7
bo‘lgan. Chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan o‘lkamizning
hayoti parokanda
holga keltirilga bu davrda aholi nihoyatda qashshoq holda hayot kechirar edi. Dehqon
va hunarmandlar qilgan mehnati evaziga juda kam haq olar edi. Oila boqish o‘ta qiyin
edi. Shu tufayli xalq orasida turli kasalliklar ko‘payib, oddiy betoblik ortidan bevaqt
hayotdan ko‘z yumish holatlari ko‘paygan edi.
“Bemor” hikoyasida har bir qahramon o‘ziga
xos tasvirlangan, har birining
yuragidagi iztiroblari alohida badiiy tasvirlangan.
Asarda qahramon
o‘ylanadi, gapiradi, kuladi, iztirob chekadi.Qahramonning
ruhiy holatlarini
ifodalash uchun adib dialoglardan, turli
holatlardan, so‘zlashuv, ya’ni umumxalq
tilidan o‘rinli foydalanadi.
Abdulla Qahhor hikoyasida bemor faqat Sotiboldining xotini emas,
bu-tun
jamiyat bemor- xasta, najotga zor, tuzalishga muhtoj !
Xuddi shu haqiqatni teran anglaganlari tufayli ham Munavvarqori
Abdurashidxonov, Fitrat, Cho‘lpon singari bizning ko‘plab
bobolarimiz el
yurt dardini o‘ylab, oxiroqibat mamlakatni istiqlolga olib chiqish uchun kuras
hib shu yo‘lda qurbon qildilar. Biz ularning nomlarini
hamisha hurmat bilan
tilga olishimiz kerak.