|
MAVZU: Chilangarlik ishlarida metallarni silliqlashga ishlatiladigan materiallar, uskunalar va moslamalardan foydalanish
REJA
|
bet | 57/60 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 9,35 Mb. | | #158280 |
Bog'liq elektr uskunalariga xizmat klo\'rsatish O\'quv amalyoti O\'qitishMAVZU: Chilangarlik ishlarida metallarni silliqlashga ishlatiladigan materiallar, uskunalar va moslamalardan foydalanish
REJA:
1. Chilangarlik ishlarida metallarni silliqlash texnikasi.
2. metallarni silliqlashda ishlatiladigan materiallar.
3. metallarni silliqlashga ishlatiladigan materiallar, uskunalar va moslamalardan foydalanish
Jilvirlash- bu kesuvchi elementlari abraziv material donachalaridan tashkil topgan asbob yordamida metallarni kesish jarayonidir. Jilvirlash doirasining ishchi qismi, birikmada betartib joylashgan va ma‘lum shaklga ega bo‘lmagan, ko‘p sonli aloxida abraziv donalarining kesuvchi tiglaridan tashkil topadi. Xar bir dona boshqa xar qanday kesuvchi asbob kabi oldingi va ketingi burchaklarga ega, bu holda abraziv donalarining asosiy farqi manfiy oldingi burchaklarni borligi hisoblanadi. Bundan kelib chiqib jilvirlashda abraziv donalar tayyorlamaga katta kuch ta‘sirini ko‘rsatadi, ajratilayotgan materialning kuchli plastik deformatsiyalanishi qirindini yuqori xaroratgacha qizishini keltirib chiqaradi, shuningdek yuqori kesish tezligi (2400m/min. gacha) xam bunga sabab bo‘ladi. Qirindining xarorati 1000-12000 C ga yetadi, bir qismi uchqun xosil bo‘lishi orqali xavoda yonib ketadi. Issiqlik va kuch ta‘sirida ishlov berilgan yuzaga tuzilmaviy, fizikmexanik xossalarni o‘zgarishlari sodir bo‘ladi, masalan nosoz qatlam hosil bo‘ladi. 117 Bunday ta‘sirlarni kamaytirish uchun materialga ko‘p miqdorda moylovchi – sovutuvchi suyuqlik berish bilan ishlov beriladi. Jilvirlashdagi qirindi xosil bo‘lish jarayonida xam freza tishlari amalga oshiradigan qirindi xosil bo‘lish jarayoni kabi xodisalar kuzatiladi, qirindilar sonini ko‘p, 1minutda 100 mln.gacha juda ingichka qirindi kesiladi. Kichik o‘lchamiga qaramasdan qirindli, metallarni kesib ishlov berishning boshqa turlarida olinadigan qirindi turi va tuzilishiga ega, barcha donalari xam kesishda ishtirok etolmaganligi sababli meyorli qirindi bilan bir qatorda yuqori xaroratda kuygan metall changlari xam olinadi. Ishlov berilgan yuza abraziv donachalar mikroizlari yig‘masi ko‘rinishida bo‘lib, kichik gadir – budurlikka ega bo‘ladi. Ishlov berishning boshqa turlarida ro‘y beradigan umumiy xollar bilan bir qatorda jilvirlash jarayoni quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: -kesuvchi elementlar donalar sonining ko‘pligi ; -noto‘g‘ri shakldagi ko‘p tomonli shaklga ega bo‘lgan, turli gyeometrik shakldagi donalar mavjudligi; -abraziv donalar juda yuqori qattiqlikka va yeyilishga bardoshlilik xususiyatiga egaligi; -jilvirlash doiralari o‘zini-o‘zi charxlash xususiyatiga, ya‘ni jilvirlash jarayonining o‘zida donalarni yangilash xususiyatiga ega. Jilvirlash doiralari ishlashi natijasida donalarni kesuvchi qirralarni sekin-asta sinishi va uning o‘tmaslashishi yuzaga keladi. Ayrim donalar butunlay qo‘porilib birikishdan chiqib ketadi, yani bu ikki xodisadan biriga bog‘liq xolda jilvirlash doirasi sekin-asta o‘tmaslashadi yoki o‘z-o‘zini charxlashi yuz beradi. Tabiiyki jilvirlash doiralarining o‘tmaslashishi yoki o‘zini-o‘zi charzxlash xossalari nafaqat donalari xossalariga balki ularni boglovcxilariga xam bog‘liq bo‘ladi. Agar boglovchining mustaxkamligi kuchsiz bo‘lsa dona to‘la o‘tmaslashgunga qadar chiqib ketadi va undan to‘la foydalanib bo‘lmaydi. Aksincha, bog‘lovchi juda xam mustaxkam bo‘lsa donani to‘la o‘tmaslashgandan keyin xam o‘zida ushlab turadi va u kesmay qo‘yadi, uni to‘g‘rilash zarur, ya‘ni o‘tmaslashgan abraziv donalar qatlamini olmosli qalam bilan kesiladi. Jilvirlash keng tarqalgan, uning yordami bilan detallarga yuqori aniqlikda toza va jilolab ishlov berish mumkin. Turli materiallarga, ayniqsa toblangan po‘latlarga ishlov berish keng tarqalgan. Ba‘zi hollarda jilvirlash samaradorligi bo‘yicha frezalash va tokarlash bilan raqobatlashadi. Xozirgi vaqtda jilvirlash turlarini soni ko‘p. Eng keng tarqalgani-doiraviy tashqi jilvirlash (markazda va markazsiz), ichki jilvirlash, yassi jilvirlash, maxsus jilvirlash(rezba va tish jilvirlash) va boshqalar Markazda doiraviy tashqi jilvirlash. Doiraviy tashqi jilvirlash doiraviy jilvirlash dastgoxida amalga oshiriladi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
MAVZU: Chilangarlik ishlarida metallarni silliqlashga ishlatiladigan materiallar, uskunalar va moslamalardan foydalanish
REJA
|