• Antropologiya
  • Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat




    Download 1.11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/27
    Sana09.11.2023
    Hajmi1.11 Mb.
    #96328
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    bOSHQARUV TIZIZMLARI, (material xususiyati va fakturasi), yoriqnoma, kop portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash, 252.5320900 TIKUVCHILIK SANOATIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI QO\'LLASH, 2-Maruza, Klaviaturaga qaramay matn terishni organamiz 2 @kompyuter akademiyasi, BSKM, Rus tili fani, 2 MA\'RUZA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI, 2021 12.2, АМАЛЁТ баённома (2) (7) (4) (3), Elektr mashinalari va transformatorlarni tamirlash oraliq savollari, 1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchal, орфологический
    Demografiya – grekcha – demos – “xalq” va grafiya – “tasvirlash” 
    so’zlaridan iborat bo’lib, aholi haqidagi fandir. U aholining soni, hududiy 
    joylashuvi va tarkibini, ularning o’zgarishi va bu o’zgarishning sabablarini, 
    aholidagi o’zgarishlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlarning aloqalarini o’ziga 
    xos o’rganadi. Shuningdek, demografiya aholini takror barpo qilinishining 
    qonuniyatlarini ochib beradi. Ko’rinib turibdiki, aholi geografiyasi bilan 
    demografiya o’rganadigan masalalar bir biriga juda yaqin. Shuning uchun aholi 
    geografiyasi demografiya o’rganadigan va aholiga taluqli bo’lgan demografik 
    statistika tomonidan to’planadigan ma’lumotlardan keng foydalanadi. Demografiya 
    ham o’z navbatida o’rganilayotgan demografik jarayon va ko’rsatkichlardagi 
    geografik farqlar va u farqlarning sabablariga qiziqadi. Shunday qilib, aholi 
    geografiyasi bilan demografiya o’rtasida birgalikda hal qilinishi kerak bo’lgan bir 
    qator muammolar vujudga keladiki, bularni faqatgina ana shu ikki fan chegarasida 
    vujudga kelgan yo’nalish – demogeografiya hal qiladi.
    Aholi geografiyasi etnografiya bilan ham chanbarchars bog’liq. Etnografiya 
    – xalqlarning turmushi va madaniyati, vujudga kelishi va madaniy – tarixiy 
    aloqalarini o’rganadi.
    Etnografiya xalqlarning etnik birligi urug’, qabila, elat, millat, xalqlarning 
    geografik tarqalishi bilan ham qiziqadi. Xalqlarning geografik tarqalishi 
    masalalarini etnogeografiya o’rganadi. Etnografiyani ayni vaqtda etnografiya 


    16 
    ham, aholi geografiyasiga ham kiritish mumkin, to’g’rirog’i, ular chegarasida 
    vujudga kelgan yo’nalishidir.
    Shunday qilib, aholi geografiyasining demografiya va etnografiya fanlari 
    bilan aloqasi va hamkorligi juda yaqin va kengdir. Shu narsani qayd qilish kerakki, 
    aholi geografiyasi aholini demografiya va etnografiyaga nisbatan chuqurroq va har 
    tomonlama o’rganadi. Chunki, aholi geografiyasi aholini o’rganayotganda uning
    xo’jalik va tabiat bilan aloqalarini chuqur tahlil qiladi, bu o’zaro aloqa va
    munosabatlarning o’rganilayotgan har bir tumanda vujudga kelish xususiyatlarini 
    aniqlaydi, aholi geografiyasi muammolarini shular bilan bog’lab tushuntiradi
    1
    .
    3) Antropologiya – odamlarning paydo bo’lishi, kishi organizmining 
    evolyusiyasi va undagi jismoniy o’zgarishlarning qonuniyatlari, shuningdek 
    irqlarning vujudga kelishi va geografik tarqalishini o’rganadigan fan. Aholi 
    geografiyasining asosiy o’rganish ob’yekti bo’lgan kishilarning mehnat faoliyati, 
    turmush sharoiti va madaniyati, aholi punktlarining hududiy shakllaridagi farqlar 
    bilan bog’liq emas. Aholi geografiyasining mehnat resurslari va ulardan 
    foydalanishini o’rganadigan yo’nalishni iqtisodiyot fanining mehnat iqtisodiyoti va 
    uni tashkil qilish yo’nalishi bilan yaqindan aloqadordir. Jumladan, geograflar 
    mehnat resurslarni o’rganishda iqtisodcxilarning mehnat balansi tuzish kabi ayrim 
    qo’llanmalaridan keng foydalanadi. Ammo iqtisodcxilar va geograflar mehnat 
    resurslarini o’rganishida bir-birlarining tadqiqotlarini takrorlamaydilar. Ma’lumki, 
    iqtisodcxilar mehnat unumdorligi kabi masalalarni ayrim korxonalar yoki ayrim 
    xo’jalik tarmoqlari miqyosida o’rganadilar. Geograflarning asosiy vazifalari esa, 
    mehnat resurslarining hududiy tashkil topishi va ulardan foydalanishning hududiy 
    masalalarini tahlil qilishdan iborat. Nihoyat, aholi geografiyasi bir qator ilmiy-
    amaliy fanlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
    Shuningdek, aholi geografiyasi har bir tumanning tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy 
    sharoitlarini e’tiborga olgan holda, ularning rivojlanish istiqbollari haqida asosli 
    1
    Richard S. Krannich, A.E.Luloff, Donald R.Field. People, Places and Landscapes. Utah.USA.2011. Mazmun-
    mohiyatidan foydalanildi.


