• Toshkent naqqoshlik maktabi.
  • Odilov Obidjonning Dendrologiya fanidan mustaqil ishi mavzu: Ozbek xalqining an anaviy hunarmandchiligi tarixidan mundarija: kirish




    Download 3,5 Mb.
    bet4/11
    Sana14.02.2024
    Hajmi3,5 Mb.
    #156240
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    ANDIJON QISHLOQ XO’JALIGI

    Farg’ona naqqoshlik maktabi. Farg’ona naqshi Xo’jand, Marg’ilon, Qo’qon, Farg’ona, Andijon, Namangan, Chust, Quva, Oltiariq va Rishton shaharlarida vujudga kelgan uslublardan iborat.
    Farg’ona naqqoshlari girih, o’simliksimon (islimiy) va gulli girih naqshlarini bezaklarda qo’llaganlar. Kompozitsiyalarning simmetriyali bo’lish prinsipiga amal qilganlar. U boshqa naqqoshlik maktablaridan naqshlarining tabiatga juda yaqinligi, erkin ishlanishi, ranglarining kontrastligi bilan farqlangan. Bulardan tashqari Farg’ona naqshlarida tabiatdagi gul, barg, g’uncha va boshqalardan to’g’ridan- to’g’ri foydalanilgan. Chunonchi, Farg’ona naqshlariga qarasak, pista gul, anor, atirgul, majnuntol, bodomgul va boshqalarni ko’rishimiz mumkin. Farg’onada naqqoshlar chetlari chiroyli qilib, ichiga islimiy shakl tushirilgan qizil, yashil bo’yoqlar bilan chizilgan turunjni afzal ko’radi.
    Toshkent naqqoshlik maktabi. Toshkent naqshlari o’zining nafisligi va ranglarning bir-biriga asta-sekin o’tishi, aniq bir koloritga qat‘iy rioya qilinishi, geometrik va o’simliksimon naqshlarning ko’p ishlatilishi, ishlangan naqshlar rang tuslarining nozikligi, yashil, havo rang hamda oltinsimon jigarrang koloritlarda ishlanishi bilan ajralib turadi. Naqshlar ko’pincha yashil gammada ishlanadi. Islimiy naqshlarda oygul, paxta, bofta, uch barg, shkufta, bargli gul va boshqa elementlar aniq stillashtirilgan murakkab girih naqshlari ham keng qo’llanilgan. Shuningdek, naqsh elementlarining xilma-xilligi pardoz usullarining ko’proq targ’il tortish texnikasi bilan bajarilishi o’ziga xosdir.
    Toshkent naqqoshlik maktabining namoyondalari Sherali Hoji Hasanov, Vakil va Sobir Isayevlar, Olimjon Qosimjonov, Yoqubjon Raupov, Jalil Hakimov, Toir To’xtaxo’jayev, Mahmud To’rayev, Zokir Bositxonov, Komil Karimov va Anvar Ilhomovlardir.
    O’zbek naqqoshlik maktabini rivojlantirishga samarali hissa qo’shgan Olimjon Qosimjonovning talantli shogirdi, naqqoshlik bo’yicha o’ziga xos maktab yaratgan, juda ko’p shogirdlarning ustozi – O’zbekiston xalq rassomi Jalil Hakimovdir. Ota-bobolarimizning qadimdan yaratib kelgan naqshlarini qayta tiklashda ustaning xizmatlari kattadir. J.Hakimovning naqshlarini e‘tibor berib kuzatsak, undagi naqshlar elementlarga boyligi, aniqligi, ravonligi, yorqin yashil koloritda bo’lishi bilan ajralib turadi. U gulli girih kompozitsiyalarini juda ko’p ishlagan. J.Hakimov o’zbek milliy naqqoshlik san‘ati an‘analarini samarali davom ettirgan san‘atkordir. Usta naqshlagan xontaxta, kursi, quticha va boshqa buyumlar dunyoning ko’pgina davlatlarida yuqori baholangan.

    Download 3,5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 3,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Odilov Obidjonning Dendrologiya fanidan mustaqil ishi mavzu: Ozbek xalqining an anaviy hunarmandchiligi tarixidan mundarija: kirish

    Download 3,5 Mb.