|
Optik tarmoqlar kanallar kommutatsiyasi bilan
|
bet | 128/160 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 1 Mb. | | #136728 |
Bog'liq Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)Optik tarmoqlar kanallar kommutatsiyasi bilan
Kanallar kommutatsiyasi bilan AON ning dastlabki ikkita kichik toifasi (keng eshittirishli tarmoqlar va to‘lqin marshrutlashtirilishi passiv bo‘lgan tarmoqlar) PON (Passive optical network) passiv tarmoqni ifodalaydi. PON - bu faqat passiv komponentlardan foydalanuvchi AON dir: tolalar, yo‘naltirilgan tarmoqlagichlar, tarqatkichlar, to‘lqin multipleksorlari va filtrlar.
Keng eshittirishli optik tarmoq I
Keng eshittirishli har bir uzoqlashtirishgan AON ning bo'g'iniga, ' odatda, ma’lum to'lqin uzunligi yozib qo'yiladi, unda bo‘g‘in I uzatishni amalga oshiradi. Barcha uzoqlashtirilgan bo'g'inlardan kelgan signallar optik yulduzsimon tarmoqlagichda to‘planadi, bunda ular aralashtiriladi va chiqish qutblari bo‘yicha uzoqlashtirilgan bo‘g‘inlarga qaytib ketayotgan tolalarga taqsimlanadi, har bir bo‘g‘in barcha to'lqin uzunliklari bilan taqdim etilgan multipleks signal oladi (12.2-rasm).
Tarmoqning markaziy elementlari sifatida WDM kabi to'lqin uzunliklari bo‘yicha tanlash funksiyasiga ega bo‘lmagan bir yoki bir nechta yulduzsimon tarmoqlagichlardan foydalaniladi.
Uzoqlashtirilgan har bir bo‘g‘in qabul qilinayotgan multipleks oqimdan qanday to‘lqin uzunligidagi kanalni tanlab olish kerakligini o‘zi aniqlaydi.
Qabul qiluvchi element sifatida yo boshqarish protokoliga muvofiq qayta qurilayotgan bitta foto qabul qilgichi bo‘lgan filtr yoki chiqish qutblariga ulangan fotoqabulqilgichlar to'plami bo‘lgan demultipleksor WDM xizmat qilishi mumkin.
Agar A stansiya В stansiyaga axborot uzatmoqchi bo'lsa, u quyidagichaish tutadi:
В stansiyaga uzatish uchun ruxsat berilishiga talabnoma jo'nata boshlaydi. Talabnoma — bu qisqa xabarlar va sinxronlash- tirish signalining Xa to'lqin uzunligidagi takrorlanuvchi ketma- ketligidir. ■
O‘z qabul qilgichini В stansiya band (masalan, uchinchi stansiyadan ma’lumotlar qabul qilib olayotgan), u holda A stansiya
302
www.ziyouz.com kutubxonasi
12.2-rasm. Keng eshittirishli optik tarmoq
В stansiya uchun uzatishga ruxsat berilishiga talabnomani jo‘na- tishda davom etadi.
Agar В stansiya bo‘sh bo‘lsa, u sikl bo‘yicha ketma-ket to‘lqin uzunliklarining butun diapazonini skanerlab, uning uchun mo'ljallangan boshqa stansiyalarning talabnomalari mavjudligini tekshiradi.
В stansiya o‘ziga yuborilgan talabnomani ko'rganda (mazkur holda A stansiyadan kelgan talabnomani), u o'zining o‘zgaravchan filtrlarini bu talabning Xa to‘lqin uzunligida qayd etadi va darhol A stansiyasiga tasdiqnomani jo‘natadi. Bu juda tez ro‘y beradi, chunki В stansiya doim qayd etilgan to‘lqin uzunligida uzatadi, A stansiyaning qabul qilgichi shu to‘lqin uzunligiga sozlangan bo'ladi.
Shundan keyin ikkala stansiya to ular biriktirishni uzishga qaror qilmaguncha, bir-biri bilan ma’lumotlami erkin almashinib turishlari mumkin.
Keng eshittirishli /lOAmuqobil arxitekturasi ham bo‘lishi mumkin, unda bo‘g‘inga signalni faqat bitta qayd etilgan, faqat shu
303
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo‘g‘in mo‘ljallangan to‘lqin uzunligida qabul qilishga, o‘zgaruvchan lazerdan foydalangan holda turli to‘lqin uzunliklarida uzatishga ruxsat berilgan [5].
Keng eshittirishli AON ning markaziy bo‘g‘ini va barcha optik segmentlar sof passiv elementlar bo‘lgani uchun bunday tarmoq juda yuqori darajadagi ishonchlilikka ega.
Shu vaqtda, keng eshittirishli AON ni global tarmoqlar uchun magistral sifatida ikkita muammoga ko‘ra foydalanish mumkin emas. Birinchidan, har bir bo‘g‘indan chiqqan uzatkich energiyasi boshqa barcha bo‘g‘inlar o‘rtasida taqsimlanadi, buning natijasida energiyaning katta qismi tarmoqlanishda bekorga sarflanadi. Bu muammoni optik kuchaytirgichlarni jalb qilgan holda hal qilish mumkin, lekin bunda ishonchlilik pasayadi. Ikkinchidan, keng eshittirishli ЛОТУ ning har bir bo‘g‘ini individual to‘lqin uzunligini talab etadi, shuning uchun tarmoqdagi bo‘g‘inlarning to‘liq soni kanallaming maksimal soni bilan cheklanadi, bu kanallarni bitta tolaga multipleksirlaydi. DWDM zich to‘lqinli multipleksorlash texnikasidan foydalangani holda alohida tolaga multipleksirlash mumkin bo‘lgan turli to‘lqin uzunliklari sonining nazariy chegarasi taxminan 200 ni tashkil etadi. Keyin, agar uzatish uchun 20 ta tola foydalanilyapti deb faraz qilinsa, u holda taxminan 4000 ta bo‘g‘inni birlashtirish mumkin bo‘lib, bunda yagona axborot magistralini vujudga keltirish uchun nihoyatda kamdir. Keng eshittirishli masshtablanuvchi arxitekturalarni tuzishning prinsipial imkoniyati yo‘qligi ularning qo‘llanish tarmog‘ini mahalliy masshtab bilan cheklaydi.
|
| |