• 13.1. Texnik ekspluatatsiya jarayonini tashkil etish
  • МВЙВМЯМЙМВЯМ
  • Optik aloqa asoslari




    Download 1 Mb.
    bet139/160
    Sana13.01.2024
    Hajmi1 Mb.
    #136728
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   160
    Bog'liq
    Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

    6-bo‘lim
    TOLALI OPTIK ALOQA UZIM LARI VA
    TARMOQLARINI TEXNIK EKSPLUATATSIYA
    QILISH


    13-bob. TOLALI OPTIK ALOQA TIZIMLARI VA
    TARMOQLARINI TEXNIK EKSPLUATATSIYA QILISH

    VA BOSHQARISHNI TASHKIL ETISH BO‘YICHA
    ASOSIY QOIDALAR

    13.1. Texnik ekspluatatsiya jarayonini tashkil etish
    Zamonaviy TOAT (tolali optik aloqa tizimi) jihozlarining ko‘p funksionalligi (signallarni generatsiyalash va o'zgartirish, ularni fUtrlash va kuchaytirish, korreksiyalash va regeneratsiyalash va boshqalar), ko‘plab o'zaro bog'liq element va qurilmalarning mavjudligi, ularning ish sifati darajasining turliligi va murakkabligi bilan farq qiladi. Tolali optik uzatish tizimlarining bir yoki boshqa tugunlarida bitta yoki hattoki, bir necha elementlarning rad etishi tizimning ish qobiliyatini butunlay yo'qotishiga olib kelmaydi, faqatgina uning ish sifati va samaradorligini kamaytiradi.
    TOAT jihozlarning murakkablashuvi, ularning o'tkazish qo- biliyatining o‘sishi, kanal va traktlar sonining ko'payishi, ularning ish mexanizmiga axborot texnologiyalarining kiritilishi, ularning ishonchliligi va sifat barqarorligini oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi va ekspluatatsiyasini tashkil etishga bo‘lgan talablarni aniqlaydi. TOAT texnik ekspluatatsiyasining asosiy atama va tushun- chalarini ko‘rib chiqamiz.
    Ekspluatatsiya so‘zi nimadandir foyda olishni yoki ishlatishni anglatadi (keng ma’noda inson tomonidan ishlab chiqaruvchi kuchlarni talab va ehtiyojlarni qondiruvchi biror-bir amaliy maq- sadlar uchun tizimli ishlatilishini anglatadi) [1]. Ekspluatatsiya — TOAT ish davrining hayotiy bosqichi bo'lib, o‘zida TOAT quril- malarini sozlash va montaj qilishni, uni vazifasi bo‘yicha ishlatishni, profilaktik texnik xizmat ko‘rsatishni, rad etishlardan keyin qayta tikiash va ta’mirlashni mujassamlaydi. TOAT va uzatish liniyalari


    326


    www.ziyouz.com kutubxonasi




    qurilmalari ishining maksimal samaradorligiga erishishga yo‘nal- tirigan tashkiliy-texnik tadbirlar va axborot-dasturiy vositalar majmuasi texnik ekspluatatsiya (ТЕ) tizimini tashkil etadi. Eksplua- tatsiya jarayoni inson tomonidan bevosita yoki vositalar orqali texnik ekspluatatsiya obyekti (TEO)ga ta’sir etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. TEOga tolali optik uzatish tizimi, ularning apparaturasi va uskunasi, qurilmalari, tugunlari, bloklari va elementlari kiradi. Tolali optik uzatish tizimining tarkibiy qismi, masalan KHQQ — kanal hosil qiluvehi qurilma, uzatish liniyasi, oraliq kuchaytirgichlar va regeneratorlar elementlar deyiladi. ТЕ jarayonida ekspluatatsion operatsiyalami amalga oshiruvehi kishilar xizmat ko‘rsatuvchi yoki texnik xodim deyiladi. ТЕ jarayoni, uning qonuniyatlari, xarakte- ristikalari, tashkil etish va amalga oshirish usullarini o‘rgatuvchi fan texnik ekspluatatsiya nazariyasi hisoblanadi.
    Texnik ekspluatatsiya - aloqa korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatining asosiy qismi hisoblanadi. Tarmoqning texnik eksplua- tatsiyasi texnik xizmat ko‘rsatish usullari va algoritmlari majmuasini namoyon etib, istalgan texnik ekspluatatsiya obyektining o‘rnatilgan normalarini talab darajasida saqlaydi va tashkil etadi.
    Texnik ekspluatatsiyada texnik xizmat ko'rsatish va ta’mirlash asosiy tushinchalardan hisoblanadi:

