11
Sotiboldi hayot o’z
charxpalagida gir aylantirib,
sinovli kularni
boshiga solgan
bir obraz edi. U shunchaki
qahramon
emasdi,
balki
yozuvchining
maqsadini
o’zida aks ettirgan edi. A.
Qahhor qahramonni shunchaki
olib kirmaydi asariga, ular asar
bilan birga yashaydi,
ijodkor
ular bilan birga nafas oladi.
Sotiboldi
shu
nafasning
namoyishchisi edi. U chin
ma’nodagi vafodor yor va
sadoqat
timsolini
yaratdi.
Ayoli uchun imkoniyati yetgan
ishlarni qildi. Sotiboldi va
uning
xotini
zamon
sho’xliklarini qurboni bo’lgan
“bemor”
jamiyatning
vakillaridir
Hikoyada
uch
yoshli qiz umid chirog’i
sifatidagi obraz edi. U
jamiyat
nopoklilaridan
holi bo’lgan
birdan-bir
qahramondir. Yozuvchi
qizchani
inson
uchun
so’nggi umid sifatida
asarga
kiritgan, ya’ni
odamzot
hamma
narsasidan ayrilsa ham,
umid
qilishdan
to’xtamasligini ko’rsatib
bergan.
Keyingi qahramon
Abdug’aniboy bo’lib, u
jamiyatning
boy shaxslari
qiyofasini
shakllantirgan
va ularning shaxsiyatiga
oid bo’lgan jihatlarini
ochib
bergan.
Ushbu
qahramon imkoni bo’la
turib,
imkonsiz insonga
yordam berishni istamagan
obrazdir. Uning bu qiyofasi
yozuvchi
yashagan
davrdagi ba’zi o’ziga to’q
insonlarning nokasliklarini
ko’rsatishga
harakat
qilgan.