• Key words: demography, demographic processes, reconstruction of population, birth, death, marriage, family, divorce, demographic difficulty
  • MAVZU: AHOLI TADQIQ ETISH TUSHUNCHALARI




    Download 1.11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/27
    Sana09.11.2023
    Hajmi1.11 Mb.
    #96328
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
    Bog'liq
    bOSHQARUV TIZIZMLARI, (material xususiyati va fakturasi), yoriqnoma, kop portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash, 252.5320900 TIKUVCHILIK SANOATIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI QO\'LLASH, 2-Maruza, Klaviaturaga qaramay matn terishni organamiz 2 @kompyuter akademiyasi, BSKM, Rus tili fani, 2 MA\'RUZA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI, 2021 12.2, АМАЛЁТ баённома (2) (7) (4) (3), Elektr mashinalari va transformatorlarni tamirlash oraliq savollari, 1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchal, орфологический
     
    MAVZU: AHOLI TADQIQ ETISH TUSHUNCHALARI. 
    DEMOGRAFIYA ASOSLARI. DEMOGRAFIK JARAYONLAR. 
    Tayanch tushunchalar: demografiya, demografik jarayonlar, aholining 
    takror barpo bo’lishi, tug’ilish, o’lim, nikoh, oila, ajralish, demografik 
    tanglik, demografik faollik, demografik muammolar, demografik tadqiqotlar. 
    Key words: demography, demographic processes, reconstruction of 
    population, birth, death, marriage, family, divorce, demographic difficulty, 
    demographic problems, demographic researches. 
    R E J A: 
    1. Demografiya to’g’risida.
    2. Demografik jarayonlar.
    3. Demografik jarayonlarni o’rganish manbalari.
    4. Demografik tadqiqotlar.
    «Demografiya» - ikki yunon so’zlarining qo’sxilishidan iborat bo’lib, 
    «demos» - xalq, aholi, «grafiya»-tasvirlash, yozish, o’rganish ya’ni, «xalq haqida 
    yozmoq», yoki «aholini sharxlash» ma’nosini anglatadi. Biroq demografiya fani 
    faqat sharhlash bilan chegaralanib qolmay, balki uning o’rganish doirasi bir 
    muncha keng va chuqurdir. 
    Demografiyada asosiy kuzatuv birligi - inson hisoblanadi. Inson hayoti 
    davomida uning fiziologik va psixologik xususiyatlari, ma’lumotlilik, darajasi, 
    oilaviy holati, kasbi-kori, malakasi ijtimoiy guruhi, yashash joyi, til bilish kabi 
    imkoniyatlari o’zgarib boradi. Ana shu alohida inson hayotida ro’y bergan 
    o’zgarishlar yig’indisi umuman aholi xayotidagi ijtimoiy - iqtisodiy va demografik 


