|
Ketma-ket bitli kommutatsiyali optik tarmoq
|
bet | 132/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)Ketma-ket bitli kommutatsiyali optik tarmoq
Optik ketma-ket bitli kommutatsiya BSPS (bit sequential packet switching) — bu kanallar kommutatsiyasi bo‘lgan kanallarda foydala- niladigan uslublardan farq qiluvchi, kommutatsion elementlarning elektronikasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarish uslubidir. BSPS dan foydalanishda olingan toTqin uzunligidagi kanalda paketning sarlavhasi (boshi) Pbinar bitlar ketma-ketligi bilan kodlanadi (bitli 1 optik signalning mavjudligi bilan, bitli 0 esa uning mavjud emasligi bilan aniqlanadi). Bu bitlar kommutatomi tegishli holatga o'rnatib, paketning sarlavhadan keyingi jismiga kommutator orqali tegishli chiqish qutbiga erkin yurishiga imkon beradi. Paket ko‘rinishida kommutator shaffof bo‘lgani uchun bunday tarmoq optik tarmoq deb nomlanishini to‘liq saqlab qoladi. P bitdan iborat sarlavha uchun tarmoq bo‘g‘inlarining 2pta turli adreslari mavjud. To‘lqinli multipleksorlash uzatuvchi sighmni ancha oshirishga imkon beradi, lekin qo‘shimcha qiyinchiliklarga olib keladi. Kanallarning paketli kommutatsiyasini bajarishdan oldin dastlab murakkab signalni demultipleksiyalash kerak, kommutatorlarning chiqishida esa tegishli simpleks kanallarni takroran multipleksorlash zarur.
rasmda SWANET tarmog'idagi paketning tuzilishi kel- tirilgan.
SWANET (self-routed Wavelength Addressable NETwork) to‘lqin adresli o‘zi marshrutlovchi tarmoq binar BSPS arxitektu- raning yaxshilangani hisoblanadi [6], SWANET, BSPS va WDM afzalliklaridan foydalanadi, buning natijasida paketlar sarlavhalari
311
www.ziyouz.com kutubxonasi
ьс 2?
•§ '5
3
To ‘Iqin uzunligi
12.8-rasm. SWANET tarmog‘ida paketning tuzilmasi
-X,
X,
A
Ma ’lumotlar Sarlavha
Tashlash maydoni
Qayta
о ‘matishning
to ‘Iqin
uzunligi
bitlari o‘rnatadigan turli adreslarning yo‘l qo‘yilgan soni ortadi (12.8-rasm). SWANET BSPS ga o‘xshash paket tuzilmasiga ega. Orqasidan, ma’lumotlar maydoni keladigan sarlavha birdaniga bir necha to‘lqin kanallarini qamrab olib, P bitlardan iborat ketma- ketlik bilan kodlanadi. Sarlavha va ma’lumotlar maydoni aynan bitta to‘lqin uzunliklari to‘plamidan foydalanadi. Agar to‘lqin uzunliklari soni к bo‘lsa, u holda sarlavhaning har bir biti to‘lqin uzunliklarining birida bir bilan (signal bor) ifodalanadi, bu paytda qolgan k-\ kanallarda bu vaqt signal bo‘lmaydi.
Shunday qilib, sarlavhaning turli konfiguratsiyalarining to‘liq soni (tarmoq oxirgi bo‘g‘inlarining maksimal soni) F ni tashkil etadi. Butun multipleks kanalning talab etilgan kommutatsiyasi uchun kommutator sarlavha bitlarini tegishli holatda o‘rnatadi. Paketli uzatishni tugatish bu maqsad uchun alohida ajratilgan maxsus to‘lqin uzunligida «tashlash» signalini uzatish vositasida ytiz beradi. ’
Tarmoq ma’lumotlar maydoni formatiga nisbatan shaffof bo‘lgani uchun bu maydon bitta integratsiyalangan (qo‘shilgan) ko‘p to‘lqinli uzatishni ham, individual kanallar bo'yicha bir-biri bilan bog‘lanmagan uzatishlar to‘plamini ham qamrab olishi mumkin.
Birinchi holda turli kanallar ma’lumotlari maydonlari orasida sinxronlashtirish zarur, ikkinchi holda — bunday sinxronlashtirish shart emas. SWANET ning cheklanishlari bo‘lib, dispersiya va ko‘ndalang halaqitlar hisoblanadi.
312
www.ziyouz.com kutubxonasi
|
| |