    • texnik xizmat ko‘rsatish (TXK) — xizmat muddati davomida TEOning vazifasi bo‘yicha ishga qobiliyatliligi va sozligini ta’minlash bo'yicha bajariladigan ishlar majmuasi;

    • ta’mirlash — TOAT va uning elementlarining sozligini qayta tikiash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar majmuasi.

    . Uzatish tizimlari, ularning elementlari soz va nosoz holatda bo'lishi mumkin. Soz holat, bu UT yoki uning elementlari normativ texnik hujjatlarda (NTX) belgilangan barcha talablarga mos keladigan holat. Nosoz holat, bu UT yoki uning elementlari NTX talablari- dan hech bo‘lmaganda biron-biriga mos kelmaydigan holat. Nosoz holat obyektlarni berilgan funksiyalami bajarishi mumkin emasligini bildirmaydi [2]. UT apparaturasi va qurilmalari ishga qobiliyatlilik bilan xarakterlanadi, ya’ni bu shunday holatki, ma’lumotlarni uzatish bo'yicha berilgan funksiyalami kanallar va traktlarning asosiy parametrlarining qiymatlarini NTXda belgilangan chegaralarda saqlash bilan bajaradi [2].
    327


    www.ziyouz.com kutubxonasi
    МВЙВМЯМЙМВЯМ




    Texnik ekspluatatsiyaning asosiy maqsadi — rad etish holatla- rining hosil bo'lishini va ularning ta’sirini kamaytirish hisoblanadi.
    Rad etish deb, TOAT yoki elementning bir yoki bir necha parametrlarini belgilangan qiymatlardan og‘ishi natijasida berilgan funksiyani bajarishda to‘liq yoki ma’lum bir miqdorda ish qobi- liyatini yo‘qotishiga aytiladi. Boshqacha aytganda, rad etish deganda TOATning ishga qobiliyatliligining to‘liq buzilishi, bundan tashqari, belgilangan chegaradan ham past sathda uning asosiy sifat ko'rsatkichlarini pasayishi tushuniladi. TOAT rad etgandan keyin ish qobiliyatini to'liq yo‘qotishi mumkin yoki past sifat bilan ishni davom ettirishi mumkin.
    TOAT va uning elementlarining ekspluatatsiyasi uchun zarur bo‘lgan ekspluatatsiya materiallari va asboblari, zaxira blok va texnik qurilmalar majmuasi ekspluatatsiya vositalari deyiladi.
    ТЕ quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

    • obyektni ekspluatatsiyaga kiritishda (pasport tayyorlashda);

    • ekspluatatsiya jarayonida sozlik holatini saqlash (texnik xizmat ko‘rsatish);

    • rad etish yuzaga kelganda obyektning ishga qobiliyatliligini qayta tikiash (ta’mirlash-sozlash va ta’mirlash-qayta tikiash ishlari).

    ТЕ jarayoniga quyidagilar kiradi:

    • ishchi xarakteristikalarni o‘lchash;

    • rad etishlarni topish;

    • ishchi xarakteristikalar va rad etishlarda signalizatsiya;

    • zaxiralash;

    • ishga qobiliyatliligini qayta tikiash;

    • nazorat qilish (qayta tiklashdan so‘ng).