    28 
    o’zgarishlarga olib keladi. Nikohga kirish natijasida, oilalar soni oshib boradi, 
    yolg’izlar, bo’ydoqlar soni esa kamayadi. Nikohning bekor etilishi, ya’ni, ajralish 
    jarayoni esa aholi tarkibida tugalmas oilalarning va bevalar salmog’ining 
    ko’payishiga sabab bo’ladi. Inson dunyoga kelar ekan ma’lum davr yashaydi. Ana 
    shu davr moboynida ulg’ayib boradi. Go’daklik davridan bolalikka, o’smirlik, 
    yoshlik o’rta yoshlik, yetuklik davrlariga o’tadi. Har bir o’quv yili tugashi bilan 
    aholi tarkibida ma’lumotlilar soni oshib boradi. Ana shu tarzda shaxs hayotidagi 
    o’zgarishlar aholi guruhidagi o’zgarishlarga olib keladi. Insonlarning bir hududdan 
    ikkinchi bir hududga ko’chib o’tishi migratsiya, ushbu hududlar aholi soniga va 
    tarkibiga ta’sir etadi. 
    Aholi soni tug’ilish va o’lim hisobiga doimo o’zgarib boradi. Tug’ilish 
    jarayoni aholi sonini ko’payishiga olib kelsa, o’lim uning kamayib ketishiga sabab 
    bo’ladi. Tug’ilish va o’lim jarayonlari asosida aholi tabiiy o’sishi sodir bo’ladi. 
    Agar tug’ilganlar soni o’lganlar sonidan yuqori bo’lsa, aholi ko’payib boradi, 
    aksincha, o’lganlar soni tug’ilganlar sonidan ko’p bo’lsa, aholi kamayib boradi. 
    Ma’lumki, jamiyatda har doim qandaydir sabablarga ko’ra aholining bir 
    qismi hayotdan ko’z yumadi, ya’ni vafot etadi. Yana bir qism aholi esa, dunyoga 
    keladi. Jamiyatdagi o’lgan aholi o’rni, yangi tug’ilganlar hisobiga to’lib boradi, 
    avlodlar almashadi. Ana shu jarayon aholi takror barpo bo’lishining asosisini 
    tashkil etadi. 
    Biror bir hududda, ma’lum davrdagi aholi tarkibi, o’tgan davrdagi aholi 
    takror barpo bo’lishining natijasi, keyingi davrdagi aholi takror barpo bo’lishining 
    esa zamini hisoblanadi. Demak, aholi takror barpo bo’lishi jamiyat taraqqiyoti 
    davomidagi doimiy, murakkab jarayondir. 
    Aholining takror barpo bo’lishi natijasida aholi soni va uning yosh-jins 
    tarkibi muntazam o’zgarib turadi. Yangi tug’ilgan bolalar jinsi aholi jinsiy 
    tarkibida ma’lum o’zgarishlarga olib keladi. O’lganlar soni esa aholi yosh tarkibiga 
    ta’sir etadi. Aholi yosh va jinsiy tarkibidagi o’zgarishlar jamiyatda ma’lum 
    ijtimoiy muammolarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Aholining takror barpo 
    bo’lish jarayoni esa, o’z navbatida qator ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida sodir 


    29 
    bo’ladi. Shu bois aholining takror barpo bo’lish jarayoni jamiyat taraqqiyotining 
    har bir bosqichida o’ziga xos xususiyatlarga, qonuniyatlariga egadir. 
    Demografiyaning asosiy predmeti aholining takror barpo bo’lish qonuniyatlarining 
    tahlili hisoblanadi. 
    Aholini o’rganar ekan, demografiya alohida fan sifatida, uning miqdoriy va 
    sifatiy xususiyatlarini mukammal tahlil etadi. 
    Aholining miqdoriy xususiyatlari ma’lum millat, hudud aholisi sonining 
    o’zgarib (o’sishi yoki kamayishi) borishida ifodalanadi. Aholining sifatiy 
    xususiyatlari esa, asosan ma’lum millat yoki hudud aholisining salomatlik va 
    ma’lumotlilik darajasida, o’rtacha umr ko’rish maqsadida ifodalanadi. 
    Har ikkala jarayon, ya’ni, aholining miqdoriy va sifatiy rivojlanishi bir-
    biriga chambarchas bog’liq holda sodir bo’ladi. Masalan, aholi salomatligini 
    yuqori darajada bo’lishi, aholi o’rtasida o’limning kamayishi, o’rtacha umr ko’rish 
    muddatining esa uzayishiga olib keladi. Natijada aholi soni o’sib boradi. 
    Shuningdek, tug’ilishning juda yuqori darajada bo’lishi, ko’p hollarda ona va bola 
    organizmining zaiflashib borishiga va o’lim hollarining ko’payishiga olib keladi. 
    Jamiyat taraqqiyotining eng dastlabki bosqichidan to hozirgi davrga qadar 
    har bir hudud aholisi ham miqdor, ham sifat jihatidan muntazam o’zgarib 
    kelgandir. Demografiya aholining miqdoriy va sifatiy o’zgarishlarini aholining 
    takror barpo bo’lishining asosiy omillari sifatida o’rganadi. 
    Aholining takror barpo bo’lishi, keng ma’noda tabiiy o’sish, o’lim, 
    migratsiya aholining hududlar bo’ylab harakati, bir ijtimoiy guruhdan ikkinchi bir 
    ijtimoiy guruhga o’tishi, ma’lumot olishi, mehnat faoliyatining boshlanishi va h.k. 
    natijasida aholi tarkibini yangilanib turishini bildiradi. 
    Demografiya asosiy e’tiborni tabiiy avlodlar almashuvi – tug’ilish va o’lim 
    asosida aholining takror barpo bo’lish jarayoniga qaratadi. Ushbu jarayonni 
    jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi qonuniyatlarini, turli millat, hudud va 
    davlatlardagi xususiyatlari, omillarini o’rganadi, muammolarini aniqlaydi va 
    istiqbolini belgilab beradi. Bu vazifalarni bajarish uchun demografiya jamiyat 
    taraqqiyoti bosqichlari, tarixiy shart-sharoitlarini atroflicha o’rganishi lozim. 


