|
Yorug‘lik bilan boshqariladigan tolali lazerlar
|
bet | 151/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)Yorug‘lik bilan boshqariladigan tolali lazerlar
Aktiv tolali yorug‘lik uzatkichi asosidagi tolali lazerning tuzilishi 14.6-rasmda keltirilgan. U tolali chiqishga ega, odatda, katta quwatli lazerdan iborat damlash tugunidan, o'zagining diametri t7O‘=10...30 mm ga teng aktiv bir modali yorug‘lik uzatkichidan, lazer rezonatorlari vazifasini o‘tovchi tola tarkibida hosil qilingan sindirish ko'rsatkichi panjarasidan tarkib topadi [5].
Butunlay tolali tuzilishga ega .bo'lganligi tufayli bunday lazerlar past yo'qotishlarga ega bo‘ladi. Aktiv tolali yorug‘lik uzatkichning uzunligi, odatda, 5...50 m ni tashkil etadi.
Lazerning chap tamonidagi kirish bregg panjarasi generatsiya to‘lqin uzunligida 100 foizga yaqin, uning o‘ng tomonidagi chiqish panjarasi esa, unga qaraganda ancha kam (taxminan 5 foiz) aks ettirish koeffitsiyentiga ega va bu miqdor kuchaytirish darajasi va aktiv yorug‘lik uzatkichidagi optik yo'qotishlarning kattaligi bilan aniqlanadi. Bregg panjarasi bevosita aktiv yorug‘lik uzatkichining o‘zida yoki yorug'lik uzatkichining aktiv sohasiga payvandlanadigan yorug‘likka sezgir bo'lagida hosil qilinishi mumkin.
358
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tolali lazerning sindirish ko'rsatkichi panjarasini tayyorlash fotoo‘tkazuvchanlik hodisasidan foydalanishga asoslangan. Bu hodisaning mohiyati shundaki, yorug‘lik uzatkichi o'zagining sindirish ko'rsatkichi muayyan to‘lqin uzunlikli ultrabinafsha nurlanish ta’sirida o‘zgaradi. Odatda, sindirish ko'rsatkichining tolali bregg panjaralari tolali yorug‘lik uzatkichi sindirish ko‘rsat- kichining o‘zgarish davri ushbu tola bo‘yicha tarqalayotgan nurlanish to‘lqin uzunligining taxminan yarmiga teng bo‘lgan bo‘lagi sifatida tayyorlanadi.
Bunda tolali yorug'lik uzatkichlarini legirlovchi aktiv elementlar sifatida lantanoid yoki noyob yer elementlari ionlaridan foydalaniladi. O‘rta va katta quwatli samarali tolali lazerlami yaratish uchun iterbiy ionlari bilan legirlangan aktiv tola alohida ahamiyat kasb etadi.
Iterbiyli Уь3+ lazer energetik sathlarining sxemasida asosiy sath J7/2 dan tashqari yagona qo‘zg‘algan sath F5/2 mavjud. Ultrabinafsha diapazonigacha boshqa energetik sathlarning yo'qligi shundan dalolat beradiki, ushbu tizimda to‘lqin uzunliklarining generatsiya to‘lqin uzunligi yaqinida qo‘zg‘algan holatda yorug‘likning yutilish jarayoni ro‘y bermaydi. Bu hoi lazer f.i.k. ining katta qiymatlarini ta’minlaydi va aktiv aralashmalar konsentratsiyasini keng tarqalgan neodim va erbiyli legirlovchi aralashmalar konsentratsiyasiga nisbatan muhim tarzda oshirish imkonini beradi.
Katta konsentratsiyali aktiv aralashmali yorug‘lik uzatkichlaridan foydalanish lazer aktiv muhitining uzunligini kamaytirish, demak, turli xil nochiziqli effektlar va qo‘shimcha optik yo'qotishlarning lazer samaradorligiga ta’sirini kamaytirish imkonini beradi.
|
| |