    Texnik xizmat ko‘rsatish (TXK)ning quyidagi usullari tavsiya etiladi:

    • profilaktik texnik xizmat koTsatish (PTXK), ma’lum vaqt oralig‘idan keyin yoki oldindan belgilangan mezonlarga mos ravishda. bajariladi va rad etish yuzaga kelishi yoki TEO funksiyalarning yomonlashuvi mumkinligi haqida o‘z vaqtida ogohlantirishga yo‘naltirilgan;

    • to‘g‘rilovchi texnik xizmat ko‘rsatish (TTXK), TEOning ishga noqobiliyatlilik holati aniqlangandan keyin bajariladi va TEOning sifat parametrlarini o'rnatilgan doirada bo'lishiga yo'naltirilgan;


    328


    www.ziyouz.com kutubxonasi


    boshqariladigan texnik xizmat ko‘rsatish (BTXK), TEO ishchi xarakteristikalarini nazorat qiluvchi, uzatish sifatini boshqarish va nosozliklarni bartaraf etish vositalarini qo‘llab, TEO holatini tahlil qiluvchi usullarni tizimli ishlatish yo‘li bilan bajariladi va profilaktik xizmat ko‘rsatishni minimumga yetkazishga va to‘g‘rilovchi texnik xizmat ko‘rsatishni qisqartirishga yo‘naltirilgan.


    Profilaktik texnik xizmat ko‘rsatish quyidagilarni o‘zida na- moyon etadi:

    • davriy ekspluatatsion nazorat;

    • ishchi xarakteristikalarni rejali o‘lchash;

    • apparatura komponentlarini rejali almashtirish.

    To‘g‘rilovchi texnik xizmat ko‘rsatish quyidagilarni o‘zida namoyon etadi:

    • uzluksiz ekspluatatsion nazorat;

    • epizodik ekspluatatsion nazorat;

    • operativ-texnik nazorat;

    • ishchi xarakteristikalarni o‘lchash.

    Boshqariladigan texnik xizmat ko‘rsatish o‘zida quyidagilarni namoyon etadi:

    • uzluksiz ekspluatatsion nazorat;

    • operativ-texnik nazorat;

    • ishchi xarakteristikalarni o‘lchash.

    Raqamli TOAT uchun TTXK afzalroq hisoblanadi, chunki unda aloqani uzmagan holda xatolik koeffitsiyent (yoki xatolik ko‘rsat- kichjlari bo'yicha rad etishlarni aniqlash mumkin. TTXKda texnik xizmat ko'rsatishga ketadigan vaqt, ya’ni rad etish joyini aniqlash va qayta tikiash bo'yicha. ishlarni boshlashga ketadigan vaqt kamaytiriladi. Bunga, ayniqsa, optik kabelli raqamli uzatish tizimlari uchun samarali bo‘lgan, optimal qayta tikiash strategiyasini qo'llash bilan erishiladi. Rad etishlarni bartaraf etish (qayta tikiash) bilan bog‘liq ishlar, TTXK uchun xos bo‘lgan, aloqani uzgan holda amalga oshiriladi.
    TOA vositalari va ularni boshqarish tarmog‘i rivojlanishining zamonaviy bosqichida BTXK birinchi ahamiyatga ega, chunki PTXK va TTXK ga nisbatan, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan rad etishlarni topish va bartaraf etish, shuningdek, TXKni aloqani uzmasdan amalga oshirish va ishga qobiliyatliligini qayta tikiash


    329


    www.ziyouz.com kutubxonasi


    imkonini beradi. Shuning uchun zamonaviy TOAT da yuqori sifatli TEni ta’minlovchi BTXK qo‘llaniladi.


