Mustaqillik va faollik prinsipi




Download 292.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana18.05.2023
Hajmi292.08 Kb.
#61443
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bobaniyazova Zaripa Xudayberganovna
Hisobvaraqlar rejasi, Jabborov Nodirbek\'s presentation
Mustaqillik va faollik prinsipi.  
Mustaqillik va faollik orqaligina o`quvchi ta`limining faol sub`ektiga 
aylanadi. Mustaqillik faollik uchun sharoit yaratsa, faollik mustaqillikni 
tarbiyalashga asos bo`ladi.
“Agar bolalar erkin fikrlashni o`rganmasa, berilgan ta`lim samarasi 
past bo`lishi muqarrar. Albatta bilim kerak. Ammo bilim o`z yo`liga. Mustaqil 
fikrlash ham katta boylik”, - deb ta`kidlaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov.
Kishining mustaqil aqliy faoliyat ko`rsatishi mustaqil fikrlashi orqaligina 
amalga oshirilishi hech kimga sir emas. A.Disterverg aytganidek: “Mustaqil 
faoliyatga etaklovchi ta`lim haqiqatga, go`zallikka, ezgulikka xizmat qiladi, 
xarakter va ishonchli tarbiyalaydi”.
Mashg`ulotlarda mustaqil ishlarni tashkil etish, qo`yilgan muammo, 
savol, topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqib, o`quv jarayonini boshqaradi, 
yosh avlodda mustaqillik va faollikni tarbiyalaydi. Bu esa:

o`zlashtirilgan bilimlardan amaliyotda foydalanish ko`nikmalarini
shakllantiradi va o`stiradi;

o`quvchilar o`z kuchiga, o`z bilim imkoniyatlariga ishonchni 
mustahkamlaydi;



bilim, hissiy aniq tasavvur hosil qilish bilan birga ta`rifu-tasniflarning 
mohiyatini anglashga, tasavvurni tushuncha darajasida o`zlashtirishga olib 
boradi.
Ona tili mashg`ulotlarida asosiy e`tibor o`quvhilardagi ijodiy fikr 
mahsulini mustaqil va izchil bayon etishga, so`z boyligini oshirishga qaratilishi 
lozim.
O`quvchi har bir mashg`ulotda mustaqil va ijodiy ishlashi, tilning 
mavjud imkoniyatlaridan unumli foydalanishi, so`z boyligini oshirishi, so`zning 
ma`nosi, urg`usi mohiyatiga qarab o`z nutqida qo`llashi, ravon va tiniq 
so`zlash malakasini egallashi darkor.
Masalan: 1-topshiriq …il, …ul, …ol so`zlari oldiga bir undosh qo`shib, 
yangi so`zlar yasang.
Bil, dil, jil, zil, yil, nil, sil…
Bul, gul, kul, pul, tul, shul, kul…
Bol, lol, mol, tol, fol, pol, hol, kol…
2-topshiriq hosil bo`lgan so`zlarning ma`nodosh va uyadoshlarini 
toping.
Namuna: bil-o`rgan…, bul, shul, ushal, bol-asal.
Ularning ma`nolarini sharhlash orqali o`quvchining nutqiy malakasini 
shakllantiradi.
3-topshiriq o`quvchilar o`zlari topgan so`zlar ishtirokida so`z birikmalari 
hosil qiladilar, matn yaratadilar.
Til mashg`ulotlarida bunday o`yin – topshiriqlardan foydalanish 
yoshlarni mustaqil fikrlashga, darsda faol qatnashishga undaydi. Mustaqillik 
va faollik prinsiplarini amalda qo`llash ta`lim tizimini takomillashtirishda
o`quvchilarning bilish faoliyatini, mustaqilligini tarbiyalashda yaxshi natija 
beradi.

Download 292.08 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 292.08 Kb.
Pdf ko'rish