    30 
    Demografiya, aholining takror barpo bo’lishi qonuniyatlari haqidagi fan 
    bo’lib, bu jarayonni ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlarga bog’liq holda o’rganadi, 
    omillarini, muammolarini aniqlab, istiqbolini belgilab beradi. 
    Har bir fanning asosiy vazifasi tabiat va jamiyatning ma’lum qismidagi 
    rivojlanish qonunlarini o’rganishdir. Lekin shu bilan bir qatorda har bir fanning 
    o’ziga xos amaliy ahamiyatga ega bo’lgan vazifalari ham mavjud. Demografiya 
    ham alohida fan sifatida o’z vazifalariga egadir. Ushbu vazifalarni uch guruhga 
    bo’lib o’rganish maqsadga muvofiqdir. 
    Demografik jarayonlar va ularning omillarini o’rganish. 
    Demografik bashoratlarni ishlab chiqish. 
    Demografik siyosat chora tadbirlarini ishlab chiqish. 
    Demografik jarayonlar: tug’ilish, o’lim, oila, nikoh, ajralish . 
    Demografik jarayonlar tarkibida tug’ilish alohida ahamiyat kasb etadi. 
    Chunki, o’rganilayotgan mavjud aholi avvalo tug’ilish jarayoni natijasida dunyoga 
    kelgan. Demografiya tutilishni alohida, aholi takror barpo bo’lishining demografik 
    zamini sifatida o’rganadi, unga ta’sir etuvchi barcha ijtimoiy - iqtisodiy va tabiiy 
    omillarni tahlil etadi. Shuningdek, o’lim jarayoni ham aholi takror barpo 
    bo’lishining asosiy elementi sifatida demografiya fanining e’tiborida turadi. 
    Aholining takror barpo bo’lishida birinchi navbatda oila tashkil topishi ya’ni 
    shakllanishi ahamiyatlidir. Chunki dunyoda tug’layotgan insonlarning aksariyati 
    oilada, oila muhitida dunyoga keladi, shaxs sifatida shakllanib o’zining demografik 
    faoliyatini (oila qurish, farzandlar ko’rish) boshlaydi. Oila shakllanishi esa, o’z 
    o’rnida nikoh va ajralish jarayonlari bilan chambarchas borliqdir. Demografiya 
    nikoh evolyutsiyasi va uning aholining takror barpo bo’lishidagi o’rnini alohida 
    o’rganadi. 
    Ajralish - nikohning bekor etilishi ham aholi takror bo’lishiga ta’sir etuvchi 
    demografik jarayon hisoblanadi. Demografiya ushbu jarayonni o’rganar ekan, 
    uning mavjudlik darajasiga ta’sir etuvchi qator sabab va oqibatlarini atroflicha 
    tahlil etadi. 