    TEO bilan birgalikda yordamchi TEO (YoTEO) ham mavjud, ular bevosita ma’Iumotlarni uzatish funksiyasini bajarmaydi (rad etishlarni aniqlash, xizmat signallarini uzatish, avariya signali- zatsiyalari, tashqi nazorat va boshqaruv tizimlari bilan muvofiq- lashtiruvchi qurilmalar).
    Bir yoki bir necha YoTEOga ega, bir yoki bir necha TEO tarmoq elementini tashkil etadi. BTXKdan foydalanishga asoslan- gan, zamonaviy TOA vositalari uchun tarmoq elementi tarkibiga kiruvchi TEOlari boshqariluvchi obyektlar hisoblanadi.
    Ekspluatatsion nazorat ТЕ jarayonida TEOlarini o‘rnatilgan talablarga mosligini aniqiashni namoyon etadi.
    Ekspluatatsion nazoratda TEO ishchi xarakteristikalarining normaga mosligini aniqlash va ish sifati buzilganligi yoki ishchi xarakteristikalarni normadan og'ganligini aniqlash amalga oshirilib, TEOning ish sifatini baholash ta’minlanadi.
    Ekspluatatsion nazorat TEO tarkibiga kiruvchi dasturiy-texnik vositalar va nazorat qurilmalari yoki avtonom o‘lchov vositalari, shuningdek, o'lchashlarni avtomatlashtirish va ularning natijalarini qayd etishni ta’minlovchi qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.
    Rad etishlarni sinflash uchun anomaliya va defekt tushunchalari qo'llaniladi.
    Anomaliya - bu obyekt parametrining joriy qiymati va talab etiladigan qiymati orasidagi farq. Anomaliya obyektning talab etiladigan funksiyalarini bajarish qobiliyatiga ta’sir etishi yoki ta’sir etmasligi mumkin, ,
    Obyektning talab etiladigan funksiyasini bajarish qobiliyatining chegaralanishi defekt hisoblanadi. U qo‘shimcha tahlil natijalarini baholashga bog‘liq holda ТЕ bo'yicha faoliyatni talab etishi yoki talab etmasligi mumkin. .
    TEOning talab etiladigan vazifasini bajarish qobiliyatining ka- mayishiga olib keluvchi anomaliyalar ketma-ketligi defekt sifatida ko'riladi. Nazorat uzluksiz va birgalikda olib boriladigan uch jarayon- dan iborat: ■

    1. anomaliyalarni aniqlash uchun nazorat jarayoni (qisqa muddatli davr);


    330


    www.ziyouz.com kutubxonasi


    1. defektlarni aniqlash uchun nazorat jarayoni (o‘rta muddatli davr);

    2. sifat yomonlashuvlarini aniqlash uchun nazorat jarayoni (uzoq muddatli davr).

    Har bir jarayon anomaliya va defektlar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash bilan olib boriladi. Anomaliya va defektlarning nazorat jarayonlari mos ravishda anomaliya va defektlarning yuzaga kelishini ko'rsatadi. Sifat yomonlashuvining nazorat jarayoni TEOning sifat darajasini aniqlaydi va sifat norma darajasidami, yomonlashganmi yoki norma darajasidan chiqib ketganligini aniqlaydi. Bu sifat sathlari berilgan vaqt oralighda olingan va tahlil qilingan anomaliya va defekt haqidagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Yomonlashuv va norma darajasidan chiqib ketgan sifat ko‘rsatkichlarini ajratuvchi chegaralar va kuzatish davri har bir defekt uchun tasdiqlangan ishga noqobi- liyatlilik holati, anomaliya yoki defekt paketlari har bir TEO uchun aniqlanadi. Ishchi parametrlarning yomonlashgan va normadan chiqib ketgan qiymatlarining indikatsiyasi, har bir chegaradan og‘ish aniqlanganda beriladi. Bu jarayon 13.1-rasmda ko'rsatilgan [1].
    Turli datchiklardan birlamchi axborot signallari har bir TEO dan qayta ishlash blokiga beriladi yoki joyida qayta ishlanadi. Ishchi xarakteristika ko‘rsatkichlari shu axborot asosida aniqlanadi. ES va SES xatolik ko‘rsatkichlari deb ataladigan har bir ishchi xarakteristika ko'rsatkichlari, TEOning ish sifati ko‘rsatkichini hisoblash uchun alohida qayta ishlanadi.
    Nazorat obyekti (NO) deganda, texnik vositalar (kanallar, liniya traktlari, apparatura, qurilmalar, ayrim elementlar), ularning texnik holati to‘g‘risidagi .kerakli bo‘lgan axborotlar tushuniladi. Sapab o‘tilgan obyektlarning texnik holatini baholash uchun ularning nazorat qilinadigan parametrlari deb ataluvchi miqdor va sifat tavsiflari aniqlanadi.
    Ahamiyatliligi bo'yicha parametrlarning quyidagi turlari mavjud:

    • aniqlovchi — uning nazorati TEO umumiy ish qobiliyatini baholash imkonini beradi;

    • bashoratlovchi — TEOning texnik holatini bashorat qilish uchun, zarur bo‘lsa, axborotni saqlaydi; ■

    • avariya — TEO ishida avariya rejimi kutilayotganligini aniqlov­chi parametr.


    331


    www.ziyouz.com kutubxonasi



    Download 1 Mb.
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   160




    Download 1 Mb.