• Fanining maqsadi
  • Fanning vazifalari
  • Fan bo`yicha bilim, ko`nikma va malakaga qo`yiladigan talablar
  • O`quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o`rni




    Download 300 Kb.
    bet2/9
    Sana16.11.2023
    Hajmi300 Kb.
    #100076
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi
    Bir million dasturchi laboratoriyalari, Office dasturlarini qo\'llash. Gulnoza, ABOUT PRESCHOOL GAMES, POLIZ EKINLARINING KASALLIKLARI MAVZUSI BO\'YICHA TEST, Finans 6, Sasha, ruxsatnoma, Yarimo‘ tkazgichlarda kontakt hodisalar-fayllar.org, Mavzu O‘zgarmas tok zanjirlarini hisoblash. Reja. O‘zgarmas tok-www.fayllar.org, Mavzu relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org, 2-mavzu, Konstruktorlik chizmalarini avtomatik loyihalash tizimlari, 52-57 Mengatova Xurshida Toshmuxamatovna , Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklar
    O`quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o`rni

    Umumiy fizika, boshqa tabiiy fanlar kabi, bizni o’rab olgan moddiy dunyoning obektiv xossalarini o’rganadi. Fizika so’zi grekcha bo’lib, tabiat demakdir. Fizika materiya ҳarakatining eng umumiy (mexanik, issiqlik, elektromagnit va x.k.) formalarini va ularning bir-birlariga aylanishlarini o’z ichiga qamrab oladi. Xarakatning fizikada o’rganiladigan formalari xarakatning oliy va ancha murakkab bo’lgan xamma formalarida (geofizik, biologik va boshqa jarayonlarda) ishtirok etadi va ularning ajralmas qismidir.


    Ushbu dastur umumiy fizikaning asosiy xodisalari, qonunlari, qonuniyatlarini o’rganish, ularning texnikada va xayotda qo’llanishi, tabiatdagi jarayonlarni xayotga ta’sirini qamraydi.

    O`quv fanining maqsadi va vazifalari




    Fanining maqsadi - Umumiy fizika kursini o’qitishning asosiy maqsadi talabalarda tabiatdagi hodisa va jarayonlarga ilmiy nuqtai nazaridan qarash madaniyatini shakllantirish, shuningdek, nazariy va eksperimental materiallar asosida fizik qonunyatlarning ob’ektiv ekanligini, o’zlashtirish imkoniyatining mavjudligini isbot etishdir.
    Fanning vazifalari– talabalarda tabiat va texnikadagi fizik hodisalar mohiyatini fizika fanidagi fundamental tushunchalar orqali tushuntirish bo’lsa, ikkinchi tomondan nazariy bilimlarni talabalar kelgusida oladigan mutaxassisliklari bo’yicha yuzaga keladigan muammolarning, jumladan texnologik tsikllarda modda va issiqlik balansini hisoblash, materiallarning issiqlik, elektr o’tkazuvchanligi, elastiklik modullarini aniqlash, kimyoviy reaktsiyalar kinetikasini hisoblash kabi masalalarni yechish uchun ularning fizik modelini yaratish yo’lidagi uquvlarni shakllantirishdir.


    Fan bo`yicha bilim, ko`nikma va malakaga qo`yiladigan talablar
    Fan bo’yicha talabalarning bilimi ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar:

    • voqelik to’g’risida materialistik dunyoqarash shakllanadi;

    • mexanik, elektromagnit va yadro kuchlari to’g’risidagi tushunchalar shakllanadi;

    • issiqlik jarayonlarini molekulyar kinetik nazariya asosida tushuntira oladi;

    • murakkab bo’lmagan elektr zanjirlarni hisoblash usullarini egallaydi;

    • turli optik effektlarni elektromagnit to’lqin nazariyasi asosida tushuntira oladi;

    • moddalarning tuzilishini va ularning fizik – kimyoviy xossalarini zamonaviy atomistik va kvant nazariyasi asosida tushuntira oladi.

    Fizika kursini o’rganishda talabalar tomonidan olinadigan asosiy bilimlar:

    • qattiq jism mexanik harakatining qonunlari;

    • molekulyar fizika va termodinamika qonunlari;

    • elektromagnetizm qonunlari;

    • optika, atom va kvant fizikasi qonunlari;

    • qattiq jism fizikasi qonunlari.

    Fizika kursini o’zlashtirish asosida olinadigan ko’nikmalar:
    - qattiq jismlarning mexanik xossalarini (zichligi, elastikligi) aniqlashda fizik usullarini qo’llay oladi;
    - suyuqliklarning ichki ishqalanish koeffitsientini Stoks usulida aniqlay oladi;
    - o’tkazgichning qarshiligi va elektr sig’imini Uitson ko’prigi yordamida aniqlay oladi;
    - suyuqliklarning yorug’lik yutish koeffitsientini va eritmalarning
    kontsentratsiyasini aniqlashda optik usullarni qullay biladi;

    • shaffof jismlarning sindirish ko’rsatkichini mikroskop yordamida aniqlay oladi;

    • yorug’likning to’lqin uzunligini difraktsion panjara yordamida aniqlay oladi.

    Fizika fanini o’zlashtirgan talabalar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:

    • kelgusida oladigan mutaxassisliklari bo’yicha yuzaga keladigan masalalarda voqeaning fizik mohiyatini ajrata bilishlari;

    • hozirgi zamon fizik tajriba asboblari (mikroskop,spektrograf kabilar) bilan yaqindan tanish bo’lib, turli fizik tajribalarni o’tkazishda yetarli ko’nikmaga ega bo’lishlari;

    fizik qonunlarning qo’llanilish chegarasini ajrata bilishlari va bunda fizika fanining turli qismlariga nazariy yondoshishning umumiyligini hisobga ola bilishlari kerak.



    Download 300 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 300 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o`rni

    Download 300 Kb.