• Telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmog‘i va aloqa tarmog‘i o‘rtasidagi o‘zaro bogIiqlik
  • To‘g‘rilovchi texnik xizmat ko‘rsatishning umumiy sxemasi




    Download 1 Mb.
    bet143/160
    Sana13.01.2024
    Hajmi1 Mb.
    #136728
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   160
    Bog'liq
    Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

    13.3-rasm. To‘g‘rilovchi texnik xizmat ko‘rsatishning
    umumiy sxemasi



    tizimlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda bo'lish xizmat telefon aloqa kanallari va ma’lumotlarni uzatishning axborot tarmoqlarini qo‘llash bilan amalga oshiriladi.
    Aloqa operatorining birlamchi tarmog‘ini boshqaruv tizimi birlamchi tarmoq holatining turli o'zgarishlarida, uning normal ishlashini, ikkilamchi tarmoq va boshqa foydalanuvchilar qiziqish- larida uning hamma imkoniyatlarini samarali ishlatish, uzatish kanali va traktlarini qayta tikiash vaqtini qisqartirish va texnik. xodim mehnatining samaradorligini oshirishni ta’minlaydi.
    Aloqani boshqarish tizimining asosi telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmog‘i — TBT (Telekommunikatsion Management Network — TMN) hisoblanadi. Bu maxsus tarmoq xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) tomonidan standartlashtirilgan, yagona interfeys va protokollar asosida turli tarmoqlarning komponentlari bilan o‘zaro aloqa tarmoqlari va ularning xizmatlarini boshqarishni ta’minlaydi. '
    Tarmoqni boshqarish (menejement) tarmoq administrator! tomonidan tarmoqni ma’muriy boshqarish vazifasini bajarishdan


    340


    www.ziyouz.com kutubxonasi




    iborat, masalan, tarmoq konfiguratsiyasini shakilantirish, tarmoq resurslari bilan ishlash, tarmoqqa ulanish huquqlarini boshqarish va boshqa vazifalar.

      1. rasmda TBT va aloqa tarmog1 i o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liq- likning umumiy ko‘rinishi keltirilgan. Boshqaruvchi axborotlarni qayta ishlash, saqlash va qidirish bo‘yicha vazifalarni operatsion tizimlar bajaradi. Ishchi stansiyalar F turdagi birikish (kompyuter tarmog‘ida ma’lumotlarni uzatishning fizik sathi) orqali birlamchi tarmoqning texnik xodimini boshqarish tarmog‘i bilan o‘zaro ta’sirlashuvini ta’minlaydi. Ishchi stansiyalar sifatida standart yoki maxsus kompyuter majmualari qo'llaniladi. Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i Q turdagi birikish orqali tarmoq elementlari, operatsion tizimlar va TBTning boshqa komponentlari o'rtasida aloqani tashkil etish uchun mo‘ljallangan (kompyuter tarmog‘ida uzatishning yuqori va tarmoq sathlari). Vazifasi nuqtayi nazaridan, TBT mus-





    m i ■ Telekommunikatsiya
    Tarmoq elementlari л J
    tarmog i


    13.4-rasm. Telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmog‘i va aloqa tarmog‘i
    o‘rtasidagi o‘zaro bog'Iiqlik



    341
    www.ziyouz.com kutubxonasi




    taqil ajratilgan tarmoq hisoblanadi, u boshqariladigan aloqa tarmog'i
    bilan axborotlarni olish va tarmoq ishini boshqarish uchun o'zaro
    munosabatda bo'ladi. Standart ulanishlar orqali boshqaruv
    axborotlarni almashinuvi uchun umumiy arxitekturani ta’minlash
    TBT tuzilishining asosiy prinsipi hisoblanadi.

    TBT ko'p sathli logik arxitektura ko'rinishida, beshta boshqarish
    sathidan iborat (13.5-rasm).

    Eng quyi sath — tarmoq elementlari sathi (Network Elements
    Layer) tarmoq obyektlari bo'ylab taqsimlangan komponentlar
    (kommutatsiya tugunlari, tarmoq stansiyalari va tarmoq tugunlari,
    multipleksorlar, operativ ulanish apparaturalari, regeneratsiyalash
    punktlari, optik kabellar, ularni ulagichlar) orqali hosil qilinadi.
    Bu yerda tarmoq elementining funksional imkoniyatlari, ularni
    ekspluatatsiya qilish, o‘z-o‘zini diagnostikalash va testlash, rad
    etishlardan oldingi holat va rad etishlar haqidagi nosozlik signallarini
    generatsiyalash amalga oshiriladi.

    Ikkinchi sath — tarmoq elementlarini boshqarish sathi (Ele-
    ments Management Layer — EML) tarmoq elementlari holatini


    Download 1 Mb.
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   160




    Download 1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To‘g‘rilovchi texnik xizmat ko‘rsatishning umumiy sxemasi

    Download 1 Mb.