• Key words: geography of economy, industrial geography, agricultural geography, service geography, physical geography, cartography, demography, ethnography, anthropology.
  • MAVZU: AHOLI GEOGRAFIYASI FANINING BOSHQA FANLAR




    Download 1.11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/27
    Sana09.11.2023
    Hajmi1.11 Mb.
    #96328
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    bOSHQARUV TIZIZMLARI, (material xususiyati va fakturasi), yoriqnoma, kop portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash, 252.5320900 TIKUVCHILIK SANOATIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI QO\'LLASH, 2-Maruza, Klaviaturaga qaramay matn terishni organamiz 2 @kompyuter akademiyasi, BSKM, Rus tili fani, 2 MA\'RUZA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI, 2021 12.2, АМАЛЁТ баённома (2) (7) (4) (3), Elektr mashinalari va transformatorlarni tamirlash oraliq savollari, 1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchal, орфологический
    MAVZU: AHOLI GEOGRAFIYASI FANINING BOSHQA FANLAR 
    BILAN ALOQASI 
     
    Tayanch tushunchalar: Xo’jalik geografiyasi, sanoat geografiyasi, 
    qishloq xo’jalik geografiyasi, xizmat ko’rsatish geografiyasi, tabiiy geografiya, 
    kartografiya, demografiya, etnografiya, antropologiya.
    Key words: geography of economy, industrial geography, agricultural 
    geography, service geography, physical geography, cartography, demography, 
    ethnography, anthropology. 
    R E J A: 
    1. Geografiya fanining boshqa tarmoqlari bilan aloqasi. 
    2. Demografiya va etnografiya. 
    3. Aholi geografiyasi va antropologiya.
    Aholi geografiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi juda keng va har 
    tomonlamadir. Chunki aholiga taaluqli bo’lgan masalalarga katta e’tibor beradigan 
    fanlar va fan tarmoqlari juda ko’pdir.
    Aholi geografiyasining o’z tadqiqotlari jarayonida aloqa qiladigan yoki 
    hamkorlikda ishlaydigan fanlarni shartli ravishda uch guruhga bo’lish mumkin:


    14 
    1) Geografiya fanining boshqa tarmoqlar bilan aloqasi. Xo’jalik geografiyasi 
    orqali u tabiiy geografiya bilan aloqada bo’ladi. Har qanday ishlab chiqarish – 
    muayyan tabiiy sharoitda va har xil tabiiy resurslardan foydalangan holda vujudga 
    keladi va rivojlanadi. Xo’jalikning ixtisosi va boshqa ayrim xususiyatlari ko’p 
    jihatdan tabiiy sharoit bilan belgilanadi. Aholi geografiyasining tibbiyot 
    geografiyasi bilan aloqalari ham tez rivojlanmoqda. Tibbiyot geografiyasi ikki fan 
    tibbiyot va geografiya fanlari chegarasida vujudga kelib, u tabiiy muhitni hamda 
    turli tumanlarda yashash va mehnat qilish sharoitining aholi sog’ligiga ta’sirini, 
    shuningdek, ayrim kasalliklarning geografik tarqalishini o’rganadi. Turli 
    tumanlarga aholining gigiyenik yashash sharoiti nuqtai nazaridan baho berish, 
    ovqatlanish, kiyinish xususiyatlari bo’yicha tavsifnomalar berish ham tibbiyot 
    geografiyasining muhim vazifalari qatoriga kiradi.
    Aholi geografiyasi bilan xizmat doirasi geografiyasining aloqadorlari va 
    o’zaro hamkorligi mustaxkamdir. Xizmat doirasi geografiyasi aholining barcha 
    extiyojlariga xizmat ko’rsatuvchi xizmat doirasi tarmoqlarining rivojlanish darajasi 
    va hududiy joylashishini geografik taqsimlash usulida o’rganadi. Xizmat doirasi 
    geografiyasini o’rganishi kerak bo’lgan barcha masalalarning hammasi faqat aholi 
    va aholi punktlari haqidagi batafsil ma’lumotlar asosidagina tahlil qilinishi va xal 
    qilinishi mumkin. Shuning uchun ham u dastavval aholi geografiyasi tarkibida 
    vujudga kelgan bo’lib, ular o’rtasidagi aloqalar har tamonlamadir.
    Aholi geografiyasi geografiya fanining yangi vujudga kelayotgan turizm 
    geografiyasi, iste’mol geografiyasi kabi yo’nalishlari bilan ham mustaxkam 
    aloqador. Bu har ikkala yo’nalishda ham aholining soni, yoshi, jinsi, tarkibi va 
    boshqa ko’rsatgichlar muhim ahamiyatga ega. Aholi geografiyasi bilan tarixiy 
    geografiya o’rtasidagi aloqa shundan iboratki, o’tgan tarixiy davrlar aholi 
    geografiyasi ichidagi maxsus yo’nalish – tarixiy aholi geografiyasi shug’ullanadi 
    va u yo’nalish shu bilan birga tarixiy geografiyaning ajralmas bir qismidir. 
    Geografiya fanining barcha tarmoqlari va yo’nalishlari singari aholi geografiyasi 
    ham kartografiya bilan chanbarchars bog’liqdir. Aholi geografiyasida aholi va 
    aholi punktlarining maxsus xaritalari tuziladi, ulardan keng foydalaniladi. Chunki, 


    15 
    aholi va aholi punktlariga xos bo’lgan xilma-xil ko’rsatkichlar, ularning hududiy 
    joylashuvi hamda regional farqlarini xaritaga tushirish yo’li bilan yaqqol ko’rsatish 
    mumkin.
    2) Aholi geografiyasi bilan chanbarchas va har tomonlama aloqador bo’lgan 
    fanlarning ikkinchi guruhi demografiya va etnografiya fanlaridir. Demografiya va 
    etnografiya fanlarini alohida guruhga ajratamiz, buning boisi shundaki, ular ham 
    aholi geografiyasi singari aholini o’rganadi. Ularning har qaysisi aholini o’z nuqtai 
    nazaridan tadqiq qiladi. Ammo shunday masalalar borki, ularni bu fanlarning har 
    uchchalasi o’rganadi, biri ikkinchisining materiallaridan foydalanadi.

    Download 1.11 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 1.11 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAVZU: AHOLI GEOGRAFIYASI FANINING BOSHQA FANLAR

    Download 1.11 Mb.
    Pdf ko'rish