|
Markazda doiraviy tashqi jilvirlashning uchta turi mavjud
|
bet | 58/60 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 9,35 Mb. | | #158280 |
Bog'liq elektr uskunalariga xizmat klo\'rsatish O\'quv amalyoti O\'qitishMarkazda doiraviy tashqi jilvirlashning uchta turi mavjud:
-bo‘ylama surish bilan;
-chuqurli jilvirlash;
-ko‘ndalang jilvirlash (botirib jilvirlash).
Bo‘ylama surish bilan jilvirlashda jilvirlash doirasi ikki xarakatga ega: o‘z o‘qi atrofida aylanishi va tayyorlamaga nisbatan ko‘ndalang surish. Tayyorlama o‘z o‘qi atrofida aylanma va o‘z o‘qi bo‘ylab ilgarilanma-qaytma xarakatlarga ega. Bunda ko‘ndalang surish tayyorlamaning bo‘ylama yurishining oxirida amalga oshiriladi va uning bir yoki ikki yurishidan keyin amalga oshiriladi (1a-rasm). Jilvirlashni bu usuli nisbatan uzun tayyorlamalar uchun qo‘llaniladi. Doirali tashqi chuqurli jilvirlashda doira faqat aylanma, tayyorlama esa aylanma va ilgarilanma-qaytma xarakatga ega (2-rasm). Bu usul nisbatan kalta silindrik yuzalarni jilvirlash uchun qo‘llaniladi va yuqori unumdorligi bilan farqlanadi, chunki jilvirlash uchun qoldirilgan quyum nisbatan katta bo‘lmagan bo‘ylama surish bilan bir o‘tishda olinadi. Ko‘ndalang surish bilan doiraviy tashqi jilvirlashda, jilvir doirasi aylanma va tayyorlamaga qarab ko‘ndalang surish xarakatiga ega. Tayyorlama faqat aylanma xarakatga ega (3-rasm). Ko‘ndalang surish qiymati tayyorlamaning bir aylanishiga 0,0025 dan 0,02mm. gacha bo‘ladi. Toza jilvirlashda 0,001 dan 0,12 mm/ayl gacha bo‘ladi. Bunday sxemada tayyorlash imkoniyati bo‘lishi uchun jilvirlash doirasining eni tayyorlamaning ishlov beriladigan qismining enidan katta bo‘lishi kerak . Bu usul yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda kalta detallar uchun qo‘llaniladi va keng jilvirlash doirasi bilan ta‘minlangan quvvatli bikr jilvirlash dastgoxini talab qiladi. Usul quyidagi afzalliklarga ega: -yuqori unumdorlikka ega, chunki jilvirlash bir vaqtning o‘zida bir nechta jilvirlash doirasi bilan amalga oshirilgandek bo‘ladi; -tayyorlamani shaklli yoki pog‘onali yuzalar bo‘yicha tegishli ravishda doira to‘g‘rilanib jilvirlash imkoniyatini borligi; b) v) 119 -tayyorlamaning bir nechta pogonalarini xar xil diametrlar bilan bir vaqtning o‘zida ikkita yoki ko‘p sonli jilvirlash doiralarida jilvirlash imkoniyati mavjud.
Doiraviy jilvirlash operatsiyalari.
|
| |