• Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni.
  • Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
  • Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog`liqligi va usuliy jihatdan uzviy ketma-ketligi




    Download 2.01 Mb.
    bet14/121
    Sana13.05.2023
    Hajmi2.01 Mb.
    #59273
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   121
    Bog'liq
    «ona tili o`qitish metodikasi» fani
    200та1 — копия, 9 informati nazorat ishi, Elektronika 2, Elektronika 3
    Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog`liqligi va usuliy jihatdan uzviy ketma-ketligi.
    Bakalavriyat talablarining til va adabiyotdan olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliyotga tatbiq etib, o‘quvchilarga "Ona tili" va "Adabiyot" fanlaridan dars berish usullarini o‘rgatishga yo‘naltirilgani bilan e`tiborga loyiq bu fan o‘quv rejasidagi bir qator yondosh fanlar bilan uzviy aloqaga egadir.
    "O‘zbek tili va adabiyot o‘qitish metodikasi" fani tilshunoslik va adabiyotshunoslik, psixologiya va pedagogika fanlari bilan aloqador bo‘lgani uchun shu fanlar to‘liq o‘rganib bo‘lingandanso‘ng o‘qitilishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu yaxlit fan "O‘zbek tili o‘qitish metodikasi" va "Adabiyot o‘qitish metodikasi" kabi ikki alohida qismdan iboratdir. Shuning uchun ham bu ikki qismga xos talablar alohida-alohida berilishi ilmiy-metodik jihatdan to‘g`ri bo‘ladi.
    Tilshunoslik yoki adabiyotshunoslikka doir fanlarni o‘zlashtirib olishning o‘zi umumiy o‘rta maktab yoxud o‘rta maxsus ta`lim bosqichida bu yo‘nalishdagi fanlardan dars berish uchun yetarli emas. Buning uchun talabalar xususiy metodikaning talablari, usul va yo‘llaridan xabardor bo‘lishlari kerak. Shuningdek, pedagogika fanlari tizimiga kiradigan "O‘zbek tili va adabiyot o‘qitish metodikasi" fani pedagogika, psixologiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix singari yondosh ilmlar bilan chambarchas aloqadadir.
    Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni.
    Umumta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, shuningdek, oliy maktab filologik ta`limini yo‘lga qo‘yishda ushbu fan hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Negaki, o‘zbek tili va adabiyot o‘qitish metodikasi tizimdan o‘rin olgan boshqa har qanday fanni o‘qitishning samaradorligi uchun tayanch hisoblanadi.Shuning uchun ham "O‘zbek tili va adabiyot o‘qitish metodikasi" fanini to‘liq o‘zlashtirish nafaqat ta`lim tizimi, balki xalq xo‘jaligining boshqa sohalari uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.
    Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
    O‘quv jarayoni bilan bog`liq ta`lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma`ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg`or pedagogik texnologiyalardan va multimediya vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
    “Ona tili o‘qitish metodikasi” fani kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:

    Download 2.01 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   121




    Download 2.01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog`liqligi va usuliy jihatdan uzviy ketma-ketligi

    Download 2.01 Mb.