• ТЭО haqidagi ТЕ axborotini qayta ishlash jarayoni
  • 13.2. Texnik ekspluatatsiya va boshqarish tizimini tashkil etish
  • Optik aloqa asoslari




    Download 1 Mb.
    bet141/160
    Sana13.01.2024
    Hajmi1 Mb.
    #136728
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   160
    Bog'liq
    Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

    AHIS yoki
    ORKS






    Boshqa manbalar


    r
    I .





    ТЕ axboroti


    XAS AVARIYA BUZILISH OGOHLANTIRISH
    1.3.2 - раем. ТЭО haqidagi ТЕ axborotini qayta ishlash jarayoni
    Xizmatning avariya signali — TEOdan berilib, xizmatni taqdim etish boshlanishi yoki tugatilishini anglatadi. Xizmatning ishchi parametri kattaligi talab qiymatlaridan pastga tushib ketganda XAS berilishi kerak. Bu qiymat AVARIYA signali berilgandagi qiymatga mos kelishi mumkin.
    ■ Rad etish haqidagi ma’lumot (13.1-rasmga qarang), rad etgan TEOni aniqlashda ishlatiladi. ТЕ axborotlari joyida, yoki avariya signallarini yig‘ish tizimi orqali distansion tarzda uzatilishi mumkin.


    334


    www.ziyouz.com kutubxonasi


    13.2. Texnik ekspluatatsiya va boshqarish tizimini


    tashkil etish



    Texnik ekspluatatsiya tizimi (TET), dasturiy-texnik vositalar, texnik xodimlar va TEOga texnik xizmat ko‘rsatish usullari va algoritmlari majmuasi sifatida, TEOni talab darajasida sifatli va samarador ishlashini ta’minlashi kerak.
    TETda texnik xodimning vazifasi quyidagilardan iborat:

    • TOA uzatish tizimi qurilmalarining uzluksiz va yuqori sifat bilan ishlashini ta’minlash;

    • barcha turdagi ma’lumotlarni o'rnatilgan sifat bilan uzatish;

    • TOAT apparaturalarini, uzatish liniyasini, kanal va traktlarini va ularga mos keluvchi servis qurilmalarini soz holatda, parametr va xarakteristikalarni normativ-texnik hujjatlar (NTH)da belgi- langan talab va normalar doirasida ushlash;

    • ekspluatatsiya jarayonining metrologik ta’minotini mukam- mallashtirish;

    • uzatish liniyasi va traktlarni tashqi va o‘zaro ta’sirlardan himoyalash bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish;

    • TOAT va uzatish liniyasi qurilmalarida yuzaga keladigan buzilish, rad etish va avariyalarni aniqlash va operativ bartaraf etish;

    • belgilangan nizom, norma va instruksiyalarga mos holda TOA quriimalari, kanal va traktlari paspoitini tayyorlash bo'yicha ishlarni tashkil etish va o'tkazish;

    • TEOning sifatini sonli baholash imkonini beruvchi eksplua­tatsion xarakteristika va ko‘rsatkichlarni aniqlash;

    • TEning turli bosqichlarida o‘tkaziladigan tadbirlarning mazmuni va hajmini asoslangan holda aniqlash;

    • TEOga texnik va profilaktik xizmat ko'rsatishning yangi texnologik usullarini kiritish;

    • ТЕ sifati va samaradorligini pasaytiruvchi omillarni aniqlash, aloqa sifatini boshqarishning kompleks dasturini ishlab chiqish va tadbiq etish, mavjud va yaratilayotgan TEOning iqtisodiy ko‘rsat- kichlarini oshirish;

    — TEOni ta’mirlash, profilaktik, texnik xizmat ko'rsatish bo‘yicha ishlarni bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy
    335


    www.ziyouz.com kutubxonasi




    rioya qilish, TEning iqtisodiy, ergonomik va ekologik masalalarini birgalikda tatbiq etish va uning natijalarini amaliyotga kiritish;

    • TEning texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish vositalari va usullarini ishlab chiqish;

    • qurilmalarni sifatli ekspluatatsiya qilishni ta’minlovchi usku- nalar, o‘lchov asboblari, materiallar, asboblar va inventarlarga ’ buyurtmalarni o‘z vaqtida taqdim etish;

    • texnik ekspluatatsiya tarmog‘ini ishlab chiqish va ko‘rish;

    • texnik hujjatlarni yuritish, kanal, trakt va qurilmalarning ish sifatini tahlil qilish va hisob-kitobini olib borish;

    • kanal va trakt qurilmalariga operativ xizmat ko'rsatishni qabul qilish va usullarini texnik xodimlarga o‘rgatishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqish.

