• Mavzular Qisqacha mazmuni Soati
  • Umumiy va o`quv ishlari turlari bo`yicha hajmi




    Download 300 Kb.
    bet3/9
    Sana16.11.2023
    Hajmi300 Kb.
    #100076
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi
    Bir million dasturchi laboratoriyalari, Office dasturlarini qo\'llash. Gulnoza, ABOUT PRESCHOOL GAMES, POLIZ EKINLARINING KASALLIKLARI MAVZUSI BO\'YICHA TEST, Finans 6, Sasha, ruxsatnoma, Yarimo‘ tkazgichlarda kontakt hodisalar-fayllar.org, Mavzu O‘zgarmas tok zanjirlarini hisoblash. Reja. O‘zgarmas tok-www.fayllar.org, Mavzu relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org, 2-mavzu, Konstruktorlik chizmalarini avtomatik loyihalash tizimlari, 52-57 Mengatova Xurshida Toshmuxamatovna , Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklar
    Umumiy va o`quv ishlari turlari bo`yicha hajmi
    Fanga umumiy 106 soat ajratilgan bo`lib, shundan auditoriya mashg`ulotlari 66 soat bo`lib, semestr davomida haftasiga 6 soatdan o`tiladi.


    Semestr(lar) bo`yicha mashg`ulot turlariga ajratilgan soatning taqsimoti

    Semestr

    Yuklama

    Auditoriya mashg`ulotlari turi bo`yicha o`quv yuklamasi taqsimoti (soat)

    Mustaqil ta`lim

    Jami

    Ma`ruza

    Amaliy mashg`ulot

    Laboratoriya mashg`uloti

    I

    109

    72

    36

    18

    18

    37

    II

    109

    72

    36

    18

    18

    37

    Jami

    218

    144

    72

    36

    36

    74


    Ma`ruza mashg`ulotlari mazmuni va unga ajratilgan soatlar





    Mavzular

    Qisqacha mazmuni

    Soati

    1

    Mexanikaning fizik asoslari.

    Kirish. Fizika fani. Moddiy nuqta. Ko’chish. Radius-vektor va traektoriya tushunchalari. Tezlik va tezlanish. Mexanika haqida umumiy ma’lumot. Koordinatalar tizimi. Fazo va geometriya. Vektor kattaliklarni ularning koordinatalari orqali ifodalash. Koordinatalar va vektorlarning proektsiyalarini almashtirish. Vaqt tushunchasi. Fizik masalalarga tatbiq etilishda hosila va integralning ma’nosi haqida. Kinematika va dinamika. Klassik mexanika. Relyativistik mexanika. Kvant mexanikasi. Kinematika elementlari. Fizik modellar: moddiy nuqta (zarra yoki korpuskula), moddiy nuqtalar tizimi, absolyut qattiq jism, yaxlit muhit. Harakatning kinematik tavsiflash. Tezlik va tezlanish. Nuqtaning aylana bo’ylab harakati. Burchak tezlik va burchak tezlanish. Egri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish.

    2

    2

    Moddiy nuqta dinamikasi.

    Dinamikaning asosiy vazifasi. Klassik mexanikada holat tushunchasi. Harakat tenglamasi. Nyutonning birinchi qonuni. Inertsial sanoq tizimi tushunchasi. Nyutonning ikkinchi qonuni harakat tenglamasi sifatida. Nyuton ikkinchi qonunining Impuls orqali ifodasi. Nyutonning uchinchi qonuni. Massa va kuch tushunchasi. Tabiatdagi kuchlar. Og’irlik kuchi, elastiklik kuchi, ishqalanish kuchi. Qattiq jismlar deformatsiyasi va kuchlanishlar. Deformatsiyalarning miqdoriy tavsifi. Guk qonuni. Yung moduli. Deformatsiyaning kuchlanishga bog’liqligi, elastiklik chegarasi. Mustahkamlik. Mo’rtlik. Qoldiq deformatsiya. Elastik deformatsiya energiyasi. Inertsial sanoq tizimlari. Gravitatsion maydon. Butun olam tortishish qonuni.

    2

    3

    Saqlanish qonunlari

    Mexanikada saqlanadigan kattaliklar. Impuls. Impulsning saqlanish qonuni tabiatning fundamental qonuni sifatida. Massa markazi. Massa markazining harakati haqida teorema. Mexanik ish va energiya. Kinetik va potentsial energiya. Mexanikada energiyaning saqlanish qonuni. Quvvat tushunchasi. Jismlar harakati energiyasining bir butunligi. Potentsial energiya bilan kuch orasidagi bog’lanish. Energiyaning saqlanish qonunining umumfizikaviy ma’nosi. Saqlanish qonunlari va fazo hamda vaqtning simmetriyaligi. Saqlanish qonunlarining qo’llanilishi. O’zgaruvchan massali jismlarning harakati. Reaktiv harakat. Markaziy maydondagi harakat. Kepler qonunlari. SHarlarning to’qnashuvi. Elastik va noelastik to’qnashuv.

