• Tolali lazerning tuzilishi
  • 14.1.6. Majburiy kombinatsion sochilishga asoslangan tolali lazerlar
  • VKR lazerning tuzilish sxemasi [6]
  • Xulosa
  • Optik aloqa asoslari




    Download 1 Mb.
    bet152/160
    Sana13.01.2024
    Hajmi1 Mb.
    #136728
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   160
    Bog'liq
    Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

    LD


    Optik tolali chiqishli
    damlash qurilmasi



    Aktiv tolaliyorug'lik
    uzatkich






    ко ‘rsatkichining tolali
    fazoviy panJaralari



    14.6-rasm. Tolali lazerning tuzilishi


    359


    www.ziyouz.com kutubxonasi . . _


    Tolali optik lazerlar an’anaviy lazerlarga nisbatan quyidagi afzal- liklarga ega:



    • yuqori darajadagi barqarorlik va ishonchlilik;

    • chiqish nurlanishining yuqori sifatga ega ekanligi;

    • samarali issiqlik uzatilishining ta’minlanishi;

    • kichik o'lchamliligi va kichik massaga ega ekanligi.

    14.1.6. Majburiy kombinatsion sochilishga asoslangan
    tolali lazerlar

    Bu turdagi (VKR) yorug‘likning tolali yorug‘lik uzatkichdagi majburiy kombinatsion sochilish hodisasidan foydalangan holda damlovchi lazer nurlanishini pastroq chastotali nurlanishga samarali o'zgartirib berishga imkon beradi. Shunday qilib, chastotalarning keng diapazonida ishlatiladigan turli xil to‘lqin diapazonidagi lazerlar yaratiladi.
    Zamonaviy yorug'lik uzatkichlar VKR lazerlarni ro‘yobga chi- qarish imkonini beradigan noyob muhit vazifasini o‘taydi. Kam miqdordagi yo‘qotishlar yorug‘lik uzatkichlarining katta uzunlik- laridan foydalanish imkonini beradi. Turli xil shisha (kvars)lardan foydalanish stoks nurlanish chastota siljishini tanlash imkonini beradi.
    Birinchi VKR lazerlar ham tolali, ham hajmiy elementlardan iborat gibrid tuzilishga ega bo‘lgan. Mazkur elementlarni muvo- fiqlashtirish, lazerlarni yustirofkalash zarurati bu turdagi qurilma bilan ishlashni qiyinlashtirish bilan birga uning samaradorligini pasaytirib, qo'llanish sohasini cheklaydi.
    Teskari bog‘lanish hosil qilish uchun bregg panjaralaridari foyda­lanish VKR - lazerlarining tuzilishini muhim tarzda soddalashtirib, ularning samaradorligini oshirdi va ko‘p kaskadli lazerli o‘zgart- kichlar yaratishni ta’minlaydi.
    To‘liq tarzda tolali tuzilishga ega bo‘lgan VKR-lazerning sxemasi 14.7-rasmda keltirilgan.
    Rasmdan ko'rinadiki, VKR-lazeri tolali yorug‘lik uzatkichdan va rezonans to'lqin uzunligi yorag'lik uzatkichi materialidagi stoks siljishlariga mos kelgan bregg panjaralari majmuasidan tarkib topadi. Bunda oraliq to'lqin uzunliklariga tegishli bregg panjaralari 100
    360
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Germaniy silikatli yorug'lik uzatkich







    k=1117 nm


    1480 1395 131512401175





    11171240131513651480





    \=1480 nm


    14.7-rasm. VKR lazerning tuzilish sxemasi [6]


    foiz aks ettirish koeffitsiyentiga ega. Germaniy silikatli yorug'lik uzatkichidan foydalanilganda 1,48 mkm li to'Iqin uzunligiga ega nurlanish olish uchun 5 kaskadli o'zgartirishlar talab etiladi.
    Agar VKR lazerning aktiv muhiti sifatida fosfor oksidi bilan oksidlangan o'zakli yorug'lik uzatkichidan foydalanilsa, uning tuzilishini soddalashtirish mumkin. Bunday yorug'lik uzatkichining VKR kuchayish spektrida 1330 nm ga siljigan markaziy to'Iqin uzunlikli tor chastota oralig'iga ega.
    [G] ishda ikkita to'Iqin uzunligida ishlaydigan VKR lazeri taklif etilgan. Uning sxemasi 14.8-rasmda keltirilgan.


    X=1080nm \=1080nm X=1136mn 7=1080 nm
    R=1 R=0.2 R=1 R=1
    \ \ / X





    7-=1136 nm
    Yb3+bilan legirlangan yorug'lik о ‘tkazgich





    k=1136 nm
    GeO2 bilan legirlangan
    yorug ‘lik
    о ‘tkazgich


    Bu turdagi lazerda rezonator faqat bir juft panjaradan tarkib topgan. Bu hoi turli to'Iqin uzunliklaridagi nurlanishning koge- rentligini ta’minlaydi.
    Yb+3 ionlari bilan legirlangan ikki qavat qobiqli yorug'lik uzatkichi asosidagi tolali lazerni damlash uchun to'Iqin uzunligi 980 nm ga teng va maksimal quwati 4 Vt li yarimo'tkazgichli lazerdan foydalaniladi.
    Yb+3 li lazer, rezonatori kirishidagi qaytish (aks ettirish) koef- fitsiyenti Pkir.= l ga va chiqishdagi aks ettirish koeffitsiyenti Pchiq. = 0,2 ga teng qilib, shakllantiriladi.


    361


    www.ziyouz.com kutubxonasi




    Itterbiyli lazer 1080 nm to‘lqin uzunligiga va 2,5 W maksimal quwatga ega. Nurlanish VKR lazerga germaniy silikatli shishadan tayyorlangan o'zakli tolali yorug'lik uzatkichi yordamida kiritiladi. Bunda germaniy ikki oksidining o'zakdagi molyar konsentratsiyasi to'rt foizga yaqinni tashkil etadi.
    Tolali VKR-lazerlar Raman sochilishiga asoslangan tolali kuchaytirgichlarni damlash va ularning shovqin xususiyatlarini yaxshilash maqsadlarida keng qo'llanish topmoqda.
    Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, to'liq tolali optik aloqa tizimlari va tarmoqlarini yaratish muammosi awalo axborotni uzatish va unga ishlov berish tezligini yanada oshirish zarurati bilan bog'liq.
    Bundan 10 — 15 yil ilgari elektronika bu sohada 10 Gbit/s chegarasida o‘z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarib bo'ldi, deb hisoblanardi. Biroq keyingi yillar davomida 40 Gbit/s tezlikli tizimlar ishlab chiqildi. 80 Gbit/s tezlikli tizimlarni tajribadan muvaffaqiyatli o'tkazilgani haqida ma’lumotlar paydo bo'ldi.
    Bunday katta tezlikli tizimlarning paydo bo'lishi nanotex- nologiyalar va nanoelektronika sohasidagi yutuqlar bilan bog'liq. Elektron elementlarning hozirgi vaqtda 200 Hz dan yuqori chastotalarda ishlaydigan yangi sinfi — mikrovakuum elementlar haqida xabarlar bor.
    Shunday qilib, bu elektron elementlar foton qurilmalari bilan birgalikda muvaffaqiyat bilan qo'llanilishi mumkin.
    Xulosa
    Ushbu bobda tolali optik aloqa tizimlari va tarmoqlari hamda ularda qo'llaniladigan qurilmalarning rivojlanish tamoyillari ko'rib chiqildi.

    Download 1 Mb.
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   160




    Download 1 Mb.