    Operativ-texnik hujjatlarda ko‘zda tutilgan, boshqarish bo‘yicha ishlar majmuasi operativ-texnik boshqarish tizimi (OTBT)ni tashkil etadi.
    OTBTning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: TOAT ning kanal va traktlari bo‘ylab ma’lumotlarni sifatli va uzluksiz uzatishni ta’minlash, birlamchi tarmoqning mos keluvchi uchastkasining holatini nazorat qilish va uzatish liniyalarining avariyasida topolo- giyani o‘zgartirish bo'yicha qaror qabul qilish.
    OTBT birlamchi tarmoqning tashkil etuvchisi sifatida, TOAT va uzatish liniyasi, tipli kanal va traktlar ishini ta’minlovchi, dasturiy -texnik vositalar va texnik xodimlar mujassamligi ko‘rinishida tashkil etiladi.
    OTBT ikkilamchi tarmoq va turli foydalanuvchilarning keng doirasi (kanal va trakt ijarachilari) bilan samarali o‘zaro faoliyatni ta’minlaydi. Operativ texnik xizmat ko‘rsatish TEning ikkilamchi tashkil etuvchisi hisoblanadi va o‘zida TEOning ishga qobiliyatli- ligi va sozligini, ishonchlilik ko'rsatkichlari, kanal va trakt parametrlarini normativ texnik hujjatlarda belgilangan oraliqlarda ushlab turish va qayta tikiash bo‘yicha ishlarni namoyon etadi.
    TEning bu tashkil etuvchisining integralli ishlashi texnik xizmat ko‘rsatish (TXK) ko‘rinishida tashkil etiladi. Operativ-texnik huj­jatlarda ko‘zda tutilgan, kanal va traktlar ishining sifat ko'rsat- kichlarini ta’minlash maqsadida, berilgan ekspluatatsiya sharoitlari uchun TXK bo‘yicha ishlarni tashkil etish va o‘tkazishni aniqlovchi


    336


    www.ziyouz.com kutubxonasi




    nizom, me’yor, boshqaruvchi texnik materiallar va ko‘rsatmalarning o‘zaro bog‘liq majmuasi operativ-texnik xizmat ko‘rsatish (OTXK) tizimini tashkil etadi. Bu tizim turli ishlar vajarayonlami o‘tkazishni nazarda tutadi, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:

    • yordamchi jarayonlar — TXK bo‘yicha ishlarni olib borish uchun ish joyi, asboblar va nazorat-o‘lchov asboblarini tayyorlash bo‘yicha ishlar yig'indisi;

    • texnik tekshirish — TEO parametr va xarakteristikalarining normativ texnik hujjatlarga mosligini tekshirishga yo‘naltirilgan ishlar yig‘indisi.

    Holat bo'yicha TXK strategiyasi (XTXK), TXK bo'yicha ishlar- ning tartibi va davriyligi, shuningdek, TEO va uning elementlarini almashtirish, TEOni har bir elementining texnik holatini nazorat natijalari bo‘yicha belgilanishi bilan xarakterlanadi.
    XTXK strategiyasi faqatgina rad etishning yuqori darajasida va TEO ning ishga yaroqliligini nazorat qilishda (rad etgunga qadar ishlashi) maqsadga muvofiq. Rad etish yuzaga kelgandan so‘ng, uning keyingi ta’sirlari bo'lmasligi, XTXK strategiyasini qo‘llash- ning eng zarur sharti hisoblanadi. Agar rad etish jiddiy oqibatli avariyaga olib kelsa, XTXK strategiyasini qo‘llash mumkin emas. Sinxron raqamli iyerarxiya asosidagi TOA uzatish tizimlari bu shartlarning barchasiga to‘liq holda javob beradi.
    XTXK strategiyasi jarayonlari quyidagilar hisoblanadi:

    • TEO texnik holatini uni funksional ishlatish joyida nazorat qilish;

    • TXK bo‘yicha ishlarning mazmuni va hajmini aniqlash (sozlash, ishlatish joyida sozlash; rad etish yoki rad etgunga qadar bo‘lgan holat aniqlanganda TXK rejimiga o‘tkazish; buzilgan joyni o'chirish va uni bartaraf etish maqsadida diagnostika qilish);

    • qayta tiklanishdan so‘ng TEO holatining NTXga mosligini nazorat qilish;

    • ishlatishdan oldin montaj qilish va tekshirish.

    Ikkala TXK strategiyalarini taqqosiy tahlil qilish, texnik ishlatish koeflitsiyentlarining qiymatlarini hisoblash va taqqoslash yo‘li orqali amalga oshirilishi mumkin.
    TEO ning quyidagi ko‘rsatkichlari ma’lum:
    To — rad etgunga qadar ishlash;


    337


    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Ttxk — TXK davri;


    Vtxk — TXK vaqti;
    it — rad etish yuzaga kelganda qayta tikiash vaqti.
    TEO ning rad etmasdan ishlash ehtimolligi eksponensial qonunga bo‘ysunadi:

    Download 1 Mb.
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   160




    Download 1 Mb.