O`quvchilarni yoshi va shaxsiy xususiyatlari hamda o`quv




Download 292.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana18.05.2023
Hajmi292.08 Kb.
#61443
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bobaniyazova Zaripa Xudayberganovna
Hisobvaraqlar rejasi, Jabborov Nodirbek\'s presentation
O`quvchilarni yoshi va shaxsiy xususiyatlari hamda o`quv 
imkoniyatlarini hisobga olish prinsipi. Ta`lim jarayonida o`quvchilarning 
yoshi va shaxsiy xususiyatlari hamda o`quv imkoniyatlarini hisobga olish 
didaktikaning eng muhim prinsilaridan biri bo`lib, u ona tili o`qitish 
samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu prinsipga amal 
qilmay turib, til hodisalarini puxta va ongli o`zlashtirishga erishib bo`lmaydi.
Masalan: “Ko`chirma va o`zlashtirma gap” mavzusini o`rganishda 
quyidagi tarbiyaviy mantdan foydalansa bo`ladi.
O`g`ri.  
Bir boyning tillasi yuqolibdi. U qoziga borib arz qilibdi. Qozi 
da`vogarning uyidagi hamma xizmatkorlarni to`plab, har biriga bittadan 
tayoq beribdi. Qozi da`vogarning uyidagi hamma xizmatkorlarni to`plab, 


har bittadan tayoq beribdi. Ularga: “Kimda kim pul o`g`irlagan bo`lsa, 
uning tayog`i ertaga bir enli uzayib qoladi: -debdi.
Hamma tarqalib o`z ishi bilan mashg`ul bo`libdi. Lekin o`g`ri vahimaga 
tushibdi:
tayog`i uzayib, siri ochilib qolishdan qo`rqibdi. Natijada u tayog`idan 
bir enlikcha yerini qirqib tashlabdi.
Topshiriq. 1. Matnni tugating. Boshqa sarlavha toping.
2. 
1-2 gaplar shaklini o`zgartiring.
3. 
Qozi aytgan gapning mazmuniga e`tibor bering. Uni o`z 
so`zingiz bilan ayting.
4. 
Tilla, pul, qozi so`zlariga ma`nodoshlar toping.
Masalan: “Gapning uyushiq bo`laklari” mavzusini o`rganishda 
Mahmud Qoshg`ariyning “Devonu lug`atit turk” asaridan keltirilgan 
matndan foydalanish mumkin. “Men turklar, turkmanlar, ug`izlar, chigillar, 
yag`molar, qirg`izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko`p yillar kezib 
chiqdim, lug`atlarni to`pladim, turli so`z xususiyatlarini o`rganib, aniqlab 
chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganligim uchun emas, balki bu tillardagi 
har bir kichik fikrni ham aniqlash uchun qildim. Ularga shunchalik diqqat 
qildimki, bu tillar butunlay dilimga jo bo`ldi. Ularni har tomonlama puxta, bir 
asosda tartibga soldim”.
Topshiriq. 1. Matnni diqqat bilan o`qing va sarlavha toping.
2. 
Men bu ishlarni mazkur tillardagi har bir kichik farqlarni ham 
aniqlash uchun qildim”,- degan gapning mazmuniga diqqat qiling.
3. 
Gap shakllarini o`zgartirib, o`z so`zingiz bilan ayting.
Ona tili darsligi uchun tanlangan mantlar ta`limiy va tarbiyaviy 
yo`nalishda, rangbarang mavzularda, shaklan va mazmunan mukammal, 
mantiqan to`g`ri, tili soda va ravon, o`qituvchi uchun tushunarli bo`lishi 
maqsadga muvoviqdir. Ana shundagina matn, matn yaratish tizimi va 
matn tahlili o`quvchi uchun zarur bo`lgan natijani beradi – kommunikativ 
savodxonlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Metodikada ilmiylik prinsipi – o`quv predmetlarini hozirgi fan yutuqlari 
zaminida bayon qilishi talab etsa, tushunarlilik prinsipi o`quv predmetlarini 
bolalarning yoshi, shaxsiy xususiyatlari, hayotiy tajribalari, tayyorgarlik 
darajasiga moslashtirishni, ya`ni oddiydan murakkabga, xususiydan 
umumiyga borishni taqozo qiladi.
Ona tili o`qitish metodikasida ilmiylik va tushunarlilik prinsiplariga bir-
birini to`ldiradigan va dars samaradorligini ta`minlaydigan yagona prinsip 
sifatida qaraladi. Bu ikki prinsipni parallel ravishda amalga oshirishda.



til fanidagi tushuncha va atamalarning ma`nosini sharhlash, 
atroflicha, atroflicha tahlil qilish, puxta o`zlashtirishni ta`minlash;

til sathlarini o`zaro aloqadorlikka o`rganish;

til va nutqni farqlab o`rganish usul va vositalarini topish va amaliyotda 
qo`llash.

o`quvchilarning yosh imkoniyatlarini, zehni, iqtidorlarini hisobga olish, 
mustaqil ijodiy fikrlash, uning mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og`zaki 
va yozma tarzda to`g`ri, sodda, ravon ifodalash ko`nikmalarini shakllantirish 
va rivojlantirishga yo`naltirilgan lingvopsixologik o`yin-topshiriqlardan 
foydalanish ko`zda tutiladi.
Masalan: kecha va kunduz so`zlarining uxshash va farqli tomonlarini 
aniqlang va sharhlang.
1. Uxshashlik: berilgan kucha va kecha so`zlar:

harflar sonining tengligi;

bir xil undosh bilan boshlanishi;

talaffuz ohangidagi yaqinlik;

oxirgi bug`unning – cha bilan tugallanishiga ko`ra bir-biriga yaqin 
talaffuz qilinadi.
2. Farqi: birinchi bug`undagi ikki xilligi;
- lug`aviy ma`nosi; kecha-tun, oqshom; kucha-aholi yashaydigan 
joylarda yulovchilar o`tib turadigan, transport qatnaydigan yo`l.

Download 292.08 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 292.08 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`quvchilarni yoshi va shaxsiy xususiyatlari hamda o`quv

Download 292.08 Kb.
Pdf ko'rish