• Tavsiflari
  • Oddiy ko‘p to‘lqinli aloqa liniyasi
  • Optik aloqa asoslari




    Download 1 Mb.
    bet127/160
    Sana13.01.2024
    Hajmi1 Mb.
    #136728
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   160
    Bog'liq
    Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev)

    12.1-jadval


    To‘liq optik tarmoqlar tasnifi (AON)

    Tarmoq toifasi

    Qism toifa

    Tavsiflari

    Ko‘p to'lqinli multipleks aloqa liniyasi




    Chetki bo‘g‘inlarga qaraganda to'liq shaffof

    Kanallarni kommutatsiyalash bo'yicha to'liq optik

    Keng eshittirishli tarmoq (passiv)

    To‘liq shaffof

    Passiv to'lqinli marshrutizatsiyali tarmoq

    To‘liq shaffof

    Faol to'lqin marshrutlashlashtirishli tarmoq

    To'liq shaffof

    Paketlarni kommutatsiyalash bo'yicha to'liq optik

    Ketma-ket bitli paketlar kommutatsiyali tarmoq

    Belgilangan protokoldan foydalanilganda shaffof




    Parallel bitli paketlar kommutatsiyali tarmoq

    Belgilangan protokoldan foydalanilganda shaffof


    Istagan foydalanuvchilar guruhi shaffof AON dan tegishli to‘lqin uzunliklar to‘plamini olishi va o'zining xususiy virtual tarmoghni tashkil etishi mumkin bo‘Iganda ancha qiziqarli imkoniyat vujudga kelishi mumkin.
    Bu tarmoqda har bir foydalanuvchi bir vaqtda bir nechta to'lqin uzunligi — optik kanallarni ochishga qodir. Shunday qilib, shaffof AON mahalliy va ulkan masofalar miqyosida foydalanuvchilarni birlashtirishning juda boy imkoniyatlariga ega.


    300


    www.ziyouz.com kutubxonasi


        1. Oddiy ko‘p to‘lqinli aloqa liniyasi


    Tarmoqning bu turi AON arxitekturasini tashkil etishning eng oddiy usulini taqdim etadi (12.1-rasm). Bunday aloqa kanali bir xil turdagi bo‘g‘inlar orasida «nuqta-nuqta» birikmalari to‘plamini tashkil etishga imkon beradi, ular ma’lum, aynan ular uchun mo'ljallangan to‘lqin uzunliklarida aloqada bo‘ladi. Mazkur tarmoq­ning afzalliklari: bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan har bir mufta ajratilgan katta o‘tkazish polosasi; kafolatlangan o‘tkazish polosasi oqibatida aloqaning yuqori darajada ishonchliligi (har bir kanalga alohida to‘lqin uzunligiga ajratiladi); tarmoq har bir kanalining chetki bo‘g‘inlari orasidagi tarmoq ilovasini (ATM, Gigabit Ethernet, SDH/PDH va h.k.) tanlashga nisbatan shaffofligi. Kamchiligi kanallar bo‘yicha qat’iy qayd etilgan birikmalarning mavjudligi hisoblanadi.





    ATM/STM-4
    Gigabit Ethernet
    STM-16





    DWDM
    multipleksor






    Optik kuchaytirgichlar^ ~


    DWDM
    demultipleksorlar



    ATM/STM-4
    Gigabit Ethernet
    STM-16


    12.1-rasm. Oddiy ko‘p to‘lqinli aloqa liniyasi


    Hozirgi vaqtda kabel televideniyesi tarmoqlarida simpleksli ko‘p to‘lqinli aloqa liniyalari keng tarqaldi, ularda uzatish faqat bitta yo‘nalishda olib boriladi.
    Ko‘p to'lqinli aloqa liniyasi to‘la qimmatga ega tarmoq hi­soblanadi, chunki u «har biri har biri bilan» qoidasi bo‘yicha uzoqlashtirilgan bo‘g‘inlarni tutashtirishga imkon beradi.
    U, asosan, yuqori sig‘imga ega transport magistrali vazifasini bajaradi va SDH magistraliga o'xshab «nuqta-nuqta» statik tutashtirishlarni faqat chastotali multipleksorlash bilan ta’minlaydi. Ko‘p to‘lqinli liniyalar ancha murakkab to‘liq optik tarmoqlar arxitekturalari tarkibida bo‘lishi mumkin.


    301


    www.ziyouz.com kutubxonasi



        1. Download 1 Mb.
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   160




    Download 1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Optik aloqa asoslari

    Download 1 Mb.