|
Optik aloqa asoslari
|
bet | 140/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)Noto'g'ri
ishlashni
topish
uchun
nazorat
jarayoni
13.1-раем. Texnik ekspluatatsiya obyektining noto‘g‘ri ishlashini topish
jarayoni
Nazorat qilinuvchi parametrlami tanlashda quyidagilami hisobga olish kerak:
TEO ish samaradorligiga parametrlarning ta’sir darajasi;
parametrlarning nominal qiymatlardan og‘ish kattaligi;
nazorat qilinuvchi parametrlarning taqsimot qonuni;
bog'liq emaslik (korrelatsiyaning mavjud emasligi) yoki parametrlarning sozlik darajasi;
332
www.ziyouz.com kutubxonasi
nazorat narxi, ya’ni ushbu turdagi nazorat yoki o‘lchashlarni o‘tkazishni ta’minlash uchun sarf etiladigan xarajatlar.
Raqamli TOAT uchun holatlarning umumiy baholanishini aniqlash, barcha TEOlari uchun amalga oshirilishi kerak.
Raqamli tolali optik aloqa tizimlarining nazorat obyektlari quyidagi holatlar bilan baholanadi:
NORMA — sifat parametrlari va NO elementlari o'matilgan doirada bo'ladi;
OGOHLANTIRISH — sifat parametrlari o‘rnatilgan doirada bo‘ladi, NO elementlarining parametrlari, rejim va ish sharoiti NO rad etishi mumkin bo‘lgan qiymatlardan oshishidan dalolat beradi (ma’qul sifat).
BUZILISH — NO rejimining buzihshi natijasida sifat parametrlari o‘rnatilgan doiradan chiqadi yoki ularda nosozliklar vujudga keladi, biroq NO ishga qobiliyatlilik holatini saqlaydi (yomonlashgan sifat);
AVARIYA — NO rejimining buzilishi natijasida sifat parametrlari o‘rnatilgan doiradan chiqadi yoki ularda nosozliklar vujudga keladi, buning oqibatida NOning rad etishi kuzatiladi (norma darajasidan chiqib ketgan sifat).
Operativ-texnik nazorat bevosita TOAT nazorat obyektini ekspluatatsiyadan chiqarmasdan amalga oshiriladi. Nazorat obyekti- ning NORMA, BUZILISH va AVARIYA turdagi holatlari haqidagi ma’lumotlar boshqarish tizimiga uzatiladi.
Nazorat obyektining nosoz uchastkalari ТЕ markazida NO holatining o‘zgarganligi haqidagi axborotni tahlil qilish yo‘li bilan aniqlanadi..
13.2-rasmda TEO haqida ТЕ axborotini qayta ishlash jarayoni ko‘rsatilgan, bunda noto‘g‘ri ishlashni topish nazorat jarayonidan boshlangan.
TEOda OGOHLANTIRISH axborot signali yoki BUZILISH va AVARIYA kabi axborot signallari berilishi yoki berilmasligi mumkin. Qachon signal TEOdan tashqarida berilsa, avariya axborotlarini qayta ishlash jarayoni, avariya holati indikatsiyasi signali (AHIS) yoki oldingi uchastkadagi rad etishni ko‘rsatuvchi signal (ORKS) larni, shuningdek, boshqa manbalardan (masalan, boshqa TEOdan, sutka vaqti haqida, yuklama intensivligi haqida
333
www.ziyouz.com kutubxonasi
va b.q.) beriladigan ma’lumotlar birlashtirilishi mumkin. Bu ТЕ axborot signallarini yoki avariya signallarini berish kerakligini hal qilish uchun amalga oshiriladi.
AHIS TEOning ishga noqobiliyatliligini bildiruvchi signal bo'lib, ishchi signallarni almashtirish maqsadida shikastlangan yo‘nalishda uzatadi va rad etish oqibati hisoblangan. TEning boshqa avariya signallarini blokirovkalash kerakligini boshqa ishga qobiliyatli bo‘lgan TEO ko'rsatadi.
AHIS qabul qilinganda, TEOdan xizmatning avariya signali (XAS)ni berish talab etilishi mumkin.
|
| |