• 7-bo‘lim
  • 14.1. To‘liq foton texnologiyasiga asoslangan aloqa tizimlari va tarmoqlarini yaratishga qaratilgan ishlanmalar
  • Foydalanilgan adabiyotlar




    Download 1 Mb.
    bet147/160
    Sana13.01.2024
    Hajmi1 Mb.
    #136728
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   160
    Bog'liq
    Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. Проектирование и техническая эксплуатация цифровых телеком­муникационных систем и сетей. Учебное пособие для вузов / Э. Б. Алексеев, В.Н. Гордиенко, В.В. Крухмалев и др.. Под редакций В.Н. Гордиенко и М.С. Тверсого. -М.: Горячая линия — Телеком, 2008.

    2. Проектирование и техническая эксплуатация систем передачи: Учебное пособие для вузов / И.Р. Берганов, В.Н. Гордиенко, В.В. Крухмалев. — М.: Радио и связь, 1989.


    j


    www.ziyouz.com kutubxonasi


    7-bo‘lim




    14-bob. OPTIK ALOQA TIZIMLARINING RIVOJLANISH
    TAMOYILLARI VA ISTIQBOLLARI

    Darslik so‘zboshisida ta’kidlanganidek, bugungi kunda jadal sur’at bilan rivojlanayotgan axborot almashinuvi jarayoni nafaqat muloqot vositasiga, shuningdek, jamiyat taraqqiyotining harakat- lantiruvchi kuchlaridan biriga aylandi.
    Shu munosabat bilan axborotlar oqimini uzatish hajmi, tezligi va sifatini oshirish, aloqa xizmatlari turlarini kengaytirish imkonini beravchi, nisbatan kam mehnat va moddiy ashyolar talab qiluvchi aloqa tizimlari va tarmoqlarini yaratish va ulardan oqilona foyda- lanish usullarini ishlab chiqish, jumladan, aloqa tarmoqlari va xizmatlarining globallashuvi sharoitida global multimedia axborot infratuzilmasi konsepsiyasini ishlab chiqish va uni ro‘yobga chiqarish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
    Jahon multimediali axborot infratuzilmasini yaratish bir tomon- dan terabit hajmli axborot oqimini uzoq masofalar — minglab kilo- metrlarga katta tezlikda retranslatsiyasiz uzatish, ikkinchi tomondan bu axborotlar oqimini ko‘p sonli — millionlab abonentlarga samarali yetkazish, jumladan, mazkur infratuzilmaning interaktivligini ta’minlashni taqozo etadi.
    Bu masalalarning optik aloqa tizimlari va tarmoqlari yordamida hal etish bugungi kunda ikki xil yo.ndoshuv asosida am.alga oshirilmoqda.
    Ulardan birinchisi prinsip jihatidan yangicha yondoshuv — todiqligicha foton texnologiyasiga asoslangan optik aloqa tizimlari va tarmoqlarini yaratish bilan, ikkinchisi esa mavjud optik aloqa tizimlari va tarmoqlarining funksional qurilmalari va elementlarini takomillashtirish, ularning xarakteristika va parametrlarini yangicha talablarga javob beradigan qilib yaxshilash yodidagi izlanishlar bilan bog‘liq.
    Biz quyida ana shu ikki xil yondoshuvni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ayrim misollar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.


    348


    www.ziyouz.com kutubxonasi


    14.1. To‘liq foton texnologiyasiga asoslangan aloqa tizimlari va tarmoqlarini yaratishga qaratilgan ishlanmalar


    Optik aloqa tizimlari va tarmoqlarining to‘liq foton texnolo­giyasiga asoslangan yondoshuvning mohiyati shundaki, bunday tizim va tarmoqlarda axborotni mujassamlashtiruvchi yorug‘lik oqimlarining generatsiyasi va uzatilishi, ularga ishlov berish, ularni to‘plash, saqlash hamda qabul qilish jarayonlari faqat fotonlar vositasida, ya’ni elektronlarning ishtirokisiz amalga oshiriladi. Bun- da elektr jarayonlaridan faqat nurlanish manbalarini va boshqa yordamchi qurilmalarni o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tok bilan ta’minlash maqsadlarida foydalaniladi. Buning uchun impulsli raqamli yorug‘lik signallarini generatsiyalovchi qurilmalar, optik uzatish muhiti, optik modulyatorlar, optik kuchaytirgichlar, optik kommutatsiya qurilmalari, optik protsessorlar va to‘plagichlar, optik selektiv (tanlash) xususiyatiga ega elementlar, fotoqabulqilgichlar, bir so‘z bilan aytganda, optik signallar yordamida boshqariladigan asboblar va qurilmalar kerak.
    Bu qurilmalarning ko‘pchiligi allaqachon ishlab chiqilgan va zamonaviy TOAT laming asosini tashkil etadi. Optik tola va kabellar, optik kuchaytirgichlar, xromatik dispersiyaning optik kompen- satorlari, optik multipleksor/demultipleksorlar shular jumlasidandir. Sanab o‘tilgan bu qurilmalar hozirning o‘zidayoq keng qo‘llaniladi va elektronlarning ishtirokisiz ishlaydi. Ularning bir qismi — yarimo‘tkazgichli optik kuchaytirgichlar, Bregg difraksion panja­ralari asosidagi xromatik dispersiya kompensatorlari, filtrlar, fotoqabulqilgichlar va nurlanish manbalari integral optikaning asosini tashkil etadi. Foton texnologiyasi asosidagi zaruriy elementlarning boshqa bir qismi — optik protsessorlarni yaratish uchun zarur bo‘lgan optik kommutatorlar, qulflar (zatvorlar), optik bistabil qurilmalarni yaratish bo‘yicha ishlar hozircha laboratoriya ishlanmalari ularni takomillashtirish bosqichida olib borilmoqda.

    Download 1 Mb.
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   160




    Download 1 Mb.