    17 
    takliflar berishi mumkin. Aholi geografiyasi o’z navbatida, ilmiy-amaliy fanlarning 
    ayrim qo’llanmalaridan foydalanadi.
    Vizual materiallar. 
    Atamalar zanjiri. 
    Demografiya- grekcha “demos”- “xalq” va grafo- “tasvirlash” 
    so’zlaridan iborat bo’lib aholi haqidagi fandir. Demografiya aholini takror 
    barpo qilinishining qonuniyatlarini o’rganadi. Demografiya ham o’z 
    navbatida o’rganilayotgan demografik jarayon va ko’rsatkichlardagi farqlar 
    va u farqlarning sabablaraga qiziqadi. Shunday qilib, aholi geografiyasi 
    bilan demografiya o’rtasida birgalikda hal qilinishi kerak bo’lgan bir qator 
    muammolar vujudga keladi. Bu muammolarni faqatgina ana shu ikki fan 
    chegarasida vujudga kelgan yo’nalish - demogeografiya hal qiladi. 
    Tabiiy geografiya, tibbiyot geografiyasi, 
    xizmat doirasi geografiyasi, turizm, xo’jalik
    geografiyasi, iste’mol geografiyasi, tarixiy 
    geografiya, kartografiya. 
    Aholi 
    geografiyasi
    ning
    boshqa 
    fanlar bilan 
    aloqasi 
    Demografiya, etnografiya 
    Etnografiya xalqlarning turmushi va madaniyati,vujudga kelishi va 
    madaniy-tarixiy aloqalarini o’rganadi. Etnografiya xalqlarning etnik 
    birligi, urug’ qabila, elat, millat, xalqlarning geografik tarqalishi bilan ham 
    qiziqadi. Xalqlarning geografik tarqalishi masalalarini etnogeografiya fani 
    o’rganadi. 
    Antropologiya 


    18 
    Diqqat topshiriq ! 
    Quyidagi jadvalni to’ldiring va ular orasida qay biri aholining barpo 
    bo’lishida eng qadimiy tarixga ega ekanini izohlang. 
    № 
    Tushuncha 
    Tushunchaga ta’rif 

    Urug’ 

    Qabila 

    Elat 

    Millat 

    Xalq 
    Quyidagi tushunchalarni izohlang 
    № 
    Tushuncha 




    Xo’jalik geografiyasi 

    Turizm geografiyasi 

    Tibbiyot geografiyasi 

    Kartografiya 

    Demografiya 

    Etnografiya 
    Mavzu yuzasidan test topshiriqlari 
    1.Aholi geografiyasi fanini boshqa fanlar bilan aloqasi nechta guruhga bo’linadi? 
    A. 2 B.3 C.4 D.5 
    2. Demografiya so’zning ma’nosi 
    A. Grekcha “demos”- “xalq” va grafiya “tasvirlash” 
    B. Grekcha “demos”- “omma” va grafiya “tasvirlash” 
    C. Italyancha “demos”- “xalq” va grafiya “tasvirlash” 
    Antropologiya - odamlarning paydo bo’lishi, kishi organizmining 
    evolyutsiyasi va undagi jismoniy o’zgarishlarning qonuniyatlari, 
    irqlarning vujudga kelishi va geografik tarqalishini o’rganadigan fan


    19 
    D. Ruscha “demos”- “xalq” va grafiya “tasvirlash” 
    3. Odamlarning paydo bo’lishi, kishi organizmining evolyutsiyasi va undagi 
    jismoniy o’zgarishlarning qonuniyatlari, irqlarning vujudga kelishi va geografik 
    tarqalishini o’rganadigan fanni toping.
    A. Demografiya B. Etnografiya 
    C. Antropologiya D. Etnodemografiya 
    4. Qaysi fan xalqlarning turmushi va madaniyati, vujudga kelishi va madaniy-
    tarixiy aloqalarini o’rganadi. 
    A. Demografiya B. Etnografiya 
    C. Antropologiya D. Etnodemografiya 
    5. Aholini takror barpo qilinishining qonuniyatlarini qaysi fan o’rganadi? 
    A. Demografiya B. Etnografiya 
    C. Antropologiya D. Etnodemografiya 

    Download 1.11 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 1.11 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat

    Download 1.11 Mb.
    Pdf ko'rish