|
Yorug‘Iik bilan boshqariladigan bistabil
optik qurilmalar
|
bet | 150/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)Yorug‘Iik bilan boshqariladigan bistabil
optik qurilmalar
Optik protsessorlar, axborot to‘plagichlari, xotira va axborotga ishlov berish qurilmalarini yaratish uchun optik bistabil qurilmalarni — EHM elektron protsessorlarining asosini tashkil etuvchi elektron bistabil qurilmalarning analoglarini ishlab chiqarish talab etiladi. [3] ishda bistabil optik qurilmalarni yaratishda erishilgan so'nggi natijalar bayon etilgan. Qurilma to‘liq yorug‘lik bilan boshqa- riladigan hisoblagich bo‘lib, u 4 ta yorug'lik' bilan boshqariladigan’ almashlab ulagichdan va 6 ta kechiktirish liniyalaridan iborat. Uni boshqarish optik kuchaytirgich chiqishidan optik tarmoqlagich orqali
356
www.ziyouz.com kutubxonasi
hisoblagichning ikki kirishiga tushadigan yorug'lik impulslari yordamida amalga oshiriladi. Boshqaruvchi yorug‘lik impulslarining spektral diapazoni to'lqin uzunligining 1552 va 1534 nm li sohasida yotadi. Almashlab ulash vaqti 150 ns ni tashkil etadi.
Raqamli yorug‘lik oqimlarini elektronikadan foydalanmagan
holda shakllantiruvchi qurilmalar
Zamonaviy raqamli uzatish tizimlarida qisqa optik impulslar optik muhit — optik tola bo'yicha uzatish tezligi va tizimda qabul qilingan liniyaviy kodlar bilan belgilanadigan chastota va ketma- ketlikda tarqaladi. Bu impulslar yarimo‘tkazichli lazer diodlarining damlash tokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) modulyatsiyalash yo‘li bilan yoki elektr kuchlanishi ta’sirida boshqariladigan tashqi modulyatsiyalovchi qurilmalar — optik modulyatorlar yordamida shakllantiriladi. Yorug‘lik impulslarini bunday shakllantirish usullari bo‘yicha erishilgan natijalar elektron tizimlar uchun mumkin bo‘lgan chegaralarga yaqin.
Bundan tashqari, elektr signallari ko'rinishidagi axborot oqimini yorug‘lik signallari ko‘rinishidagi axborot oqimiga o‘zgartirish aloqa tizimining samaradorligini pasaytiradi. Shu sababdan yuqorida ko‘rib chiqilgan fotonli elementlarga berilgan davomiylikka va kelish tartibiga ega bo‘lgan optik impulslar ketma-ketligini to‘g‘ridan- to‘g‘ri yorug‘lik vositasida shakllantirish vazifasini bajaruvchi quril- malarni qo‘shish kerak.
Bu masala yuqorida ко‘rib chiqilgan optik modulyatorlar va yorug‘lik bilan boshqariladigan optik qulflarni qo‘llash yo‘li bilan hal etiladi.
Optik impulslar ketma-ketligini shakllantirishning bir usuli [4] ishda taklif etilgan. 14.5-rasmda ushbu shakllantirgichning sxemasi keltirilgan, unda 1 - modulyatsiyalanmagan uzluksiz.yorug‘lik oqimi manbayini, 2 — yorug'lik yordamida boshqariladigan optik almashlab ulagichni, 3 — tolali Y-tusli optik tarmoqlagichni, 4 — kechiktiruvchi optik liniyani ifodalaydi.
Optik impulslar ketma-ketligini shakllantirgichning ish prinsipi quyidagicha. Faraz qilaylik, boshlang‘ich holatda nurlanish C chiqishga o‘tayotgan bo‘lsin. Bu chiqishda nurlanish quwati Pc =
357
www.ziyouz.com kutubxonasi
J4.5-rasm. Optik impulslar ketma-ketligini elektronikaning ishtirokisiz
shakllantiruvchi qurilmaning sxematik tuzilishi.
0,5Pi ga teng, bunda Pi — almashlab ulagich chiqishidagi quwat (uning uzatish koeffitsiyentini hisobga olgan holda). Agar Pkir.>Pb0Shq. bo‘lsa, almashlab ulagich (2) ishga tushadi va signalm Б chiqishga tn vaqt davomida uzatadi. Bunda tn= Ts + Xkech vaqtdan so‘ng boshqaruvchi kirishga boshqaruvchi signalning kelishi to'xtaydi (bunda Ts-almashlab ulagichning ishga tusliish vaqti, Ткссп — 4- elementdagi kechikish vaqti. tp vaqt o'tganidan so‘ng almashib ulagich o‘zining boshlang‘ich holatiga qaytadi.
Shundan tn vaqt o'tganidan so‘ng boshqaruvchi signal yana boshqaruvchi kirishga tushadi va sikl qaytalanadi.
|
| |