|
Odilov Obidjonning Dendrologiya fanidan mustaqil ishi mavzu: Ozbek xalqining an anaviy hunarmandchiligi tarixidan mundarija: kirish
|
bet | 6/11 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 3,5 Mb. | | #156240 |
Bog'liq ANDIJON QISHLOQ XO’JALIGIGeometrik (handasaviy) naqshlar to’rtburchak, uchburchak, aylana va yoylardan hamda ko’pburchaklardan iborat bo’ladi.
Geometrik naqsh uzluksiz rapportlardan tashkil topgan bo’lib, har bir rapport o’z tuzilishiga ega bo’ladi. Geometrik chiziqlar va shakllarning murakkab ko’rinishidan tashkil topgan naqshlar girih (forscha – ―chigal, ―tugun) deb nomlanadi. Girih naqshlar tuzilishi jihatidan to’g’ri chiziq va aralash chiziqlardan tashkil topgan girih naqshlarga bo’linadi (1-rasm).
1-rasm. Girih naqshlar.
O’simliksimon (islimiy) naqshlar esa tabiatdagi barg, band, daraxt, buta, g’uncha va boshqalarning naqqosh tomonidan uslublashtirib olingan shaklining ma‘lum qonuniyatlar asosida takrorlanishidan hosil qilinadi (2-rasm).
2-rasm. O’simliksimon naqshlar.
Murakkab (gulli girih) naqshlar geometrik va o’simliksimon naqsh elementlaridan tashkil topadi. Uning elementlariga yuqorida aytib o’tilgan geometrik va o’simliksimon naqshlar kiradi (3-rasm).
3-rasm. Murakkab (aralash) naqshlar.
Ramziy naqshlar – hayvonot va insoniyat olamidagi shakllarni qayta ishlab hosil qilingan naqshlar (4-rasm).
4-rasm. Ramziy naqshlar.
Har bir xalq amaliy san‘at turlarida o’ziga xos tuzilishga, ko’rinishiga va mazmunga ega bo’lgan naqshlar ishlatiladi. Shu qatori naqqoshlikda ishlatiladigan naqshlar ham o’ziga xos xarakterga egadir. Tabiiyki, naqqoshlik, yog’och o’ymakorligi, tosh o’ymakorligi, kashtachilik va boshqa san‘at turlarida ishlatiladigan naqsh elementlari va naqshlari o’ziga xos ravishda bir-biridan farq qiladi.
Murakkab naqshlar kompozitsiyasi asosini tashkil etuvchi negizi va naqshga shakl beruvchi chiziq tanob deyiladi. Naqqosh naqsh kompozitsiyasini chizishdan oldin birinchi navbatda tanob tortib, keyin novdalarni chizadi, so’ngra novdalarning yo’nalishga moslab gullar joylashtirib chiqadi.
Ustalar naqsh kompozitsiya chizishda tanobni birinchi rejaga qo’yadilar. Bundan tashqari tanob ranglarni bir-biridan ajratib turadi.
Tanoblar xilma-xil bo’lib, bir kompozitsiyada tanob uzluksiz davom etadi, ba‘zi nusxalarda tanob ikki nuqtadan boshlanib, bir-biriga chirmashib tugallanadi, yana boshqa nusxalarda tanob bir nuqtadan boshlanib, ikki tomonga yo’nalib, taqsim chetiga borib tugallanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Odilov Obidjonning Dendrologiya fanidan mustaqil ishi mavzu: Ozbek xalqining an anaviy hunarmandchiligi tarixidan mundarija: kirish
|