlar shakli bilan jonlantiriladi.
Ba‘zan esa, ayrim joylarda inson va hayvonlar tasvirini uchratishimiz mumkin. Kashtalar yorqin va nafis ranglarda bosma choki bilan tikilib, chetlariga esa yo’rma choki bilan ishlov beriladi. Nurota kashtalari yengil, yorqin fonlarga och rangdagi iplar bilan tikiladi.
Nurota kashtachiligida markazida sakkiz qirrali yulduz va maydonning to’rt burchagida katta guldastalar tasvirlangan so’zanalar keng tarqalgan. Kompozistiyaning bunday turi Nurotada ―chor shohu yak moh‖ (to’rt shox va bitta oy) deb nomlanadi. Shu turdagi so’zanalarga XIX asrning o’rtalarda Nurota kashtachilgi tomonidan yaratilgan, hozirgi kunda esa O’zbekiston Davlat san‘at muzeyida saqlab kelinayotgan ajoyib so’zanani kiritishimiz mumkin.
Naqshlari romb shaklida tuzilgan hamda tishli barglar bilan bezatilgan ―tobadoni‖ (katakli, panjarali) so’zanalar ham Nurota kashtachiligining yana bir turi hisoblanadi. Uning kataklari shoxli barglar, shoxli gullar, kosa gullar hamda qushlar va hayvonlarning tasviri bilan to’ldiriladi. Shunday so’zanalar ham borki, mato fonida ayrim gulli motivlar shaxmat tarzida joylashadi.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Nurota kashtachiligida keskin pasayish sezildi. Gulli motivlar detallarning rang-barangligini yo’qotib, bir xil doiralarga aylanib qoldi. Nurota kashtalari asosan bosma chok bilan tikiladi va naqshlarning cheti zanjirsimon chok bilan aylantiriladi.
|
| |