    31 
    Demografiya aholining bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi - migratsiyasini 
    ham o’rganadi. Lekin bu jarayonni o’rganishda, aholi geografiyasidan farqli 
    ravishda, asosiy e’tiborni migratsiya jarayonining hududiy hususiyatlarga emas, 
    balki ushbu jarayon natijasida ro’y beradigan - hududning demografik holatidagi 
    o’zgarishlarga qaratadi. 
    Demografiyada oila asosiy ijtimoiy-demografik guruh sifatida o’rganiladi. 
    Oilani jamiyat taraqqiyoti davomidagi o’rni, evolyutsiyasi, aholining takror barpo 
    bo’lishidagi asosiy faoliyati va uning o’zgarib borish omillari, oqibatlari o’rganilib, 
    kelajak rivojlanishining asosiy yo’nalishlari aniqlanadi. 
    Ma’lumki, aholi, tug’ilish va o’lim jarayoni natijasida mavjud bo’lgan 
    avlodlar almashinuvi yig’indisidir. Inson mavjudligini ta’minlovchi barcha 
    demografik jarayonlar-tug’ilish, o’lim, nikoh va ajralish uning hayotidagi ma’lum 
    davrida, ya’ni ma’lum yoshida ro’y beradi. Shuning uchun, yosh demografik 
    jarayonlarni o’rganishda asosiy mezon hisoblanadi. Insonning demografik va 
    ijtimoiy holatida, o’z hayoti davomida yosh va jins asosiy ko’rsatgichdir. 
    Aholining jinsiy tarkibi ham demografik holatga ta’sir etuvchi asosiy, demografik 
    tahlili lozim bo’lgan mezonlardandir. 
    Demografik bashoratlar ishlab chiqishda demografiya fani, birinchi navbatda 
    o’rganilayotgan hudud yoki ijtimoiy guruh aholisining demografik maylini 
    (demografik jarayonlariga bo’lgan munosabati) atroflicha tahlil etadi va ayni shu 
    asosda demografik jarayonlarda kelajakda kutilayotgan o’zgarishlarni ko’rsatib 
    beradi.
    Demografik siyosat mazmuni va tadbirlarini ishlab chiqish juda ma’suliyatli 
    va murakkab jarayondir. Ushbu yumushni bajarishda demografiya o’rganilayotgan 
    davlat yoki alohida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini, etnik 
    hususiyatlari, urf-odatlari va qadriyatlarini, demografik holatini mukammal 
    o’rganishi lozim. 
    Demografiya mustaqil fan sifatida o’z tashfiqot usullariga egadir. Ular 
    jumlasiga tarixiy taqqoslash, statistika, matematika, kartografik, mantiqiy fikrlash 
    va sotsiologik uslublar kiradi. Demografiyaning tahlil uslubi statistikadan farq 


    32 
    qiladi. Unda mavhum fikrlash uslubidan keng foydalanish asosida aholi tarkibida 
    kelgusida ro’y beradigan miqdor va sifat o’zgarishlari ham o’rganiladi. Aholi 
    muayyan ijtimoiy hayot tarziga bo’ysunishi tufayli, demografik jarayonlar ham 
    muayyan ishlab chiqarish usuli va munosabatiga bog’liq bo’ladi. Aholi murakkab 
    ijtimoiy va tabiiy rivojlanish maxsulidir, shu sababli aholi turli omillar zaminida 
    ko’payadi. Bu jixatdan demografiya tahlil mavzui siyosiy iqtisod, sotsiologiya, 
    psihologiya, matematika, statistika, sotsial gigiyena, geografiya, tibbiyot, tarix, 
    etnografiya va boshqa fanlar tahlil mavzuiga yaqin bo’lib, shu fanlarning 
    yutuqlaridan foydalanadi. Ayni vaqtda ularga qimmatli ma’lumotlar beradi. 
    Demografiya har bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzum aholisining ko’payish va 
    rivojlanish qonunlarini alohida-alohida o’rganadi. Chunki har bir ijtimoiy-iqtisodiy 
    formatsiyaga xos aholi o’sish qonuni, demografik vaziyatga bevosita ta’sir 
    ko’rsatadi. 
    Aholining takror barpo bo’lishi qonuniyatlarni o’rganar ekan, demografiya 
    bir qator ilmiy yo’nalishlarga bo’linadi va bu yo’nalishlar demografiya fanlari 
    tizimini tashkil etadi. Ularga nazariy demografiya, demografik statistika, tarixiy 
    demografiya, etnik demografiya, iqtisodiy demografiya, hududiy demografiya, 
    tahliliy demografiya va amaliy demografik tadqiqotlar kiradi. 
    Taklif etilgan vizual materiallar 
    Demografiya va uning asosiy vazifalari 
    Ta’rif: demografiya- ikki yunon so’zlarining qo’shilishidan iborat bo’lib, 
    “Demos”- xalq, aholi, “grafiya”- tasvirlash, yozish, o’ganish, ya’ni “xalq 
    haqida yozmoq” yoki “Aholini sharxlash” ma’nosini anglatadi. 
    Demografiya fanining asosiy vazifalari: 
    - demografik jarayonlar va ularning omillarni o’rganish; 
    - demografik bashoratlarni ishlab chiqish; 
    - demografik siyosat chora-tadbirlarini ishlab chiqish 


