TBTning informatsion arxitekturasi
TBTning informatsion arxitekturasi o‘zida quyidagi asosiy tushunchalarni mujassam etgan:
Obyektlar — boshqariladigan kommutatsion stansiyalar, uzatish tizimlari va boshqalarni ta’riflash vositasi. Muayyan tarmoq dementi haqidagi informatsiya obyekti sifatida TBTning ma’himotlar bazasida saqlanadi.
Bu arxitekturaning asosini amaliy boshqarish funksiyasi (ABF) — TBT elementini amaliy boshqarish jarayoni tashkil etadi. ABF agent (boshqariluvchi) va menedjerdan tashkil topgan. Har bir tarmoq elementi va operatsion tizim yoki O‘MQ siga juda bo‘l- maganda bir agent kirgan ABFsini qo‘llab-quwatlashi kerak.
345
www.ziyouz.com kutubxonasi
Menedjer (M) — dasturli logika (boshqaravchi dastur) yoki tarmoqni boshqarish funsiyasini bera oladigan (masalan: avariya haqidagi xabarlarni ajratishni, chegaraviy qiymatlarni o'rnatishni amalga oshirish) va avariya va ishchi xarakteristikalar haqidagi axbo- rotlarni qabul qila oladigan, ABFning bir qismi. RUTning tarmoq elementlariga menedjer kirishi ham, kirmasligi ham mumkin.
Operatsion tizim yoki 0‘MQga juda bo'lmaganda bitta menedjer kiradi va u quyidagi ikki funksiyani bajarishi kerak:
Boshqaruvchi komanda generatsiyasi («o'rnatish», «ajratish», «rekonfiguratsiyalash», «taqiqlash»).
Boshqaruvchi komandaning bajarilishi haqidagi xabardor qiluvchi hujjatlarni qabul qilish va qayta ishlash.
Agent (A) — dasturiy mantiq (holatning monitoring dasturlari va resurs nazorati) ABFning bir qismini namoyon etadi, u menedjer tomonidan beriladigan, tarmoqni boshqarish operatsiyalariga chaqiriqni amalga oshirish imkoniyatiga ega va boshqariluvchi obyektlar nomidan xabarlarni berib, boshqariluvchi obyektlar bilan operatsiyalarni bajaradi. Bu mantiq quyidagi imkoniyatlarga ega:
Menedjerdan olingan komandalarning muvofiq obyekt imkoniyati/resurslariga ta’sir etish qobiliyati.
Boshqariluvchi obyekt holatini doimiy nazorat (monitoring) qilish.
Xabardor qilish.
Turli sathlarning boshqariluvchi obyektlari o‘rtasida axborot almashinuviga yordam berish.
Agent va Menedjer o'rtasidagi barcha axborot almashinuvlari . o‘zaro munosabat protokoli vositasida ro‘y beradi, u boshqaruvchi komandalar ketma-ketligi va almashinuv ko'rinishini aniqlaydi. Bu o‘zaro munosabat protokoli CMIP (Common Management Informatsion Protocol) deb ataladi.
|