• Ko`rsatmalilik va onglilik prinsiplari.
  • Ona tilini o`qitishning umumdidaktik va o`ziga xos prinsiplari




    Download 292.08 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/8
    Sana18.05.2023
    Hajmi292.08 Kb.
    #61443
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Bobaniyazova Zaripa Xudayberganovna
    Hisobvaraqlar rejasi, Jabborov Nodirbek\'s presentation
    Izchillik prinsipi.  
    Ta`lim izchilligi uchun tizimlilik o`lchov hisoblanadi. Bu haqda 
    Ya.A.Komenskiy aytadi: “Mashg`ulotlarni shunday o`tkazish kerakki, unda 
    keyin o`rganiladigan hodisa o`rganilganlarga asoslansin, hozirgisi 
    keyingilarini o`rganishda mustahkamlansin”.
    Haqiqatdan ham, o`quvchilarning nutqiy tayyorgarligiga tayanish, 
    ularning oldingi sinflarda hosil qilgan bilimlarini hisobga olish, o`rganilgan va 
    o`rganiladigan bilimlar urtasida aloqadorlikni ta`minlashga izchillik prinsipi 
    orqali erishiladi.
    Masalan: ot, uning ma`nosi, suroklari, birlik va ko`plikda, kelishik, egalik 
    qo`shimchalari bilan qo`llanishi kabi boshlang`ich ma`lumotlarga tayanib, 
    o`quvchilar ot so`z turkumi vositasida so`z birikmalari va gaplar kurishni 
    o`rganishi tizimli va izchil bilim olishga zamin hozirlaydi.
    Ko`rsatmalilik va onglilik prinsiplari.  
    Ta`limda ko`rsatmalilikdan foydalanish o`tiladigan mavzuni zoxiriy 
    ifodalash va egallangan bilimlarni takrorlash va mustahkamlash yuzasidan 
    belgilanadi. Boshlang`ich sinflarda uyunchoqlar, rasmlar, narsa buyumlarni 
    bevosita kuzatish, ushlash va ularning mantiq-mohiyatini chuqurroq 


    anglashga, qurilganlarni og`zaki ifodalash ehtiyoji esa o`quvchida boyitish, 
    mustaqil mushohada ko`nikmasini rivojlantirishga, birlamchi nutqiy 
    malakalar hosil bo`lishiga yordam beradi.
    Yuqori sinflarda xususan, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 
    ko`rgazmalilikni yanada kengroq qamrovda tashkil qilish maqsadga 
    muvofiq. Turli timsoliy belgilar, rangli jadvallar, lingafon , magnitafon, 
    diktafon, radio va televideniya ko`rsatuvlari, o`quv

    o`rgatuv 
    texnikasining
    so`ngi
    yutug`lari: kopmyuter
    multimediya, 
    kolidoskop, vodeoglaz singarilardan unumli va samarali foydalanish 
    o`quvchining ijodiy va nutqiy barkamolligini tanlash, ma`naviy 
    dunyoqarashini kengaytirishga shart-sharoit yaratadi.
    Zamonaviy darslik va o`quv qo`llanmalarini takrorlash, umumlashtirish, 
    egallangan buyumlarni mustahkamlashga qaratilgan grammatik jadvallar, 
    kompyuterda ishlashga yunaltirilgan dasturlar, fikrlash jarayonini 
    jadallashtirishga qaratilgan o`quv topshiriqlari, ijodiy tafakkur doirasini 
    kengaytiruvchi savol, topshiriq va boshqotirmalar bilan boyitilishi maqsadga 
    muvofiq.
    O`quvchi shaxsida nutqiy tadbirkorlik, notiqlik san`ati kurtaklarini 
    rivojlantirish, og`zaki va yozma matn yaratish malakasini shakllantirish 
    e`tibordan chetda qolib ketmasligi lozim.
    Til hodisalarini o`rganishda eng samarali va sinalgan grammatik 
    vositalardan biri ko`rgazmali kommunikativ jadvallardir.
    Kommunikativ jadvallar ishlatilishi maqsadiga ko`ra turlicha bo`ladi:
    1. 
    Leksik jadvallar.
    2. 
    Fonetik jadvallar.
    3. 
    Grammatik jadvallar.
    4. 
    Imloviy (orfografik) jadvallar.
    5. 
    Stilistik uslubiy jadvallar.
    6. 
    Aralash jadvallar (imlo va so`z yasalishi fonetika va so`z tarkibi) 
    Jadvallar yasalgan materialiga ko`ra ikki xil ko`rinishda bo`ladi.
    1. 
    Bosma (grafik) jadvallar (har xil hajmli oq qog`oz yoki materialga
    ishlanadi)
    2. 
    Slayd jadvallar (rangsiz kleyonkaga rangli tasvirda tushuriladi)
    Bundan tashqari hozirgi o`zbek adabiy tilini o`rganishda zamonaviy 
    texnika vositalari bo`lmish:
    1. 
    Lingafondan foydalanish ya`ni eshituv a`zolari orqali to`g`ri 
    talaffuzki, qiroat san`atini o`rganish;
    2. 
    Video kurs: o`zbek tilining talaffuz me`yorlari audio-video 
    muloqotini o`rganish.