    2

    4

    Absolyut qattiq jismning aylanma harakat dinamikasi.

    Kuch momenti. Inertsiya momenti. Aylanma harakat dinamikasining asosiy qonuni. Impuls momenti. Momentlar tenglamasi.

    2

    5

    Tebranish va to’lqin fizikasi.

    Tebranish jarayonlari haqida umumiy ma’lumot. Turli fizik tabiatga ega bo’lgan tebranishlarga umumiy munosabat.
    Garmonik tebranishlar. Mexanik garmonik tebranishlar tenglamasi. Ularning yechimi va talqini. Mexanik garmonik ostsillyatorlar. Prujinali, matematik va fizik mayatniklar. Garmonik tebranishlar amplitudasi, tsiklik chastotasi va fazasi. Tebranishlarni qo’shish. Tebranma harakat qilayotgan jismning energiyasi.
    So’nuvchi va majburiy tebranishlar. Erkin so’nuvchi tebranishlar. So’nuvchi tebranishlar tenglamasi. So’nish koeffitsienti, logarifmik dekrement, asllik. Izoxronlik. Majburiy tebranishlar. Ostsillyatorga davriy turtkining ta’siri. Rezonans. Rezonans egri chiziqlari.

    2

    6

    To’lqin jarayonlari.

    Ko’ndalang va bo’ylama to’lqinlar. Yassi va sferik to’lqinlar. Yuguruvchi va turg’un to’lqinlar va ularning tenglamalari. Faza tezligi, to’lqin uzunligi va to’lqin soni. Monoxromatik to’lqin interferentsiyasi. Kogerentlik. To’lqin tenglamasi. Tovush to’lqinlari. Tovushning balandligi, bosimi. Tovush to’lqinlar energiyasi. Ultratovush. Rezonatorlar. Doppler effekti.



    2

    7

    Nisbiylik nazariyasi asoslari.

    Nisbiylik printsipi va Galiley almashtirishlari. A.Eynshteynning nisbiylik nazariyasi to’g’risida tushuncha. Ikki hodisa orasidagi interval va uning inertsial sanoq sistemasiga nisbatan invariantligi. Tezliklarni qo’shish qonuni. Relyativistik dinamika elementlari. Lorents almashtirishlari. Impuls va energiyaning almashtirilishi. Uzunlik va vaqt oralig’ining nisbiyligi. Tezliklarni qo’shishning relyativistik qonuni. Massaning tezlikga bog’liqligi. Relyativistik mexanika qonunlarning klasssik mexanika qonunlariga o’tish chegarasi. Umumiy nisbiylik nazariyasining asosiy tasavvurlari.



    2

    8

    Yaxlit muhit mexanikasining elementlari.

    Suyuqlik va gazlarning umumiy xossalari. Suyuqlik harakatini kinematik tavsiflash. Suyuqlikning muvozanatlik va harakat tenglamasi. Ideal va yopishqoq suyuqlik. Siqilmaydigan suyuqlik gidrostatikasi. Ideal suyuqlikning statsionar harakati. Bernulli tenglamasi. Yopishqoq suyuqlik gidrodinamikasi. Yopishqoqlik koeffitsienti. Suyuqlikning quvur ichidagi oqimi. Puazeyl formulasi. O’xshashlik qonuni. Stoks formulasi. Gidrodinamik beqarorlik. Laminar va turbulent oqim. Reynolьds soni. Puazeyl qonuni. O’ta oquvchanlik nazariyasi to’g’risida tushuncha.



    2

    9

    Statistik fizika va termodinamika.

    Tadqiqotning statistik va termodinamik uslublari. Makroskopik holatlar. Issiqlik harakati. Molekulyar kinetik nazariyaning asoslari. Termodinamik parametrlar. Ideal gazlar holat tenglamasi. Gaz bosimining molekulyar – kinetik nazariya asosida tushuntirilishi. Ko’chish hodisalari. Termodinamika asoslari. Erkinlik darajasi. Ideal gazning ichki energiyasi. Gazning kengayishda bajargan ishi. Temperaturaning molekulyar-kinetik talqini. Termodinamikaning birinchi qonuni. Issiqlik miqdori. Issiqlik sig’imi. Adiabatik jarayon. Termodinamika birinchi qonunining izojarayonlariga tadbiqi. Molekulalarning o’rtacha kinetik energiyasi. Energiyaning erkinlik darajalari bo’yicha tekis taqsimlanish qonuni.

    2

    10

    Statistik taqsimotlar.

    Ehtimollik va fluktuatsiyalar. Gaz molekulalari tezligining absolyut qiymatlari bo’yicha taqsimoti. Maksvell taqsimoti. Barometrik formula. Bolьtsman taqsimoti. Molekulalarning energiyalari bo’yicha taqsimoti. Molekulalar issiqlik harakati tezligi. Boltsman taqsimoti.

