• Trafikni avtomatik tartibga solish.
  • Xulosa
  • Multiservisli foton tarmogi bo‘g‘inining umumiy tuzilishi
  • Nazorat tekisligi darajasi




    Download 1 Mb.
    bet136/160
    Sana13.01.2024
    Hajmi1 Mb.
    #136728
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   160
    Bog'liq
    Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

    Nazorat tekisligi darajasi. Multiservisli foton tarmog'i quyidagi xizmatlarni taqdim etuvchi GMPLS nazorat tekisligi xizmatlaridan foydalanadi:
    — ochiq ulanishni avtomatik taqdim etish — so'rovga boshqa- rishning tarmoq stansiyasida ishlov beriladi. Dasturiy ta’minot eng yaxshi marshrutni aniqlaydi va signal protokollari orqali qaror tarmoqqa qo'llaniladi. Talab (so'rov) kommutatsiya turini (OKK, OKP va OKV) va tanlab olingan kommutasiya turi bilan bog'liq qo'shimcha parametrlarni aniqlaydi. Agar tarmoqda bo‘sh resurslar bo'lmasa, so'rov rad qilinishi (qabul qilinmasligi) mumkin.
    Talab bo'yicha o'tkazish polosasi (BoD) yorug'lik yo‘li kabi, qo'shimcha transport obyektlariga dinamik so'rovlar qilishga, shuningdek, mantiqiy xonalarni mantiqiy bo'shatishni amalga oshirishga imkon beradi.
    Trafikni avtomatik tartibga solish.
    Optik virtual xususiy tarmoq O-VPN — foydalanuvchiga foton tarmog'ining ma’lum qismining tarmoq resurslarini to'liq nazoratni amalga oshirishga imkon beradi. Foydalanuvchilar tarmoqning bu qismini tarmoq resurslari ustidan to'liq nazorat qilsalar ham, O- VPN bor-yo'g'i tarmoqning mantiqiy qismidir va oxirgi foydala­nuvchilar butun operator tarmog'ini ko'rmaydi va unga kira olmaydi. Xizmat oxirgi foydalanuvchilarga turli xil transport obyektlarini taqdim etishga imkon beradi. Oxirgi foydalanuvchilar foton tarmog'ining berilgan qismi ichida ulanishlarni yarata oladi va yo'q qila oladi. •

      1. rasmda multiservisli foton tarmog'i bo'g'inining tuzilishi ko'rsatilgan.

    Foton tarmog'ining barcha komponentlari quyidagi sinflarga bo'linadi: '

    • kommutatsion elementlar;

    • transport interfeyslari;


    321


    www.ziyouz.com kutubxonasi


    • tarmoqni boshqarish elementlari va interfeyslari.

    Bo‘g‘inda quyidagi kommutatsion elementlar mavjud:

    • tolalarning optik kommutatori (OFX);

    • kanallarning optik kommutatori (OPX);

    • paketlarning optik kommutatorlari (OPX);

    • chayqalishlarning optik kommutatori (OBX);

    • mijozlar interfeyslari kommutatori (CIX).

    Foton tarmog‘i bo‘g‘ini kommutatsion elementlar orasidagi interfeyslarni qo‘llab-quwatlaydi:

    • kanallar kommutatsiyasini qo'llab-quwatlovchi interfeys (CSCI);

    • paketlar kommutatsiyasini qo‘llab-quvvatlovchi interfeys (PSCI);

    • chayqalishlar kommutatsiyasini qo'llab-quwatlovchi inter­feys (BSCI).

    Yuqorida sanab o‘tilgan ichki interfeyslardan tashqari bo‘g‘in so‘rov (talab)larga foydalanuvchi — tarmoq interfeysi (UNI) orqali xizmat ko‘rsatadi.
    Tarmoqni boshqarish va nazorat qilish elementlari hamda inter­feyslari:

    • tarmoqni boshqarish va nazorat qilish bo‘g‘ini;

    • tarmoqni boshqarish va nazorat qilish stansiyasi;

    • boshqarish va nazorat qilish interfeysi.


    Xulosa
    Shunday qilib, optik kross-konnektorlar negizidagi to‘liq optik tarmoqlar elektron kommutatsiya sistemalari negizidagi optik tarmoqlarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:

    1. uzatilayotgan axborotning sig'imi. Optik kross-konnektorlar optik tolaning o‘tkazish polosasidan yanada to‘laroq foydalanishga imkon beradi, buning hisobiga tarmoq bo'yicha uzatilayotgan axborotning sig‘imi ko‘p marta ortadi;

    2. qarab chiqilgan tarmoq multiservis tarmoq hisoblanadi. Telekommunikatsion xizmatlarning butun spektrini jalb qilish va foydalanish uchun foydalanuvchi ko‘pgina turli operatorlar va provayderlarga murojaat qilishi kerak emas, barcha xizmatlardan


    322


    www.ziyouz.com kutubxonasi


    '.ziyouz.com kutubxonasi







    ОРХ - paketlarning optik kommutatori;
    OBX — chayqalishlaming optik kommutatori.


    Boshqa
    bo'g'inlarga

    \


    12.14-rasm. Multiservisli foton tarmog'i bo‘g‘inining umumiy tuzilishi


    foydalanuvchilar tarmoqning bitta operatori bilan qoniqishlari mumkin;



    1. fotonli tarmoq keng miqyosli hisoblanadi va yangi iste’mol- chilarni osonlik bilan ulanishga jalb qilishga imkon beradi. Telekommunikatsiya tarmog'ida yangi daraja — intellektual fotonli darajaning paydo bo'lishi hisobiga tarmoqda yangi imkoniyat paydo bo'ldi — o'tkazish polosasini talabga ko'ra ajratish imkoniyati paydo bo'ladi, u qo'shimcha transport sig'imiga dinamik so'rovlarga xizmat ko'rsatishga, shujumladan, kanallarni mantiqiy bo'shatishni amalga oshirishga imkon beradi;

    2. optik virtual xususiy tarmoq — O-VPN foydalanuvchiga fotonli tarmoqning ma’lum qismining tarmoq resurslarini to'la nazorat qilishga imkon beradi. Xizmatlardan foydalanuvchilar tarmoqning bu qismidagi tarmoq resurslari ustidan to'liq nazorat qilsalar ham, O-VPN tarmoqning bor-yo'g'i mantiqiy qismi va xizmatlardan foydalanuvchilar butun operatorlik tarmog'ini ko'r­maydi va unga kira olmaydi. Xizmatlardan foydalanuvchilar fotonli tarmoqning berilgan qismi ichida ulanishlarni yaratishlari va yo'qotishlari mumkin, ya’ni xizmatlarning yirik iste’molchilari o'z optik tarmoqlarini qurishlari shart emas, balki O-VPN xizmatini ulashlari yetarli;

    3. qarab chiqilgan fotonli tarmoqda himoya qilish va tiklash- larning turli xil texnikalari mavjud;

    4. multiservisli foton tarmog'i OTN bilan himoyalash va tiklashning turli xil topologiyalari hamda texnikalari o'rtasidagi o'zaro aloqani bor qiladi.


    Download 1 Mb.
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   160




    Download 1 Mb.