    3. 
    Kommunikativ 
    savodxonlikni 
    ta`minlashga 
    qaratilgan 
    kompyuter o`quv dasturlaridan foydalanish yaxshi natijalarga olib keladi. 
    Masalan:

    imloviy dasturlar (bunda o`quvchining imlo savodxonligini oshirishga 
    qaratilgan o`quv mashqlari disketlarga joylanadi);

    fonetik hodisalar kompyuter dasturi (bunda fonetika bo`yicha o`quv
    mashqlari disketlarga beriladi);

    Grammatik dastur (morfoligiya va sintaksis o`quv topshiriqlari tuzilib,
    disketlarga joylashtiriladi);

    Stilistik (uslubiy) dastur. Bunda o`quvchining uslubiyat bo`yicha 
    egallagan bilim va ko`nikmalarini shakllantirish, so`z tanlash, gapni 
    kengaytirish va ixchamlashtirish, berilgan matnni davom ettirish va matn 
    yaratishning bosqichli tizimi (MYaBT) ustida ishlash uchun mo`ljallangan 
    savol va topshiriqlar, mashqlar, ma`rifiy hamda topshiriqli rasmlar (mustaqil 
    matn yaratish uchun) beriladi.

    Audio-vedio dasturlar. Ularda muayyan bir sharoitda bo`lib o`tgan 
    uchrashuvlar, ilmiy-amaliy kengash va anjumanlar, marosimlar (yubiley, 
    to`y, kelin salom, beshik to`yi); bayramlar – Mustaqillik kuni, Navro`z 
    taronalari, yangi yil oqshomi, bitiruvchilar kechasi (oqshom) tasvirlari 
    videotasmalarga tushirilib, videokassetalarga tartib bilan joylahtiriladi.
    Yuqorida keltirilgan o`quv dasturlaridan 1-, 2-, 3 – si so`z boyligini 
    oshirish, fonetika, orfoefiya, leksikologiya, morfologiya, va sintaksis 
    yuzasidan egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash 
    uchun tavsiya etilgan bo`lsa, 4- va 5- dasturlar o`quvchining yozma va 
    og`zaki nutqini shakllantirish, matn yaratish malakalarini rivojlantirish uchun 
    mo`ljallangan.
    Bundan tashqari hozirgi o`zbek adabiy tilini o`rganish jarayonini 
    kodoskop, mul`timedia, “Videoglaz” kabi zamonaviy va zaruriy o`quv 
    texnikasi bilan ta`minlanishi, ularning o`quv muassasalarida mavjud bo`lishi 
    hamda amaliyotga tatbiq etilishi bugungi kunning dolzarb vazifasi 
    hisoblanadi.
    Hozirgi kunda o`zbek tili o`qitish metodikasi fanini yutuqlari bilan 
    boyitilmoqda, yangi avlod darslik va o`quv qo`llanmalari yaratilmoqda.
    Ulardan biri Sizning e`tiboringizga havola qilinayotgan “Hozirgi o`zbek 
    adabiy tilini o`rganishda kommunikativ jadvallardan foydalanish” nomli 
    yangi o`quv qo`llanmasidir. Unda asosiy e`tibor so`z boyligini oshirish, 
    egallangan Grammatik bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va 
    umumlashtirish, so`zlash va so`z tanlash mahoratini, matn yaratish hamda 
    nutq madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.


    Qo`llanmaga ilova qilingan kommunikativ ko`rgazmali jadvallar 
    o`zbek adabiy tilida qo`llaniladigan barcha til hodisalarini qamrab olgan 
    bo`lib, test topshiriqlari tuzish va uni echishda zaruriy ashyo vazifasini o`taydi.
    Ona tili darslarida, kodoskop va videoglaz singari o`quv texnikasidan 
    samarali foydalanish mumkin. Chunonchi, kodoskop yordamida slayd – 
    jadvallarni maxsus ekranga tushirish mumkin bo`lsa, videoglaz barcha 
    tasviru – yozuvlarni, ko`zga ko`rinadigan barcha jonzotu mavjudotlarni, test 
    topshiriqlaridan tortib, insho matnlarigacha teleekranga chiqarib berishi 
    mumkin.
    “Videoglaz” ga nisbatan kodoskopning imkoniyatlari 
    ancha
    chegaralangan. Kodoskop faqatgina shaffof plyonkadagi tasvirlarni 
    ekranga chiqarishga moslashtirilgan. Oq qog`ozdagi tasvir kodoskopda 
    ko`rinmaydi. Shuning uchun ekranga tushirilishi lozim bo`lgan har bir tasvir 
    (test, yozuv, shakl) rangsiz (shaffof) plyonka varrakchalarga rangli 
    flomasterlarda yozilishi maqsadga muvofiq.
    Uyga berilgan topshiriqni plyonkada bajarib kelgan o`quvchi o`z ijodiy 
    ishini ekranga tushirib, o`rtoqlari muhokamasiga tashlashi, o`z fikri va 
    yaratgan yangiligini himoya qilishi, to`g`ri yoki noto`g`riligi aniq bir xulosa va 
    echimga kelihi mumkin.
    Ta`lim texnologiyasida “portlash” effektini beradigan eng yangi 
    texnika vositasi bu- “Videoglaz”. Uning ishlatilishi ko`lami, ichki imkoniyatlari 
    benihoya keng bol`ib, o`qituvchidan katta ijodiy tajriba va pedagogic 
    mahoratini talab qiladi.
    “Videoglaz” ning qulayligi, benuqsonligi shundaki, u videokameraga 
    uxlash ko`z vazifasini o`taydi. Unda hamma narsa bevosita teleekran yoki 
    ko`chma ekranga qayta tasvir uchun uzatilaveradi. Bu ta`lim jarayonida 
    tafakkurning mutlaq tantanasiga, inson aqlu zakovatining turli qirralarini 
    ochib beruvchi, bolaga o`z iqtidorini namoyish qilish imkoniyatini yaratib 
    beruvchi omilga aylantiradi.

    Download 292.08 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 292.08 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ona tilini o`qitishning umumdidaktik va o`ziga xos prinsiplari

    Download 292.08 Kb.
    Pdf ko'rish