    33 
    Asosiy demografik jarayonlar
    Tug’ilish O’lim Oila Nikoh Ajralish
    Diqqat, topshiriq ! 
    Maxsus adabiyotlar, lug’atlar yordamida quyidagi jadvalni to’ldiring
    № 
    Tushuncha 
    Mazmuni 

    Demografik faollik 

    Demografik tanglik 

    Tabiiy o’sish 

    Aholi soni 

    Demografik o’tish 

    Demografik bashorat 
    Tug’ilish - tirik tug’ilgan bolalarni ifodalovchi 
    biologik jarayondir. 
    O’lim - ma’lum sabablarga ko’ra insonlarning 
    hayotdan ko’z yumish jarayoni. 
    Nikoh – er va xotinning tarixan tarkib tobgan 
    jamiyat tomonidan muayyan tarkibda solib
    turiladigan o’zaro hamda bolalarga nisbatan 
    munosabat shaklidir 


    34 
    Tug’ilish ko’rsatkichlari 
    Tug’ilish darajasi past 
    16-24 promilli 
    Tug’ilish darajasi o’rta 
    25-29 promilli 
    Tug’ilish darajasi yuqori 
    30 promillidan yuqori 
    Tug’ilish darajasi juda yuqori 
    40 promillidan yuqori 
    Mavzu yuzasidan test topshiriqlari. 
    1. Aholining takror barpo bo’lish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan qaysi? 
    A. Etnografiya 
    B. Demografiya 
    C. Antropologiya 
    D. Demogeografiya 
    2.Demografiyaning asosiy kuzatuv birligi nima? 
    A. Inson B. Kishilar jamoasi C. Oila D. Jamiyat 
    3.Aholining geografik nuqtai nazardan tahlil qilinganda inobatga olinadigan 
    aholini xususiyatlari to’g’ri berilgan qatorni belgilang? 
    A. Aholini moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish hududiy joylashuviga 
    bog’liq; 
    B. Aholi barcha moddiy nematlarni ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqarayotgan 
    mahsulotlarni iste’molchisi va aholi o’zi ham takror barpo qilinish zarur; 
    C. Aholi barcha moddiy nematlarni ishlab chiqaruvchidir va uning 
    istemolchisidir; 
    D. Aholi ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoniningtarkibiy qismi bo’lib 
    o’zi ham takror qilinishi zarur. 
    4.Aholini funksional guruhlarga bo’lish qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan? 
    A. Moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan kishilar, nomoddiy 
    tarmoqlarda band bo’lgan kishilar, ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etmaydigan 
    kishilar kiradi. 
    B. Moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’lgan kishilar. 
    C. Moddiy va nomoddiy tarmoqlarda band bo’lgan kishilar. 


    35 
    D. Ijtimoiy kishilar. 
    5. Demografiya fanining vazifalari nechta guruhga bo’lib o’rganiladi? 
    A. 2ta B. 3ta C. 4ta 
    D. 5ta 
    6.Asosiy demografik jarayonlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. 
    A. O’lim, tug’ilish, migratsiya, urbanizatsiya 
    B. Ajralish, nikoh, millat, til va din 
    C. Tug’ilish, oila, nikoh va migratsiya, urbanizatsiya 
    D. Tug’ilish, o’lim, nikoh, oila va ajralish 
    7. Tug’ilishning umumiy, maxsus va xususiy koeffitsientlari qaysi demograf 
    olimlar tomonidan ishlab chiqilgan? 
    A. Baranskiy va Voekov 
    B. Urlanis va F. Ratsel 
    C. Urlanis va Borisov 
    D. Saushkin va Sundberg 
    8. Tug’ilishning eng kam ko’rsatkich mezoni necha promille hisoblanadi? 
    A. 16-24 B. 15-40 C. 16-30 D. 25-29 

    Download 1.11 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




    Download 1.11 Mb.
    Pdf ko'rish