    2

    11

    Termodinamika asoslari.

    Qaytar va qaytmas issiqlik jarayonlari. Aylanma jarayonlar. Gazning issiqlik sig’imi va uning jarayonlar turiga bog’liqligi. Ko’p atomli gazlarning issiqlik sig’imi. Issiqlik sig’imining klassik nazariyasining kamchiliklari. Entropiya. Yopiq muvozanatli holatdagi tizim entropiyasini makroholatining statistik vazni orqali aniqlash. Entropiyaning o’sish printsipi. Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Karno tsikli. Issiqlik mashinasining maksimal foydali ish koeffitsienti. Termodinamikaning uchinchi qonuni.

    2

    12

    Real gazlar.

    Real gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlar. Real gazlar molekulalari orasidagi kuchlar va potentsial energiya. Van-der-Vaalьs tenglamasi. Real gazning ichki energiyasi. Gazlarning suyuqlikka aylanishi. Joul-Tomson effekti. Qattiq jismlar. Amorf va kristall holat. Kristall panjaraning turlari. Defektlar. Qattiq jismning issiqlik sig’imi. I va II turli fazaviy o’tishlar. Fazaviy holat diagrammasi.



    2

    13

    Ko’chish hodisalari.

    Ko’chish hodisalari. Fizikaviy kinetika haqida tushuncha. Relaksatsiya vaqti. Diffuziya va issiqlik o’tkazuvchanlik, hamda ularning koeffitsientlari. Gazlar va qattiq jismlarda diffuziya. Qovushqoqlik. Gazlar va suyuqliklarning qovushqoqlik koeffitsienti. Dinamik va kinematik qovushqoqlik.

    2

    14

    Elektr maydon.

    Elektr maydon. Elektrostatika. Elektr zaryadi. Zaryadning diskretligi. Elektr zaryadining saqlanish qonuni. Kulon qonuni. Elektrostatik maydon. Elektr maydon kuchlanganligi. Nuqtaviy zaryad maydonining kuchlanganligi. Superpozitsiya printsipi. Kuchlanganlik chiziqlari. Nuqtaviy zaryadlar tizimining maydon kuchlanganligi. Elektrostatik maydon kuchlarining bajargan ishi. Elektrostatik maydon kuchlanganlik vektorining tsirkulyatsiyasi. Elektrostatik maydon potentsiali. Nuqtaviy zaryad va zaryad tizimi maydonlarining potentsiali. Ekvipotentsial sirtlar.

    2

    15

    Kuchlanganlik vektorining oqimi.

    Gauss teoremasi. Ba’zi elektrostatik maydonlar uchun Gauss teoremasining tatbiqi. Elektrostatik maydon kuchlanganligi bilan potentsiali orasidagi bog’lanish. Elektr dipoli va uning maydoni.

    2

    16

    Elektrostatik maydondagi dielektrik.

    Dielektriklarning turlari. Qutblanish zaryadlari. Dielektriklarning qutblanishi. Elektr siljish vektori. Dielektrik singdiruvchanlik. Muhitdagi elektr maydon uchun Gauss teoremasi. Pezoelektriklar, segnetoelektriklar va ularning texnikada qo’llanilishi. Dielektrikdagi elektrostatik maydon energiyasining zichligi. Elektrostatik maydondagi o’tkazgich. Zaryad zichligi. Tashqi elektr maydonidagi o’tkazgich. Elektr sig’imi. Kondensatorlar sig’imi. Elektr zaryadlarining o’zaro ta’sir energiyasi. Zaryadlangan o’tkazgichlar tizimining energiyasi. Zaryadlangan kondensator energiyasi. Elektrostatik maydon energiyasi va zichligi.



    2

    17

    O’zgarmas tok qonunlari.

    O’zgarmas tok. Tok kuchi va zichligi. O’tkazgichlardagi elektr toki. Elektr tokining mavjud bo’lish shartlari. Metallar elektr o’tkazuvchanligining klassik nazariyasi. Om va Joul-Lents qonunlarining differentsial va integral ko’rinishlari. Tashqi kuchlar. Elektr yurituvchi kuch (EYuK). Bir jinsli bo’lmagan zanjir uchun Om qonuni. Tokning ishi va quvvati. Kirxgof qoidalari.



    2

    18

    Muhitlarda elektr toki

    Metallarda va vakuumdagi elektr toki. Baguslovskiy – Lengmyur qonuni, Richardson – Deshmen formulasi. Gazlardagi elektr toki. Ionlanish va rekombinatsiya jarayonlari. Zaif ionlashgan gazlarning o’tkazuvchanligi. Plazma va uning xossalari.

    2


    Download 300 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 300 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy va o`quv ishlari turlari bo`yicha hajmi

    Download 300 Kb.