• Saytlarni yaratish va targ’ib qilish
  • Internetda biznes qilish yo’llari




    Download 22.58 Kb.
    bet4/7
    Sana30.04.2023
    Hajmi22.58 Kb.
    #55103
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Tursunbekov Aybek Muxitdinovich
    malumotlar bazasi, 10-mavzu, 1-mavzu seminar pedagogika, 2-mavzu seminar pedagogika, 3-mavzu seminar pedagogika, USMONOV HVT 9, HRM KURS ISHI USMONOV
    Internetda biznes qilish yo’llari
    Agar odam, onlaynda biznes ochishga o’zida ishonch va xohishni sezsa, uning oldida, qanday biznes bilan shug’ullanish kerak degan tushinmovchilik turadi.
    “Barcha yo’nalishlar band, agar, yangi bir nima o’ylab topsan, uning ham xaridori topilishi amri mahol” – doimo rivojlanishiga xalaqit qiladigan, qo’rquv, millioner bo’lishdan o’zini o’zi aldaydigan, endi boshlayotgan odamning o’z harakatsizligini oqlash uchun, miyasiga birinchi bo’lib keladigan, oddiy misolni keltirdim. Lekin, biz barchamiz xayolan millionerlarmiz va barchamiz, hayotda ham millioner bo’lishimiz mumkin. Buning uchun, xohlashimiz va harakat qilishni boshlashimiz kerak xolos.
    Har qanday sharoitda ham, urinib ko’rishdan cho’chimang. Mayli, sizdan oldin ko’pchilik bu ishni qilgan bo’lsin, mayli, bunday takliflar internetda juda ko’p bo’lsin. Chunki siz, baribir unga o’zingizning shaxsiy g’oyangizni qo’shasiz va u sizniki bo’lib taniladi, siz esa, mualliflik maqomiga ega bo’lasiz.
    Oldin qanday g’oyalardan foydalanishganliklariga eslang, va asosiysi, ular hozir ham juda yaxshi ishlayapdi. Bunday g’oyalar, bir yil oldin, besh yil oldin ham o’z egalariga foyda keltirgan va bundan keyin ham keltiradi.
    Saytlarni yaratish va targ’ib qilish
    Internet faqat aloqa vazifasini bajarishdan ko’ra ko’proq, pul ishlash manbaiga aylanib borayotganini siz ham sezgan bo’lsangiz kerak. Shuning uchun, shaxsiy sayt yoki blogga ega bo’lish ayni muddao deb hisoblayman. Bu yo’lda biznes qilishni juda kichik sarmoya kiritish bilan yo’lga qo’yish mumkin.
    Biznesning bu turi haqida juda ko’p malumotlarni internetda topishingiz mumkin, lekin, ularning aksariyat foydalilari rus va ingliz tillarda.
    Bu yo’lda tajribangiz bo’lsa-yu, o’z shaxsiy sayt yoki blogingiz bo’lishini istamasangiz, shu ishni qilayotgan odamlarga yordam berish orqali ham biznes qilishingiz mumkin. Masalan, sayt dizaynini qilish, banner yasash, saytlarni optimallashtirish va targ’ib qilish, saytlarni malumot bilan to’ldirishda yordamlashish va hokazolar.
    Darvoqe, saytlarni malumot bilan toldirishni, biznes emas, balki, internetda pul ishlash deyish mumkin. Buni haqiqiy biznesga aylantirish uchun, maqola yozuvchilar agentstvasini ochsangiz bo’ladi. Bu nima degani? O’zingizning xususiy agentlik saytingizni ochasiz va maqola yozuvchi va suratchilarning bir nechitasini yig’ib, gaplashasiz. Ularni, Rabota.uz, OLX.uz ga o’xsagan saytlardan topishingiz mumkin va, buyurtmachilardan buyurtmalarni qabul qilib, maqola yozuvchi va suratkashlarga buyurtmalarni bajartirasiz. Shunday qilsangiz, birinchi buyurtmachi o’zim bo’laman.
    Qisqa qilib aytganda, saytingizda ko’rsatadigan xizmatlaringiz ro’yxati va narxlarini ko’rsatasiz va bizga o’xshagan web masterlarga xizmat ko’rsatasiz.

    Download 22.58 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 22.58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Internetda biznes qilish yo’llari

    Download 22.58 Kb.